1. Б. ва бошқаларнинг харакатларига


Download 57.92 Kb.
bet16/20
Sana05.05.2023
Hajmi57.92 Kb.
#1426555
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Jinoyat kazus 11-20

1. А.нинг харакатларига хуқуқий бахo бeринг.
2. Жиноят содир этиш мотивининг жиноят-ҳуқуқий аҳамиятини ёритинг.
3. А.ни жавобгарликдан озод қилиш масалаларини муҳокама қилинг.
1. A.ning harakatlariga huquqiy baho beradigan bo’lsak, u Jinoyat kodeksining 125-modda. Farzandlikka olish sirini oshkor qilish jinoyatini sodir qilmoqda. Ushbu moddaga ko’ra Farzandlikka bola oluvchilarning yoki vasiylik va homiylik organining erkiga qarshi, yetim yoki ota-ona g‘amxo‘rligidan mahrum bo‘lgan bolalarni farzandlikka olishning qonun bilan qo‘riqlanadigan sirini oshkor qilish shuningdek, b) bandi g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda sodir etilgan bo‘lsa; bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Bundan kelib chiqadiki, fuqaro A bu qilmishni o’ta past niyatda qilgani uchun ham o’girlashtiruvchi holat hisoblanadi. Jinoyat tarkibini tahlil qiladigan bo’lsak, bu yereda jinoyat subyekti – fuqaro A jinoyat yoshiga yetgan, aqliraso, jismoniy shaxs, jinoyat obyekti- shaxsnig huquq va erkinligi ya’ni Oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlar, jinoyat subyektiv tomoni- qasddan jinoyat sodir etishi, jinoyat obyektiv tomoni esa - Farzandlikka bola oluvchilarning yoki vasiylik va homiylik organining erkiga qarshi, yetim yoki ota-ona g‘amxo‘rligidan mahrum bo‘lgan bolalarni farzandlikka olishning qonun bilan qo‘riqlanadigan sirini oshkor qilish.
2. Jinoyat sodir etish motivi bu jinoyat subyektiv tomoni fakultativ belgisi hisoblanadi. Жиноят мотиви дейилганда - инсон фаоллиги манбаси, ички йўналтирувчи ҳиссиёт тушунилади.
Мотив субъектни ўз мақсадлари сари йўналтирувчи куч ҳисобланади. У маълум инсон эҳтиёжлари ва қизиқишларидан юзага келади ва шахсни жиноят содир қилишга йўналтиради. Мотив жиноят таркиби субъектив томонининг
факультатив белгиси сифатида жиноятни квалификация қилишда эътиборга олинмасада, жазо тайинлашда эътиборга олинади. Айрим ҳолларда, ушбу белги ЖК Махсус қисм моддалари диспозициясида тўғридан-тўғри жиноят
таркибининг зарурий белгиси сифатида ҳам назарда тутилган бўлса, у жиноят таркибининг зарурий белгиси бўлиб келади.

  1. Jinoyat Kodeksining 12-bobida javobgarlikdan ozod qilishning turlari keltirilgan unga ko’ra shaxs javobgarlikka tortish muddati o'tib ketganligi munosabati bilan, qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo'qotganligi munosabati bilan, aybdor o'z qilmishiga amalda pushaymon bo'lganligi munosabati bilan, yarashilganligi munosabati bilan, kasallik tufayli va amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod etilishi mumkin. Bu vaziyatda fuqaro A. o’z qilmishiga haqiqatdan ham pushaymon bo’lsa, keltirilgan zararni bartaraf etib, qo’shnisi bilan yarashsa javobgarlikdan ozod etilishi mumkin. 125-moddada ushbu jinoyat uchun og’irlashtiruvchi holatda bhmnin yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ushlari bilan jazolanishi belgilangan. 66-moddada ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan va uncha og’ir bo’lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilgan, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan va keltirilgan zararni bartaraf qilgan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod qilinishi mumkinligi aytilgan.


Download 57.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling