1. Badiiy tarjima – do‘stlik ko‘prigi Asarning topilish tarixi. Dastlabki tarjimalar tahlili
Asarning topilish tarixi. Dastlabki tarjimalar tahlili
Download 87 Kb.
|
”Qutadg‘u bilig” asarining topilishi va o’rganilishi
2. Asarning topilish tarixi. Dastlabki tarjimalar tahlili
Birinchi prezidentimiz Islom Karimov ”Yuksak ma’naviyat va yengilmas kuch ” asarida shunday fikr bildiradilar: “O‘zbek nomini , o‘zbek ilm –fani va madaniyatini, bir so‘z bilan aytganda , xalqimizning yuksak salohiyatini , uning qanday buyuk ishlarga qodir ekanini dunyoga namoyish qilishda yurtimiz zaminidan yetishib chiqqan yuzlab ulug‘ zotlar fidoiylik namunalarini ko‘rsatib kelgan”2 Insoniyat yaratgan eng san’at va adabiyot namunalari chegara bilmagan, goh o’zgarib , goh qisqarib, goh qo’shilib chatilib ellardan – ellarga, millatlardan – millatlarga ko’chib yurgan. Tarjimon asliyatdagi fikrlari yo so‘zlarini qanday bo‘lsa shundayligicha asar tarjima qilinayotgan tiliga ko‘chirib qo’ya qolmasligi lozim. Eng asosiy so‘zni aynan o‘sha so‘z bilan o‘girishga yopishib olmasligi kerak. Qiziq-ku deyish mumkin, axir, o‘sha so‘zning o‘zi bilan o‘girishning nimasi yomon ! So‘zni to‘g‘ri tarjima qilgan maqul emasmi!amma gap shundaki, so’z adabiyotning tasviriy vositasi. Vosita-yu adabiyotning shakli hisoblanadi, mazmuni emas , mazmunni qayta tiklash. Muayyan mazmunni qayta tiklash uchun esa shakl qayta yaratilishi kerak. Yani mazmunga mos shakl, shaklga mos mazmun, bu ikkalasi o’rtasida tabiiy uyg’unlik bo‘lishi kerak. Hamma gap shundaki, bir so’z asliyatida u o’sha mazmun uchun juda mos shakl bo’lsa uning aynan tarjimasi bu tilda mos shakl bo‘lmay qolishi mukin. Mazmunga mos shakl izlagan tarjimon ba’zan asliyatdagi so‘zni boshqa so’z bilan almashtiradi. Ba’diy asarda esa chinakam hayot aks etgan bo‘ladi. Bularning hammasini xuddi asl nusxadek tarjima qilish tarjimondan yuksak mahorat talab qiladi. Tarjima adabiyotida yutuqlarimiz anchagina. Masalan so‘ngi yillar ichida jahon adabiyoti namunalaridan Gomerning “Iliada ”, Dantening “Ilohiy komediya”, Bokkachoning “Dekameron” asarlari, Shekspir asarlarining besh __________________________________
jildligi, Gyotening “Faust” fojiasi, Stendalning “Qizil va Qora”, “Parma ibodatxonasi” romanlari, E.Xemengueyning “Chol va dengiz ”, “Alvido qirol” qissalari, Shiller , Merime va Mopassan asarlarining bir jildliklari o’zbek tiliga bosilib chiqdi. Ularning ayrimlari qisqa vaqt ikki uch martadan qayta nashr qilindi. Bu nashrlar kitobxonlar tomonidan yaxshi qarshi olindi. Yana bir quvonarli voqea endilikda istedodli ijodkorlarimiz xorijiy tillarni o’rganib, undan bevosita tarjima qilishga kirishadilar. Keyingi yillar ichida Shekspir pesalarining tarjimalari, Abdulla She’r tarjimasidan bosilib chiqqan G.Geyning “Ramayana” “Qish ertagi” dostoni Ya. Egamova o’zbekchalashtirilgan Gyotening “Yosh Verterning iztiroblari”,B.Apittzning “Qashqirlar changalida” romanlari Sh.Rahmon tarjimasidagi Gartsiya Lorkaning she’riy majmuasi, S.Salimov hamda Sh. Botirova qalamiga mansub nemis va frantsuz she’riyatidan tarjimalar katta ishning debochasidir. Ha, G‘arbiy Evropa adabiyotlaridan bevosita tarjima qilish , professor G‘aybulla Salomov ta’kidlaganidek, osongina o‘z o‘zidan amalga oshadigan ish emas. Buning uchun tarjimachilik sohasidagi hozirgi mavjud ahvolni sinchiklab tahlil etish, so‘ngra muntazam ravishda bevosita tarjimaga ko‘chirish lozim.Darvoqe , tarjimachiligimizning bugungi ahvolini tahlil ko‘zgusidan o‘tkazadigan bo‘lsak, quyidagi asosiy omillarga birinchi navbatda to‘xtalib o‘tish lozim bo‘lardi. Bular: tarjima asarlari nomi bilan bog‘liq muammolar, tarjima tanqidchiligini takomillashtirish, yoki tarjima tanqidchiligini yosh tarjima kadrlarni tarbiyalash va horijiy adabiyotlar bilan bevosita muloqotga o‘tish masalasidir. Ma’lumki , tarjima asarlar asosan Gafur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at, “Yosh gvardiya” hamda “Yulduzcha ” nashriyotlari tomonidan chop etib kelinadi. Yuqoridagi ikkala nashriyot bu sohada o‘zining ko‘p yillik tajriba va ish uslubiga ega.Xorijiy adib asarlarini tarjimasini nashrga tayyorlash bilan tarjimon va nashriyot muharriri ko‘proq mashgu‘l bo‘ladi. G‘afur G‘ulom nomidagi “Adabiyot va san’at ” nashriyotida Dantening “Ilohiy komediya” si Shekspir asarlarining besh jildligi, Gyotening “Faust” fojiasi, shuningdek, Bayron, Byorns, Lorka she’riyatining bir tomliklari so‘z boshi so‘ngra so‘z va izohlar bilan ta’minlanganligi holda zamonaviy poligrafiyada nashr etilgan.O.De Balzakning “Gobsek”, “Sag‘ri teri tilsimi”, Floberning “Bovarixonim” Emil Zolyaning “Hamal”, J.Vernning “Suv ostida 80 000 km”, J.Oldrijning “Dengiz shunqori” romanlarining nashrlari kitob ahlining bugungi talabini qondirishga qodir emas.3 O.De Balzak o‘z asarlarini “Inson komediyasi” nomi ostida uchta katta etyudga (Odatlar haqida etyud, Falsafiy etyud, Anomitik etyud, ) birlashtirishni rejalashtiradi.”Inson komediyasi” muallif mo‘ljalicha, 144 asardan iborat bo‘lishi lozim edi. Qisqa davr (1829-1847) ichida Balzak ulardan 97 tasini yozib tugatishga muvaffaq bo‘ldi. Bevaqt o‘limi tufayli, yоzuvchi ko‘zlagan ijodiy rejasini to‘liq “amalga oshirib” ulgurmadi. Gomerning “Iliada” dostoni, Stendalning “Qizil va Qora” romani, Shiller, G. Merimi va G. De Mopassan asarlarining bir jildliklari tez orada qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketdi. Birgina e’tirozimiz “Jahon adabiyoti durdonalari ” turkumiga qo‘yilgan 10- 30 ming tiraj o‘zbek tilida mutolaa qiluvchi kitobxonlar soniga nisbatan juda ozdir. Tarjima asarning kitobxon qalbiga yo‘l topishda , ularning asliga muqobil yoki nomuqobilligini aniqlashda tarjima tanqidining o‘rni kattadir. F.Shiller, P.Merime, G.De Mopassan asarlarining bir jildliklari V.Gyugoning “Buyuk jargal”, J. Smenonning “Komissar Megri” romanlari yigirmanchi asr fransuz shoirlari, Fin shoirlari “Asr ovozi” she’riyat majmualarini baholovchi taqrizlar chiqqan emas.Yoki bevosita asl nusxa tilidan o‘zbekchalashtirilgan G.Geynening“Germaniya. Qish ertagi”, B.Apits “Qashqirlar changalida” F.Garsha larning she’rlar to‘plamiga ham xolisona fikr bildiruvchi maqola yo‘q. _____________________ 3N.Mallayev “O‘zbek adabiyoti” tarixi, “O‘qituvchi” nashriyoti, Toshkent. 1970 Respublikamizda birgina xorijiy Evropa adabiyotida o‘zbek tilida tarjima masalalari bilan bevosita shug‘ullanuvchi olimlarimiz ham bor. O‘z milliy ishlarini muvaffaqiyatli yoqlashga bu olimlar nimagadir jimib ketishdi, durustroq faoliyat ko‘rsatishmayapti. Bu munaqqidlar bir chetda tomoshago‘y bo‘lib, ba‘zan xorijiy Evropa adabiyotidan o‘zbekchalashtirilgan asarlarga asl nusxa tilini bilmovchi adabiyotshunoslar taqriz yozishmoqda, ularning taqdirini belgilashmoqda.Tarjima tanqidning faoliyati oshgandagina bilvosita tarjimalarning saviyasi yuksaladi, bevosita tarjima amaliyotiga o‘tish esa bir muncha jadallashdi. Endi navbat hozirgi kunda xorijiy Evropa adabiyotlaridan o‘zbek tiliga va o‘zbek adabiyotidan roman-german tillariga bevosita tarjima qiluvchi ijodkorlarni tarbiyalab , voyaga yetkazish xususiyati. Hozirgi kunda xorijiy tillardan bevosita tarjima qilinayotgan shoir va noshirlarimizdan Jamol Kamol, Abdulla Sher(ingliz va nemis), Shavkat Rahmon (ispan) xorijiy tilni mustaqil o‘rganishgan bo‘lishsa, Sadriddin Salimov, Yanglish Egamova (nemis), Sharofat Botirova (fransuz) oliy o‘quv yurtlarining chet tillari fakultetlarini tugatishgan.Muayyan xorijiy tilni yuqoridagi ikki yo‘sinda o‘rgansa bo‘lar ekan. Demak , amalda sinalgan mana bu ikki yo‘lni takomillashtirishimiz kerak. Buning uchun Oliy O‘quv yurtlarida tahsil ko‘rgan , hozirgi badiiy ijod bobida faoliyat boshlagan yosh iste’dodlar uchun yozuvchilar uyushmasi va tarjima markazi qoshida ingliz, nemis, fransuz, ispan tillarini o‘rgatuvchi kechki kurs ochish maqsadga muvofiqdir. Fakultetlardagi mutasaddi kafedralar masalaning dolzarbligini tushunganlari holda, tarjima ishiga havasmand yoshlarni tanlab uchinchi kursdan tarjimon ixtisosligiga ajratishsa va bu guruhlarda tarjima kursidan muttasil nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tib borilsa, ko‘ngildagi natijaga erishish muqarrar. Oxirgi masala xorijiy adabiyotlar va ijodlar bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yishi muayyan xorijiy tilni biluvchi tarjimonlarimizni xorijiy mamlakatlarga ijodiy safarga yuborish, aniqrog‘i, tarjimonlar ayirboshlashdir.”Yuz marta eshitgandan – bir marta ko‘rgan afzal ” deydi xalqimiz.Fransiyadagi “Aks’on poetik” (“She’riy harakat”) jurnali hay’ati shoirlari o‘zbek she’riyatining navqiron avlodi vakillari- Rauf Parpi , Usmon Azim, Xurshid Davron, Shavkat Rahmon she’rlari ma’qul tushib fransuz tiliga tarjima qilishni ma’qul ko‘rdilar.Jurnalning bosh muharriri Anre Delyun va ma’sul kotibi Janpeer Bal’ ikkovlon o‘z niyatini amalga oshirish niyatida respublikamizda ijodiy safarda bo‘ldilar. Ularning sharofati tufayli “Aks’on poetik” jurnalining “O‘zbek va rus shoirlari” deb atalgan maxsus soni nashr etildi.U orqali fransuz sherxonlari o‘zbek shoirlarining ijodi bilan o‘z tilida tanishishga musharraf bo‘ldilar.Hozirgi kunda “Aks’on poetik” jurnali o‘zbek klassik shoirlari ijodidan namunalarni bosib chiqarishi rejalashtirilgan. Xorijiy mamlakatlarda tariximiz, tilimiz, adabiyot va san’atimizga qiziqish kuchaygan.Shuning uchun keyingi davrlarda G‘arbda Sharq, xususan O‘rta Osiyo adabiyoti, tarixi, xalq og‘zaki ijodi va tillarini o‘rganish va ilmiy tatqiq etish ancha rivojlandi.Chet ellarda turkiy, xususan o‘zbek tili va adabiyotining turli masalalari bo‘yicha yozilgan chuqur mazmunli ilmiy asarlar yaratildi.Bu asarlarni professorlar- AQSHda I.Sirtautas, A.Syobers, Angliyada N.Uotterson, Germaniya Federativ Respublikasida A.von Gabain, Shvetsiyada G. Yarring, Chexoslavakiyada Yu.Kramskiy kabi olimlar yozganlar. Turkiy xalqlar og‘zaki ijodiga g‘arb kitobxonlarining qiziqishi katta.Ularning Sharq og‘zaki ijodi bilan tanishtirish uchun ko‘p turkshunos olimlar ilmiy ish olib borganlar. Xususan xorijiy ilmiy- tatqiqotlar va tarjimonlarga qaraganda, turkiy xalqlar og‘zaki ijodiga doir ishlarni Vengriyada Herman Vamberi , G.Almasi, Germaniyada Ushot, A.Shimmel va B.Basats, Angliyada K.M.Bauro, A. Chotjiko, K.F. Koksuel, Shwetsiyada G.Rakuet va G. Yarnich, Polshada I.Saodat, turkiyada T. Zakivaladi va A.Partov, AQSHda P.Poppi, G.V.H.Shulbreit Jon, R.Grunger va I.Shedling, Italiyada E.Rossi, Fransiyada R. A.Steyn, Finlandiyada U. Rubin kabi olimlar yozishgan. Tarjima tarixini yoritish madaniyatimiz tarixining bir sohasini yoritish demakdir. Tarjima tarixini yaratishdan maqsad faqat tarix yaratish, tarjimachilik san’atida mavjud tarixiy an’analarni o‘rganish va boy madaniyat merosini ilmiy tomondan o‘zlashtirish uchungina emas balki klassik tarjimonning o‘ziga xos xususiyatlar bilan realistik tarjima prinsiplari ustidagi asosiy belgilarni farqlash, xalqlar o‘rtasida do’stlik aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash bizning davrimizda keng quloch yozgan badiiy ijodning bu sohasida ro’y berayotgan diniy muattarlikning mazmunini idrok qilish mohiyatni belgilash chinakam badiiy tarjima yaratish evolyutsiyasi va istiqbolini aniqlash hamma davrlarda badiiy tarjimada asarni butunlay o‘zgartirib yuborish hollarining tatrijini o‘rganish va uni bartaraf qilish yo‘llarini qidirib, topishdan iborat. Tarjima tarixi juda qadim zamonlardan boshlanadi.Qadim zamonlardan buyon turli tillarda so‘zlashuvchi xalqlar bir birlari bilan muomala qilganlarida tarjimon ya’ni tilmoch orqali ish bitkazganlar.Tarjimonsiz ish bitirish qiyin bo‘lgan.Savdo – sotiq ishlari diplomatik munosabatlar va madaniy aloqalarda hamma vaqt tarjimaga zaruriyat tug‘ilgan.Qadim zamonlardan beri xalqlar o‘z tarjimonlariga katta hurmat bilan qaraganlar.Ularning nomlari tarix sahifalarida abadiy yozilib qolgan.Tarjima tarixi madaniyat, san’at, adabiyot tarixi bilab chambarchas bog‘langan. Ma’lumki, O‘rta Osiyo xalqlarining madaniyati qadimgi zamonlardan boshlangan.Arablar istilosiga qadar ham O‘rta Osiyoda yashab ijod etgan olimlar o‘zlaridan keyin boy ilmiy va adabiy meros qoldirganlar, balki shular ichida ko’pgina tarjima asarlari ham bo‘lishi mumkin.Lekin bu ajoyib asarlarni ular islom diniga qarshi deb yondirib yuborganlar.Arablar dastlab islom dinini O‘rta Osiya xalqlariga majburan qabul qildira boshlaganlar.Qadimgi Xorazm, So‘g‘d yozuvlari o‘rniga arab yozuvi joriy qilindi. Madrasalarda arab tilini o‘rganish majburiy qilish yo‘lga qo‘yildi.Arab istilochilari turk va fors tillarini bilgan tarjimonlardan ham foydalanganlar.Ular turkiy xalqlar bilan arablarni bir-biriga bog‘lovchi vosita rolini o’ynaganlar. Download 87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling