1. Б. ва бошқаларнинг харакатларига


-modda. Ma’muriy nazorat chog‘ida belgilanadigan ma’muriy cheklovlar


Download 57.92 Kb.
bet14/20
Sana05.05.2023
Hajmi57.92 Kb.
#1426555
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
Jinoyat kazus 11-20

7-modda. Ma’muriy nazorat chog‘ida belgilanadigan ma’muriy cheklovlar
Nazorat ostidagi shaxslarga nisbatan sudning sodir etilgan qilmishning xususiyati hisobga olingan holdagi qarori asosida quyidagi ma’muriy cheklovlar belgilanishi mumkin:
yashash joyidan sutkaning belgilangan vaqtida tashqarida bo‘lishni taqiqlash;
muayyan joylarda bo‘lishni taqiqlash;
sud tomonidan belgilangan hudud doirasidan ichki ishlar organlarining ruxsatisiz chiqishni taqiqlash;
ro‘yxatdan o‘tish uchun har oyda bir martadan to‘rt martagacha ichki ishlar organiga (ichki ishlar organining tayanch punktiga) kelish;
alkogolli ichimliklarni iste’mol qilishni taqiqlash.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan ma’muriy cheklovlar nazorat ostidagi shaxsning turmush tarziga, oilaviy ahvoliga, shuningdek uning shaxsini tavsiflovchi boshqa holatlarga qarab to‘liq hajmda yoki alohida-alohida tarzda belgilanadi.
Ma’muriy cheklovlarning ro‘yxati uzil-kesil bo‘lib, unga qo‘shimchalar kiritilishi yoki u kengaytirib sharhlanishi mumkin emas.
Qo‘llaniladigan ma’muriy cheklovlar sud tomonidan ichki ishlar organining taqdimnomasiga yoki nazorat ostidagi shaxsning yoxud uning vakilining arizasiga, shuningdek mehnat jamoasining, jamoat birlashmasining va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining iltimosnomasiga binoan nazorat ostidagi shaxsning turmush tarzi va xulq-atvori haqidagi ma’lumotlar inobatga olingan holda qisman bekor qilinishi mumkin.
Ya’ni bundan ko’rishimiz mumkinki, Sh.ning sodir qilgan qilmishi uchun dastlab ma’muriy jazo qo’llanilgan. Shundan so’ng ham sodir etgani uchun unga nisbatan. MJK 266-modda 1-qism bilan jazoga tortilishi kerak.

  1. 78-modda. Sudlanganlik holatining tugallanishi

Shaxsning sudlanganlik holati quyidagi paytlarda tugallanadi:
a) shartli hukm qilinganlarga nisbatan — sinov muddati tugagan kundan boshlab;
b) majburiy jamoat ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo‘natish tarzidagi jazolarini o‘tab chiqqach;
v) jarima jazosi ijro etilgan kundan keyin, shuningdek muayyan huquqdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazolari o‘talganidan keyin bir yil o‘tgach;
g) ozodlikni cheklash jazosi o‘talganidan keyin — ikki yil o‘tgach;
d) besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin — to‘rt yil o‘tgach;
e) besh yildan ortiq, lekin o‘n yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin — yetti yil o‘tgach;
j) o‘n yildan ortiq, lekin o‘n besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin — o‘n yil o‘tgach.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 18-sentabrdagi 13-sonli “Sudlanganlik holati tugallanishi va olib tashlanishiga oid qonunchilikni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 4-bandining birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi xatboshilari, 5-bandining birinchi xatboshisi.
Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, qonun sudlanganlik holati barham topishining faqat ikki usulini — uning tugallanishi va olib tashlanishini nazarda tutadi (JK 77-moddasi to‘rtinchi qismi).
Sudlanganlik holati tugallanishi shaxsning sudlanganligi fakti bilan bog‘liq barcha oqibatlarning jazo turi va muddatidan kelib chiqqan holda JK 78-moddasida nazarda tutilgan muddatlar o‘tganligi natijasida avtomatik tarzda (o‘z-o‘zidan) barham topishini anglatadi. Bunday hollarda sudlanganligi tugallangan shaxs, uning vorisi, qonuniy vakili yoki advokati iltimosiga ko‘ra hukm chiqargan sud tomonidan sudlanganlik holati mavjud emasligi faktini tasdiqlovchi ma’lumotnoma beriladi. Buning uchun manfaatdor shaxs tomonidan sudga taqdim etilgan ichki ishlar organlari axborot markazi ma’lumotnomasi va jazo o‘talganligi (ijro etilganligi) faktini tasdiqlovchi hujjatlar asos bo‘ladi.
Sudlanganlik holatining tugallanishi va qonunda belgilangan tartibda olib tashlanishi jinoyatlar majmui, takroranligini va retsidiv jinoyatni istisno etuvchi holat hisoblanadi.
Sudlanganlik holati tugallangan yoki olib tashlangan paytdan boshlab shaxs sudlanmagan hisoblanib, ushbu shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligi fakti va uning uchun sudlanganlik bilan bog‘liq barcha huquqiy oqibatlar qat’iyan va so‘zsiz bekor bo‘ladi.

Download 57.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling