1. Б. ва бошқаларнинг харакатларига


Download 57.92 Kb.
bet7/20
Sana05.05.2023
Hajmi57.92 Kb.
#1426555
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
Jinoyat kazus 11-20

Kazus-12
Дастлабки тергов органи томонидан Қ. 2017 йил 20 февраль куни тахминан соат 15:40 дан 15:55 гача бўлган вақт оралиғида, Олмазор тумани, Нурафшон кўчасидан келаётган 2009 йил 9 май куни туғилган У. қизини ўн тўрт ёшга тўлмаганлигини била туриб, велосипедга ўтказиб, номусига тегиш мақсадида, Олмазор тумани, Себзор даҳаси, 9-А уйнинг 2-йўлаги, 9-қавати чордоқ қисмига олиб чиқиб, уни деворга тираб, эгнидаги кийимини ечмоқчи бўлганида, У. баланд овозда “мени дадам милиция” деб айтганида, у ушбу жиноий қилмишини ўзига боғлиқ бўлмаган ҳолатда охирига етказа олмасдан, воқеа жойидан яширинганликда;
Комплекс амбулатор суд-психологик ва психиатрия экспертизасининг 2017 йил 24 мартдаги 65-сонли хулосасига кўра, вояга етмаган У. ўзининг ёшига нисбатан ақли расолиги ҳамда ташқи муҳитда унга нисбатан бўлаётган воқеаларни тўғри идрок эта олиши ва жиноят содир этилган пайтда айбланувчи Қ. нотўғри хатти-ҳаракатларни содир этаётганини тушунганлиги, шу сабабли унинг ҳаракатларига қарши юқоридаги сўзларни айтганлиги аниқланган.
Амбулатор суд-психиатрия экспертизасининг 2017 йил 24 мартдаги 66-сонли хулосасига кўра, Қ.да руҳий бузилишларнинг аломатлари аниқланмаганлиги, шунингдек у тергов ва суд жараёнларида иштирок этиб, тўғри кўрсатмаларни бериши мумкинлиги ва жиноят содир этилган вақтда ўзининг хатти-ҳаракатларига жавоб бера оладиган ҳолатда бўлганлиги аниқлaнган.
1. Қ.нинг харакатларига хуқуқий бахo бeринг.
2. Қ.нинг ҳаракатларида жиноят содир этишдан ихтиёрий қайтиш ҳолати мавжудлигини ёки мавжуд эмаслигини муҳокама қилинг.
3. Қ.га нисбатан жазо тайинлаш масалаларини муҳокама қилинг.
1. Ushbu kazus JKning 118-moddasi bo’yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim.
118-modda. Nomusga tegish
Nomusga tegish, ya’ni zo‘rlik ishlatib, qo‘rqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib, jinsiy aloqa qilish —
uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Nomusga tegish:
a) ikki yoki bir necha shaxsga nisbatan;
b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan yoxud ilgari ushbu Kodeksning 119-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan;
v) bir guruh shaxslar tomonidan;
g) o‘ldirish bilan qo‘rqitib sodir etilgan bo‘lsa, —
yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Nomusga tegish:
a) shaxsning o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan holda;
b) yaqin qarindoshga nisbatan;
v) ommaviy tartibsizliklar qatnashchisi tomonidan;
g) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa;
d) og‘ir oqibatlarga olib kelgan bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘n to‘rt yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsning nomusiga tegish —
o‘n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Bu bo’yicha Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 29-oktabrdagi 13-sonli “Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori ham mavjud:
Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar bo‘yicha sud amaliyotida masalalar kelib chiqqanligi munosabati bilan “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
1. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko‘ra har bir insonga uning huquq va erkinliklari, shu jumladan jinsiy erkinlik va jinsiy daxlsizlikka bo‘lgan huquqi himoyasi kafolatlanadi.
2. Nomusga tegish deganda (JK 118-moddasi), ayol jinsidagi shaxs bilan uning erkiga qarshi yoki erkidan tashqari zo‘rlik ishlatib, qo‘rqitib (bundan buyon matnda-tahdid etib) yoxud jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib, tabiiy usulda jinsiy aloqa qilish tushunilishi lozim.
Agar o‘sha holatlarda aybdorning harakatlari jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishga qaratilgan bo‘lsa, qilmish JK 119-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak. Bunda qonunning mazkur moddasi bilan jinoiy javobgarlik bunday harakatlar ayol jinsidagi shaxsga nisbatan ham, erkak jinsidagi shaxsga nisbatan ham sodir etilganda kelib chiqadi.
Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishda zo‘rlik ishlatish deganda jabrlanuvchining qarshiligini yengishga qaratilgan harakatlarni sodir etish, masalan, zarbalar berish, nafas yo‘llarini siqish, oyoqlari, qo‘llarini ushlab turish, kiyimlarini yirtish va h.k.lar tushuniladi.

  1. JK ning 26-moddasiga ko’ra:

Shaxs jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish harakatlarini yoki jinoyat sodir etishga bevosita qaratilgan harakatlarni oxiriga yetkazish mumkinligini anglagan holda to‘xtatsa, shuningdek jinoiy oqibat kelib chiqishi mumkinligini anglagan holda, shunday oqibat kelib chiqishining oldini olsa, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish deb topiladi.
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish javobgarlikni istisno qiladi.
Jinoyatni oxiriga yetkazishdan ixtiyoriy qaytgan shaxs, agar amalda sodir etgan qilmishida boshqa jinoyat tarkibining barcha alomatlari bo‘lsa, ushbu Kodeks bo‘yicha javobgarlikka tortiladi.
26-moddaga binoan shaxs o’z jinoiy harakatlarini oxiriga yetkazish mumkinligini anglagan holda to’xtatishi ixtiyoriy qaytish hisoblanadi. Ammo bu yerda fuqaro Q butunlay o’z xohishiga bog’liq holda harakatni to’xtatdi deb ayta olmaymiz. Chunki, jabrlanuvchi fuqaro U ning “ meni dadam militsiya “ degan so’zlari ta’siri ostidagina jinoyat sodir qilmadi. Yuqorida Oliy sudi Plenumining 2010-yil 29-oktabrdagi 13-sonli “Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorida zarbalar berish, nafas yo‘llarini siqish, oyoqlari, qo‘llarini ushlab turish, kiyimlarini yirtish kabi holatlar keltirilgan.
Жиноят содир этишдан ихтиёрий қайтиш икки асосий белги: - ихтиёрийлик ва узил-кесиллик (қатъийлик) билан тавсифланади.
Ихтиёрийлик деганда – шахс ўзи бошлаган жиноий ҳатти -ҳаракатини охирига етказиш имкони борлигини англаган ҳолда ўз хоҳиши билан ҳеч қандай ташқи таъсирларсиз тўхтатиши тушунилса;
Қатъийлик деганда эса - шахснинг жиноий фаолиятини вақтинча тўхтатганлиги эмас, балки охирига етказиш учун тўла имкониятлар борлигини англаган ҳолда жиноий фаолиятини давом эттиришдан бутунлай воз кечганлигини англатади. Жиноят содир этишдан ихтиёрий қайтишда қуйидаги шартлар мавжуд бўлиши талаб қилинади: - шахсда жиноятни охирига етказиш имкони борлигини англаганлиги; - жиноий оқибат келиб чиқишини билган ҳолда, унинг олди олинганлиги.
Жиноят содир этишдан ихтиёрий қайтиш қуйидаги жиноят босқичларида амалга оширилиши мумкин: - жиноятга тайёргарлик кўришдан; - жиноят содир этишга қаратилган ҳаракатларни охирига етказишдан (яъни айбдор жиноятни охирига етказишига барча 57 имкониятлари бўла туриб, ушбу ҳаракатларини охирига етказмаслиги); - тамом бўлмаган суиқасддан (фақат яроқсиз воситалар билан тажовуз қилганда); - ижтимоий хавфли оқибат келиб чиқишини олдини олишдан. Жиноят содир этишдан ихтиёрий қайтиш жавобгарликни истисно қилади. Яъни жиноят содир этишдан ихтиёрий қайтган шахс ҳаракатларини у содир қилмоқчи бўлган ЖК Махсус қисми тегишли моддасида назарда тутилган жиноят билан квалификация қилинмаслиги тушунилади (масалан: шахс қасддан одам ўлдиришдан ихтиёрий қайтса ва одамни ўлдирмаса, унинг ҳаракатлари ЖК 97-моддаси билан квалификация қилинмайди).
“ Terrorizmga qarshi kurashish to’g’risida” gi qonunning 28-modda 2-qismi:
Shaxs terrorchilik faoliyatida ishtirok etishdan o‘z ixtiyori bilan qaytgan, bu haqda tegishli davlat organlariga xabar bergan hamda og‘ir oqibatlar yuzaga kelishining va terrorchilar maqsadlari amalga oshirilishining oldini olishga faol ko‘maklashgan taqdirda, qonunchilikka muvofiq javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.

  1. Амбулатор суд-психиатрия экспертизасининг xulosasiga ko’ra Qning psixologik holati normal ekanligi aytilgan. Q ga nisbatan jazo tayinlashda JK 17-moddasi

(Jinoyat sodir etgunga qadar o‘n olti yoshga to‘lgan, aqli raso jismoniy shaxslar javobgarlikka tortiladilar.
Jinoyat sodir etgunga qadar o‘n uch yoshga to‘lgan shaxslar javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirganliklari (97-moddaning ikkinchi qismi) uchungina javobgarlikka tortiladilar.
Jinoyat sodir etgunga qadar o‘n to‘rt yoshga to‘lgan shaxslar ushbu Kodeks 97-moddasining birinchi qismi, 98, 104 — 106, 118, 119, 137, 164 — 166, 169-moddalari, 173-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari, 220, 222, 247, 252, 263, 267, 271-moddalari, 277-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun javobgarlikka tortiladilar) ga asoslanib, 118-moddasi a bandi “Nomusga tegish” bo’yicha javobgarlikka tortiladi. Shu bilan birga fuqaro U hali 14 yoshga to’lmaganligi tufayli og’irlashtiruvchi holat sifatida, O‘n to‘rt yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsning nomusiga tegish — o‘n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Download 57.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling