1. Б. ва бошқаларнинг харакатларига


Download 57.92 Kb.
bet8/20
Sana05.05.2023
Hajmi57.92 Kb.
#1426555
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
Jinoyat kazus 11-20

Kazus-13
Ш. фуқаролик ишлари бўйича Тошкент шаҳар Шайхонтоҳур туманлараро судининг 2016 йил 8 январдаги дубликат ижро варақасига асосан ундирувчи Г. фойдасига бир нафар вояга етмаган фарзандининг таъминоти учун ҳар ойлик иш ҳақи ва бошқа даромадларининг тўртдан бир қисми миқдорида алимент тўлаши белгиланган бўлсада, 2013 йил май ойидан 2017 йил 23 февралга қадар жами 7.464.752 сўм алимент пулларини тўлашдан қасддан бўйин товлаб келган.
1. Ш.нинг харакатларига хуқуқий бахo бeринг.
2. Жиноят содир этиш вақтининг жиноят-ҳуқуқий аҳамиятини очиб беринг.
3. Ш.ни жавобгарликдан озод қилиш масалаларини муҳокама қилинг.
Javob:

  1. JK 122-moddasi: Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash

Moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamaslik, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Agar shaxs aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikni to‘liq to‘lagan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi.
Oila kodeksi 116-moddasining birinchi qismi:
116-modda. Aliment to‘lashdan bosh tortganlik uchun javobgarlik
Voyaga yetmagan yoki voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga aliment to‘lash haqidagi sudning hal qiluv qarorini bajarishdan bo‘yin tovlagan shaxslar ushbu Kodeksning 79-moddasiga asosan ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 474-moddasi.

Download 57.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling