1. Б. ва бошқаларнинг харакатларига


Бахрамовнинг харакатларига


Download 57.92 Kb.
bet6/20
Sana05.05.2023
Hajmi57.92 Kb.
#1426555
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Jinoyat kazus 11-20

1. Бахрамовнинг харакатларига хуқуқий бахo бeринг.
2. Бахрамовнинг ҳаракатларида қилмишнинг жиноийлигини истисно қиладиган ҳолатларни қўллаш масаласини муҳокама қилинг?
3. Бахрамовга нисбатан жазо тайинлаш масалаларини муҳокама қилинг.
1. Ushbu kazus JKning 116-moddasi bo’yicha kvalifikatsiya qilinadi.
116-modda. Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik
Shaxsning o‘z kasbiga nisbatan beparvoligi yoki insofsizlik bilan munosabatda bo‘lishi tufayli kasb yuzasidan o‘z vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Qonun yoki maxsus qoidalarga muvofiq kasalga yordam ko‘rsatishi shart bo‘lgan shaxsning uzrli sababsiz shunday yordam ko‘rsatmaganligi badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar ehtiyotsizlik orqasida odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar ehtiyotsizlik orqasida:
a) odamlar o‘limiga;
b) boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
“ Fuqarolar sog’lig’ini saqlash to’g’risida” gi qonunning 30-moddasi ikkinchi qismida ham quyidagi norma berilgan:
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari fuqarolarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishlari shart. Ular shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishdan bo‘yin tovlaganlik, shuningdek fuqarolarning sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun qonunga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
2. 35-modda. Qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar tushunchasi
Qilmishda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan alomatlar rasmiy jihatdan mavjud bo‘lsa-da, lekin u ijtimoiy xavfli, g‘ayriqonuniy yoki aybli bo‘lmasa, qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar deb topiladi.
Quyidagi holatlar, ya’ni kam ahamiyatli qilmishlar; zaruriy mudofaa; oxirgi zarurat; ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash chog‘ida zarar yetkazish; buyruqni yoki boshqacha tarzdagi vazifani bajarish; kasb yoki xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan asosli tavakkalchilik; jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo‘rqitish natijasida qilmish sodir etish jinoyatni istisno qiluvchi holatlar deb topiladi.
Kazusdagi fuqaro Bahromov tomonidan amalga oshirilgan harakat va harakatsizliklarni ushbu modda bo’yicha kvalifikatsiya qilib bo’lmaydi. Chunki 35-moddaga ko’ra, kasb yoki xo’jalik faoliyati blan bog’liq bo’lgan asosli tavakkalchilik degan holat ko’rsatilgan. Biroq Bahromovning tavakkalchiligi kasbiy faoliyat bilan bog’liq emas. Aksincha, kasb yuzasidan o’z vazifalarini bajarmaslikka kiradi. Yuqorida keltirilganidek Bahromov beparvoligi va insofsizlik bilan munosabatda bo’lishi natijasida Gulmetov vafot etgan. Agar Gulmetovning ahvoli birdaniga yomonlashib, shoshilinch ravishda yordam ko’rsatish kerak bo’lsa, bunday vaziyatda yashab qolish nisbati vafot etish nisbatiga qaraganda past bo’lsa-yu, doctor fuqaro hayotini asrab qolishg maqsadida asosli tavakkalchilikka yo’l qo’ysa doctorga nisbatan ko’rilayotgan ish JK 25-moddasi “Qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar “ bo’yicha kvalifikatsiya qilinishi mumkin bo’lardi.

Download 57.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling