1. Б. ва бошқаларнинг харакатларига
Download 57.92 Kb.
|
Jinoyat kazus 11-20
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. О.нинг харакатларига хуқуқий бахo бeринг. 2. Формал ва кесик таркибли жиноятларнин фарқли жиҳатларини очиб беринг.
- Jinoyat obyekti
- Subyektiv tomoni
19-kazus
О. турмуш ўртоғи Н. билан ўрталаридаги оилавий келишмовчилик натижасида Н.ни фоҳишалик қилмаслигини била туриб, оммавий усулда ҳақиқатга тўғри келмайдиган ёлғон уйдирмалар тарқатиб, шарманда қилиш мақсадида ўзининг номига расмийлаштирилган телефон рақамидан фойдаланиб, 2018 йил февраль-март ойларида интернетдаги “Facebook.com” ижтимоий тармоғида “Н.” номи билан профил очиб, ушбу профилнинг фотосуратлар альбомида ярим яланғоч қизларни фотосуратини жойлаб, профилнинг маълумотлар бўлимига “пул эвазига жинсий хизматлар кўрсатилади” деган маълумотларни киритиб, Н.ни хабардор бўлиши учун унинг яқин қариндошларини телефон рақамларини киритиб, интернетда тарқатган. Шунингдек, О. турмуш ўртоғи Н. билан ўрталаридаги оилавий келишмовчилик натижасида ўзига тегишли бўлган телефон рақамларидан 2018 йил 13 июлдан 2018 йил 16 августга қадар бир неча маротаба Н.нинг телефон рақамига шахсни шаъни ва қадр қимматини беодоблик билан таҳқирлайдиган “СМС” хабарларини жўнатиб, Н.ни ҳақорат қилиб келган. 1. О.нинг харакатларига хуқуқий бахo бeринг. 2. Формал ва кесик таркибли жиноятларнин фарқли жиҳатларини очиб беринг. 2. О.га нисбатан жазо тайинлаш масалаларини таҳлил қилинг. Javob: Ushbu kazus JKning 139, 140, 244/6 kabi moddalari bilan kvalifikatsiya qilinadi. Jinoyat obyekti: shaxsning ozodligi, sha’ni va qadr-qimmati. O tomonidan turmush o’rtog’i N ga nisbatan JK 139 (tuhmat) va 140 (haqorat) moddalari bo’yicha jinoyat sodir qilishi. Jinoyatning obyektiv tomoni: jinoyat sodir qilish vaqti: 2018 йил февраль-март ойларида, vositasi: telefon raqami Subyekti: O. JK 17-moddasiga ko’ra, jinoyat sodir etgunga qadar o‘n olti yoshga to‘lgan, aqli raso jismoniy shaxslar javobgarlikka tortiladilar. Subyektiv tomoni: qasddan sharmanda qilish maqsadida. 139-modda. Tuhmat Tuhmat qilish, ya’ni bila turib boshqa shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan tarzda, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish orqali tuhmat qilish, — bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi. Tuhmat: a) og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab; b) og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan holda; v) xavfli retsidivist tomonidan; g) g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda qilinsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi. Download 57.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling