1. Б. ва бошқаларнинг харакатларига


Download 57.92 Kb.
bet2/20
Sana05.05.2023
Hajmi57.92 Kb.
#1426555
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Jinoyat kazus 11-20

Jinoyat subyekti: B, Xashimov U., G., N. JK 17-moddasiga ko’ra, o’n to’rt yoshga to’lgan shaxlar 164-modda, ya’ni, bosqinchilik uchun javobgarlikka tortiladilar.
Jinoyatning subyektiv tomoni: jinoyat subyektiv tomonining zaruriy belgisi aybdir. Mazkur kazusda ayb qasddan sodir etilmoqda. JK 21-moddasiga ko’ra, jinoyat tamom bo’lgan payt ijtimoiy xavfli qilmish bajarilgan vaqt deb hisoblangan bo’lib, uni sodir etgan shaxs o’z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglagan va shunday qilmishni sodir etishni istagan bo’lsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan deb topiladi. Maqsadi – oson yo’l bilan yirik mablag’ga ega bo’lish.
Ushbu jinoyat JK 164-moddasiga ko’ra bosqinchilik hisoblanadi.
Bosqinchilik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilib, hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Bosqinchilik:
a) qurol yoki qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan boshqa narsalarni ishlatib;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) ancha miqdordagi mulkni talon-toroj qilish bilan bog‘liq holda sodir etilgan bo‘lsa, —
sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


  1. JK 27-moddasida jinoyatda ishtirokchilik tushunchasiga ta’rif berilgan. Unga ko’ra, ikki yoki undan ortiq shaxsning qasddan jinoyat sodir etishda birgalashib qatnashishi ishtirokchilik deb topiladi. Kazusda ko’rinib turibdiki, bu yerda fuqaro B, G va N lar birgalikda, til biriktirib jinoyat sodir etishgan. 28- moddada esa jinoyatda ishtirokchilikning turlari keltirilgan. Unga binoan, jinoyatni bajaruvchi bilan bir qatorda tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar ham jinoyat ishtirokchilari deb topiladi. Bu vaziyatda, B birinchi tilga olinganligi va kazusda uning ustunlik darajasi ko’rinib turganligi tufayli B ni ushbu jinoyatda tashkilotchi va yordamchi deb topishimiz mumkin. 28-moddaga ko’ra, jinoyatga tayyorgarlik ko’rilishiga va jinoyat sodir etilishiga rahbarlim qilgan shaxs tashkilotchi deb topiladi. Shu bilan birga u jinoyat sodir etilayotgan paytda uy atrofini kuzatib, boshqa insonlar ularga halaqit berishlarini oldini olgan. 28-moddada ko’ra, Jinoyat sodir etilishiga o‘z maslahatlari, ko‘rsatmalari bilan, vositalar berish yoki to‘siqlarni yo‘qotish bilan ko‘maklashgan, shuningdek jinoyatchini, jinoyat sodir etish quroli, izlari va vositalarini yoxud jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan narsalarni yashirishga, shuningdek bunday narsalarni olish va o‘tkazish to‘g‘risida oldindan va’da bergan shaxs yordamchi deb topiladi. Kazusda Hashimov U jinoyatni sodir etishda bevosita ishtirok etmagan bo’lsada, B ning ushu xonadan va uning egalaridagi mavjud mablag’lar haqida xabardor qilganligi uchun ham u ham javobgar hisoblanadi. Xashimov ham bosqinchilik natijasida qo’lga kiritilgan o’ljalardan ulush olishi mumkin degan taxmin ham mavjud. Shu tufayli Hashimovni jinoyat sodir etilishiga qiziqtiruvchi shaxs – dalolatchi deb toppish mumkin. Negaki, u B ga jinoyat sodir etishga qiziqtiradigan ma’lumotlarni taqdim etdi. O’z navbatida, G va N jinoyatning bajaruvchilari deyishimiz mukin. Ular bevosita bosqinchilik jinoyatini sodir etib, mulk egasi va xonadon a’zolariga ziyon yetkazishgan. JKga binoan, Jinoyatni bevosita to‘la yoki qisman sodir etgan yoxud ushbu Kodeksga muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lmagan shaxslardan yoki boshqa vositalardan foydalanib, jinoyat sodir etgan shaxs bajaruvchi deb topiladi.

JK ning 29-moddasida jinoyatda ishtirokchilik shakllari keltirilgan bo’lib, bular: oddiy ishtirokchilik, murakkab ishtirokchilik, uyushgan guruh, jinoiy uyushma. Ushbu kazusdagi ishtirokchilik shaklini murakkab ishtirokchilik deb topish maqsadga muvofiq bo’ladi deb o’ylayman. 29-moddaga ko’ra, Ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirib jinoyat sodir etilishida ishtirok qilishi murakkab ishtirokchilik deb topiladi. Ya’ni, B, Xashimov, G, N lar birgalikda bitta jinoyat sodir qilish uchun til biriktirishgan. Agar ular ushbu jinoiy faoliyat bilan muntazam ravishda shug’ullanib , uni o’zlarining faoliyatlariga aylantirib olganlarida jinoyatchilik shaklini uyushgan guruh deb olishimiz mumkin bo’lardi. Ammo bu holatda yuqorida keltirilgan asoslarga tayangan holda murakkab ishtirokchilik shaklida jinoyat sodir etilgan.

  1. JK 30-moddasida Jinoyatda ishtirok etganlik uchun javobgarlik doirasi belgilangan:

Tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar ham ushbu Kodeks Maxsus qismining bajaruvchini javobgarlikka tortish belgilangan moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortiladilar.
Oldindan til biriktirgan guruh, jinoiy guruh va jinoiy uyushmaning tashkilotchilari hamda a’zolari tayyorgarlik ko‘rilishi yoki sodir etilishida o‘zlari qatnashgan barcha jinoyatlar uchun javobgarlikka tortiladilar.
Uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma tashkil etgan yoki ularga rahbarlik qilgan shaxslar shu guruh yoki uyushma sodir etgan barcha jinoyatlar uchun, basharti, bu jinoyatlar ularning jinoiy niyati bilan qamrab olingan bo‘lsa, javobgarlikka tortiladilar.
Boshqa ishtirokchilarning jinoiy niyati bilan qamrab olinmagan qilmish uchun uni sodir etgan shaxs javobgar bo‘ladi.
Tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi jinoyatdan ixtiyoriy ravishda qaytib, jinoyatning oldini olish uchun o‘ziga bog‘liq bo‘lgan barcha choralarni o‘z vaqtida ko‘rganligi, jinoyatda ishtirokchilik uchun javobgarlikni istisno qiladi.

Download 57.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling