1. Б. ва бошқаларнинг харакатларига
Download 57.92 Kb.
|
Jinoyat kazus 11-20
- Bu sahifa navigatsiya:
- Моддий таркибли жиноят
- Формал таркибли жиноят
- . Кесик таркибли жиноят
- Кесик таркибли жиноятларда
140-modda. Haqorat qilish
Haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash, basharti, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan tarzda, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish orqali haqorat qilish — bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. 2446-modda. Yolg‘on axborot tarqatish Shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi. Моддий таркибли жиноят деб - ижтимоий хавфли оқибат келиб чиқишини талаб қиладиган ва шу оқибат келиб 27 чиқиши билан жиноят тугалланган жиноят деб топиладиган жиноят турларига айтилади (ЖК 97-моддаси “Қасддан одам ўлдириш”). Формал таркибли жиноят деб - ижтимоий хавфли қилмиш (ҳаракат ёки ҳаракатсизлик) содир этилиши билан тугалланадиган жиноят турларига айтилади (мас: ЖК 140-моддаси “Туҳмат”). Яъни, ЖК Махсус қисми моддаси диспозициясида назарда тутилган жиноят таркиби объектив томони белгиси ижтимоий хавфли қилмишнинг содир этилиши тугалланган ҳисобланиши учун кифоя қилади. Кесик таркибли жиноят деб - жиноятни тамом бўлиш вақтини жиноят қонуни олдинги босқичга (жиноятга тайёргарлик кўриш ёки суиқасд қилиш босқичига) кўчирилган жиноятларга айтилади (ЖК 165-моддаси “Товламачилик”). Кесик таркибли жиноятларда жиноят объектив томони белгилари (ЖК Махсус қисми моддасининг диспозициясида назарда тутилган ҳаракатлар) бўлиб-бўлиб бажарилади ва ушбу ҳаракатлардан бири бажарилиши билан жиноят тугалланган деб топилади. ЖК Махсус қисм моддаларида ижтимоий хавфли оқибат келиб чиқиши шарт ёки шарт эмаслиги модда диспозициясида тўғридан - тўғри кўрсатиб ўтилади. Ушбу белгига қараб, жиноятларни моддий, ёки формал таркибли жиноят эканлиги аниқланади. Агарда, ижтимоий хавфли оқибат келиб чиқиши талаб қилинадиган жиноятларда шахснинг ўзига боғлиқ бўлмаган сабабга кўра, ушбу оқибатнинг келиб чиқмаслиги, ушбу жиноятларни формал таркибга айланишини англатмайди, балки ушбу жиноят тамом бўлмаган жиноят (жиноятга тайёргарлик кўриш ёки жиноятга суиқасд қилиш) сифатида квалификация қилинади. Ушбу бўлинишнинг аҳамияти шундаки - бу жиноятларнинг тугалланиш вақтини кўрсатади. Bu kazusda O turmush o’rtog’I N nisbatan tuhmat qilganligi va sms xabarlarida haqorat qilganligi, qolaversa, INTERNET orqali uning qadr-qimmatini kamsitishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirilganligi tufayli JKning 139-140-moddalari bo’yicha jazoga tortilishi lozim. Shuni aytib o’tish kerakki, O. 139-moddaning og’irlashtiruvchi holati, ya’ni “g’arazgo’ylik yoki boshqa past niyatlarda” noto’g’riligini bila turib, o’zini tanish-bilish, qarindoshlar oldida yaxshi ko’rsatish, xotinini esa yomon yo’lga kirib kewtgan inson sifatida ko’rsatish uchun qilgan, bunday jinoyat sodir etganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanishi kerak. Qolaversa, xabarlari orqali haqorat qilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Download 57.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling