1. Badiiy tarjima – do‘stlik ko‘prigi Asarning topilish tarixi. Dastlabki tarjimalar tahlili
Asarning o’rganilishi. ”Qutadg‘u bilig” ning nemischa ikki tarjimasi qiyosiy tahlili
Download 87 Kb.
|
”Qutadg‘u bilig” asarining topilishi va o’rganilishi
3. Asarning o’rganilishi. ”Qutadg‘u bilig” ning nemischa ikki tarjimasi qiyosiy tahlili
Birinchi prezidentimiz Islom Karimov ”Yuksak ma’naviyat va yengilmas kuch ” asarida shunday fikr bildiradilar: ”Agar biz O’zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi,uning qadimiy tarixi va yorug’ kelajagini ulug’lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo’lsak, avvalambor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni,buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak.Nega deganda, ulug’ adib Cho’lpon aytgandek, adabiyot yashasa- millat yashaydi”.4 Turkiy adabiyotimiz tarixida shunday asarlar borki, ularni jahonning turli mamlakatlarida katta qiziqish bilan o’rganadilar, har-xil tillarga tarjima qiladilar va olimlar yuksak baholaydilar. Shunday buyuk asarlardan biri XI asrda mashhur donishmand Yusuf Xos Hojib yaratgan “Qutadg’u bilig ” nomi bilan elga tanilgan odob –axloq kitobidur.Hozirgi davrda “Qutadg’u bilig ” ning bir nechta nusxasi mavjud.Uning Vena va Namangan nusxalari alohida hollarda 1942 yili Istanbulda nashr etilgan. 1943 yil esa asarning Qohira nusxasi ham Istanbulda bosib chiqarilgan.1947 yili taniqli turk olimi Rashid Raxmati Arat asarining tanqidiy matnini nashr qildi.1959 yil va 1971 yili “Qutadg’u bilig ” ning turkcha tarjimasi Anqarada ikki marta chop etilgan umuman nodir asar bir necha boshqa tillarga nashr etilib kitob bo‘lib chiqqan. Mashhur turkshunos olim V.Radlov “Qutadg’u bilig ” ni olmon tiliga ikki jild asar matni va transkriptsiyasidan, ikkinchi jildi Vena Qohira nusxalaridan matni asosida amalga oshirilgan tarjimasidan iborat. “Qutadg’u bilig ” ni ilmiy tadqiq etganlar safida jahondagi taniqli olimlar, jumladan , Turkiyalik Rashid Arat Italiyalik Alereo Bambachi , major olimi Herman Vamberi, AQSH olimi Robert Danko va boshqalar bor. ____________________________ 4 Islom Karimov . Yuksak ma’naviyat va yengilmas kuch.Toshkent ”Ma’naviyat” 2008 Bu asardagi savol javob shaklida berilgan odob –axloqning yuksak namunalarini bayon qilishi orqali Yusuf Xos Hojib o‘z davridagi Turon turklari siyosiy va madaniy hayotidagi o‘quvi ko‘z o‘ngida gavdalanadi. R.Danov fikricha, asarning tili Qoraxoniylar davriga xos o‘rta turkiy tillarga mansubdir.O‘zbekning yozilishi uslubi va chuqur mazmunga ko‘ra“Qutadg’u bilig ” forsiy tilda bitilgan ”Qobusnomaga” tenglashtiriladi. Yusuf Xos Hojibning esa ”Turklarning Firdavsiysi” (Robert D.) deb ataladi. “Qutadg’u bilig ” asarida yaxshilikdan nasihat qilish bobida Turon turklari va Eron islom ana’nalarini har ikkisidan ham foydalanilgan. Yusaf Xos Hojib tanlangan uslubda asar bitish qadimiy Yaqin Sharqda va Yunonistonda, Xitoy, Hindistonda, va O‘rta asrlarda Evropada ham uchraydi.Shu sababli “Qutadg’u bilig ” haqidagi so‘z boshida R.Dankov Sharq va G‘arbda turli asarlarda ifodalangan falsafiy g‘oyalarni chuqur tahlil etadi. “Qutadg’u bilig ” XI asrning ikkinchi yarmidagi Qoraxoniylarning siyosiy hayotidan ham darak beruvchi katta adabiy yodgorlik hisoblanadi. G‘arbiy Evropada bu asar ”Shahzodalar ko‘zgusi ” deb nom olgan va o‘ziga xos adabiy uslubga egadir. Uni kengroq ma’noda davlatni boshqarish xususidagi nasihatlar deb ta’riflash mumkin.U boshqa adabiy uslublardan axloq haqidagi o‘gitlar ekani va siyosiy falsafasi bilan farqlanib turadi. Bu asar og‘zaki va yozma jihatidan Osiyo turklari hamda Eron –Islomiy an’analarini o‘zida mujassamlashtirgandir. Dostonda davlatni boshqarish, elchilar tayyorlash, oqil va qonuniy mudofaani nazorat qilish, jamiyatdagi turli sinflar va tabaqalar o‘rtasidagi aloqalar, notiqlik oilaviy totuvlikni yo‘lga qo‘yish kabi inson uchun zarur masalalar ifodalangan.Ularni to‘g‘rilik va oliyjanoblik bilan amalga oshirish natijasida ulug‘ baxtga musharraf bo‘lish mumkin. R.Dankovning yozishicha quyosh va oyni ramziy ma’noda inson nomlari sifatida qo‘llash Bobilliklarda fors va arablarda, yunon va yahudiylarda ham qadimdan odat bo‘lib kelgan.R.Dankovning katta xizmati shundaki, “Qutadg’u bilig ” ni shunchaki tarjima qilib qolmasdan balki undaki g‘oya va mazmunni , o‘ziga abadiy tarixiy uslubni Osiyo va Evropada yaratilgan boshqa asarlardagi fikrlar bilan qiyoslaydi.Ulardagi o‘xshashlik hamda farqlarni ko‘rsatib beradi.Adolat va baxtga erishish g‘oyasi forslarning ”Pandnoma”, (Qobusnoma) Firdavsiyning ”Shohnoma” kabi asarlarida , Sharqda mashhur bo‘lib kelgan hindcha ”Panchatantra”, uning tarjima nusxasi ”Kalila va Dimna” asarlarida ham bosh g‘oyadir. “Qutadg’u bilig ” ning Vena nusxasi uyg‘ur yozuvida bitilgan va uning boshqa uchta nusxasi esa Temuriylar davrida ko‘chirilgan .Shu sababli, bu asarni uyg‘ur mumtoz adabiyotining yirik namunasi sifatida ham qarab kelingan.Biroq buddizmning “Qutadg’u bilig ” bilan aloqasi haqidagi ba’zi fikrlar haqiqatga ”Buddakariata” masalalari kitobi arab tiliga tarjima qilinib keyinchalik gurjilarga ,yunonlarga va yahudiylarga ham yetib borgan, armanchadan slavyanlarga tarqalgan va oldinroq bu asar qadimiy turonda ham mashhur bo‘lgan.Hind masallar kitobidagi hikoyalar mazmuni“Qutadg’u bilig ” dagi g‘oyalarga biroz o‘xshashligi shu sabablidir. Umuman asarning yozilishida asosan, turkiy va arab-fors falsafiy g‘oyalaridan foydalanganligi sezilarlidir. Italyan sharqshunosi A.Vambachi fikricha Yusuf Xos Hojib yunon olimlarining g‘oyalaridan foydalangan. R.Dankov bu fikrni quvvatlaydi.Olmon olimi Alberto esa Yusuf Xos Hojibni buyuk olim Abu Ali ibn Sinoning eng yaxshi shogirdidir deb ko‘rsatadi .Bu fikr haqiqatga ziddir.Go’yoki Abu Ali ibn Sino aql va zakovatni bir-biridan ajratib , falsafiy jihatdan avval aql o‘rganiladi, keyin zakovatga deb yozgan emish. Yusuf Xos Hojib esa shu g‘oyani qabul qilgan emish. Yusuf Xos Hojibning asarida aql zakovat ajralmas holda izohlangan. AQSHdagi Chikago dorilfununing mudarrisi R.Dankov “Qutadg’u bilig ” ni ingliz tiliga to‘la tarjima qilib, so‘z boshi va izohlar bilan nashr etdi.Asar tarjimonning yozishicha “Qutadg’u bilig ” ni bitiruvchi davrdayoq tarjima qilishga kirishgan. R.Dankov kiitobidagi juda ko‘p fikrlar Quroni Karim va Muhammad Alayhisalom hadislaridagi g‘oyalarga o‘xshash ekanligini misollar bilan ifodalaydi. Mana ulardan ba’zilari: Halol bo‘lish har bir musulmonning vazifasidur Eng yomon dushman nafsdur. Boshqa kishilarga eng ko‘p foyda keltiruvchi kishilar eng yaxshi kishilardur. Robert Dankovning yana bir ijodiy ishi “Qutadg’u bilig ” dagi ba’zi boblarning sharq mumtoz adabiyotidagi suffizm deb atalmish oqimiga munosabatida ko‘rinadi. U suffizm namoyondalarining asarlariga ham Yusuf Xos Hojibga xos mazmun ifodalanganini ta’kidlaydi. “Qutadg’u bilig ”ning ingliz tiliga tarjimasi ancha puxta chiqqan tarjimon kitob matni 6598 alohida sarhadga ajratgan, undagi nasriy va nazmiy xususiyatlarga alohida e’tibor bergan.Jumladan, nazmiy o‘gitlarni tanlaganligi diqqatga sazovordir.Tarjimada har bir o‘gitning mazmunidan kelib chiqib, uning insoniy jihati chuqur ifodalangan.Tarjimada ba’zi kamchiliklar ham mavjud.Kitobning asl nusxasida uchraydigan turkcha ismlarni inglizcha tarjima berilishi to‘g‘ri emas.Bu ismlarni tarjimasi berilganda, maqsadga muvofiq bo‘lar edi.Albatta, kitobning asl matni bilan inglizcha (ma’nosi berilganda.) ,tarjimasi o‘rtasida katta tafovut bor.Chunki, qadimiy turkiy yodgorlikni hozirgi ingliz tiliga ko‘chirish oson ish emas.Tarjimon ko‘pgina turkiy arabcha va forscha so‘zlarning o‘zini aynan qo‘llaydi,chunki ularga inglizchada mos keluvchi so‘zlar yo‘qligi milliylik alomatini yo‘qotib qo‘yishi mumkin.Kitobning matni va tarjimasi haqida R.Dankov o‘z fikrini bayon qilib ”Inglizcha nasriy tarjima O‘rta asr turkiy nazmidan ancha yiroqdir” deb yozadi.Mazkur tarjima turkiyalik olim Rashid Arat nashr etgan tanqidiy matnga asoslangan.Chunki, tarjimonning fikricha, Qohira va Namangan nusxalarida ba’zi boblarida sahifalar tushib qolgan.Tarjimada matnni leksikasi va monografiyasida ham e’tibor qaratilgan.Asarda keltirilgan ba’zi so‘z o‘yinlariga tarjima jarayonlarida izohlar berilgan.Kitobga forscha so‘zlarning tarjimasi ilova qilingan.Tarjimonning yozishicha u bu asarning har bir musulmon o‘quvchisiga va g‘arb kitobshunosiga tushunarli bo‘lishiga intilgan.U maqsadiga erishgan deyish mumkin.Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” inglizcha jaranglaganidan har qancha faxrlansak arziydi. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig ” asarining yaratilishi tarixi va nemischa tarjimasi haqida. Yusuf Xos Hojibning hayoti va faoliyati haqida ma’lumot beruvchi“Qutadg’u bilig ” (”Saodatga yo‘llovchi bilim”) dostonidir . Yusuf Xos Hojib o‘z davrining peshqadam donishmandlaridan biri bo‘lib fors-tojik, arab tillarini, badiiy adabiyotni tarix, astranomiya, matematika, tabiat, geografiya va boshqa fanlarni yaxshi o‘rganib olgan edi. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig ”dostonini yaratar ekan u Qoraxoniylar davlati hokimiyatini mustahkamlash, Tavgochxon bilan Ilekxonlar o‘rtasidagi ixtiloflarni bartaraf etish , ma’rifat va obodonchilik uchun kurash, yaxshi xulq odobni targ‘ib qilish kabi maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ygan edi. “Qutadg’u bilig ” ning birinchi nusxasi IX asrning boshlarida topilgan bo‘lsa ham, lekin uni o‘rganish va nashr etish ancha sust bo‘ladi. Fransuz olimi Jobert Adams 1823 yilda Osiyo jurnalida “Qutadg’u bilig ”ning Vena nusxasi haqida ma’lumot berib uning bir qismini bostiradi. 1870 yil esa nemis olimi H.Vamberi“Qutadg’u bilig ” ning bir necha qismini asli transkriptsiyasi : nemischa tarjimasi ilova qilingan lug‘at bilan nashr ettirdi. “Qutadg’u bilig ” ning Vena va Qohira nusxalarini o‘rganish, ularni tarjima qilish va nashr etish xususida atoqli rus turkshunosi akademik V.V.Radlov uzoq vaqt unumli ish olib boradi. “Qutadg’u bilig ” bilan rosa yigirma yil (1890-1910) shug‘ullanadi.V.V.Radlov 1890 yilda “Qutadg’u bilig ” ning Vena nusxasi faksimilyatsiyasini (aynan shakliy suratini) katta so‘z boshi bilan to‘liq nashr ettirdi.1891 yilda tekstni manjur yozuvi asosidagi transkriptsiya bilan bosib chiqardi. 1900-1910 yillarda esa Vena va Qohira nusxalarini chog‘ishtirib, “Qutadg’u bilig ”ni nashr etdirdi.1942-1943 yillarda “Qutadg’u bilig ”ning uchchala nusxasi ham Istanbulda uch tomda nashr etildi. Olim Qayum Karimov dostonini Namangan nusxasi asosida transkriptsiya va hozirgi o‘zbek tiliga tavsifi bilan birga nashr etdi va kitobxonlar uchun uning parchalarini bir kitobcha sifatida taqdim etdi . “Qutadg’u bilig ”ning prozaik muqaddimasida ta’kidlanishicha dostonda majoziy obrazlar qiyofasi mujassamlashtirilgan. “Qutadg’u bilig ” axloqiy –ta’limiy asardir.Uning axloq va odob masalalariga bag‘ishlangan ijtimoiy- siyosiy masalalarga bag‘ishlangan boblarida ham Yusuf Xos Hojib o‘z axloqiy ta’limiy qarashlarini ifodalaydi, xalqning turli tabaqalariga o‘rin beradi, ularga pand-nasihat beradi. Yusuf Xos Hojib ilm ma’rifatni saodatning kaliti deb bilgan shuning uchun ha u dostonni ”Qutadg‘u bilig” (”Saodatga yo‘llovchi bilim ”deb nomlagan). Yusuf Xos Hojib ilm ma’rifatni targ‘ib qiladi, olimlarni ulug‘laydi, davlat boshliqlariga murojaat etib ilm –fan ahllarini saroyga jalb etishga, ulardan ta’lim olishga va ularning mohiyatlari bilan ish ko‘rishga chaqiradi. Uning fikricha hukmdor mamlakatni o‘z siyosati bilan boshqarsa olimlar el yurtni aql va zakovat bilan boshqaradilar, yo‘l ko‘rsatadilar. Ular ilmi budunga yo‘la Yorisa yo‘la tupla ozmas yo‘la. Olimlarning ilmi xalqqa mash’aldir, mash’al yorug‘lik bersa tunda ham yo‘ldan adashmaydi. Yusuf Xos Hojibning ”Qutadg‘u bilig” xalq og‘zaki ijodining samarali ta’sirida vujudga kelgan dostondir.Shoir bu asarida ayniqsa xalq maqollari va ta’birlariga katta ahamiyat beradi.O‘zi ham xalq maqollariga o‘xshash hikmatli so‘zlar yaratadi. O‘qishga bilikka bu tilmochi til Til aql va bilimning tarjimonidir O‘qish so‘zlama, so‘z biror so‘zla oz. Gumon so‘z tugunning bu bir so‘zda yoz. Ko‘p o‘yla oz so‘yla, o‘n ming so‘zning tugunini bir so‘z bilan yech. O‘qishsiz kishi – ul emishsiz yog‘och.Aqlsiz kishi- mevasiz daraxt. ”Qutadg‘u bilig” ning ko‘pchilik boblari XI asr Qoraxoniylar davrida ijtimoiy siyosiy masalalariga bag‘ishlanadi. Doston avtori bu boblarda davlat va hokimiyat, hukmdor va uning saroy ahllarini , ularni vazifalarini, turli ijtimoiy tabaqalar, ularni jamiyat hayotida tutgan o‘rni va roli, saroy ahllarini, ularni fazifalari, turli ijtimoiy tabaqalar, ularni jamiyat hayotida tutgan o‘rni va roli, saroy ahllarining feodal va mehnatkash tabaqalarariga munosabati kabi masalalar haqida fikr mulohaza yuritadi. Yusuf Xos Hojibning bu fikr mulohazalari uni bir tomondan davrning ma’lum progressiv ilgari surgan donishmand murabbiy va siyosatchi sifatida , ikkinchi tomondan Qoraxoniylar saroyiga yaqin turgan va feodallarning manfaatlarini ifodalagan Aristokrat sifatida gavdalantirdi. Yusuf Xos Hojibning Davlat haqidagi fikr mulohazalarini dastlabki Bek-Hukmdor qiyofasida mujassamlashtiradi. Uning fikricha Bek davlatning yagona hukmdori bo‘lib, uning sir irodasi barcha uchun qonundir.Bek Xudoning xohishi bilan beklik mansabiga erishgan kishidir.Xudo bir kishini bek, qilmoqchi bo‘lsa, avval unga Beklik sifatlarini va vazifalarini ato qilar emish. Bayot kimga bersa bu bog‘lik ishin, Berur ul ko‘ngil hul ul ishga kishi Qosh bog‘ tutmoq qilsa bayot, Berur ishni quloq kek qush yo‘q koinot. Bayot- Xudo kimga beklik vazifasini bersa avval unga har choq fahm idrok va ish asoslarini baxsh etadi. Kurramizda Yusuf Xos Hojib feodal hukmdorni ilohiylashtiradi, biroq bu bilan chegaralanib qolmaydi, uning burch va vazifalarini konkretlashtirishga intiladi: Bek Xudo ato qilgan oliy mansabi bilan faxrlanishi bilan birga o‘z zimmasidagi katta va ma’suliyatli vazifalarni sharaf bilan amalga oshirish kerak.Bu fazilatlar mamlakatni idora etish, uning osoyishtaligi va obodonchiligi uchun kurash, mamlakat ishi uchun foydali bo‘lgan qonun qoidalari ta’sis qilish va ularni amalga oshirish,ilm ahllarini himoya qilish va boshqalardan iborat.Bilimli va sergak kishilar beklikka munosibdir.Agar bek ilmli va ma’rifatli bo‘lsa u olimlar va donishmandlar qadriga etadi.Ular bilan aloqada bo‘lib o‘ziga yaqin tutadi. Bugu bakkim ersa bilka yaqin, Biliklik kishini keyin qilish o‘zga yaqin Har bir botir bek bilimga yaqin tursa, Bilimli kishilarni o‘ziga yaqin tutadi. Yusuf Xos Hojibning Bek va uning amaldorlari haqidagi fikr mulohazalarini Kundug‘di, Oyto‘ldi, O‘girmish, O‘zgurmishlar qiyofasida mujassamlashtirib, ularni saroy ahliga bir namuna qilib ko‘rsatishga intiladi. ”Qutadg‘u bilig” XI asr adabiyotini muhim yodgorligidir .U turkiy tillardagi yozma adabiyot ham u qadar boy tajribaga ega bo‘lmagan bir davrda vujudga keldi.Shoir fors ,tojik tilida ijod qilishni traditsiyasi izidan bormadi, balki katta jur’at bilan o‘z ona tilida yirik asar yaratishga intildi.Uning muvaffaqiyati bilan tugadi.U xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyotining ilk yirik asarlardan biri Yusuf Xos Hojibning ”Qutadg‘u bilig” dostoni tajriba traditsiyalaridan foydalandi. Yusuf Xos Hojibning ”Qutadg‘u bilig” dostoni XI asrdagi XI asr va O‘rta Osiya Sharqiy turkistondagi turkiy xalqlar va qabilalar tilining ,xususan eski o‘zbek va uyg‘ur tilining yodgorligidir.Qadimgi turkiy tildagi yozma adabiyotning ilk yirik yozma asarlaridan biri ”Qutadg‘u bilig”, Sharqda Abdulmulk ”shohnomai turkiy”, ”Pandnomai mulk”, nomlari bilan mashhur.
Birinchi prezidentimiz Islom Karimov ”Yuksak ma’naviyat va yengilmas kuch ” asarida shunday fikr bildiradilar:”Ma’lumki, o’zlikni anglash milliy ong va tafakkurning ifodasi avlodlar o’rtasidagi ruhiy – ma’naviy bog’liqlik til orqali nomoyon bo’ladi” Balosog’un shahrida tug’ilgan Yusuf Xos Hojib bir necha tillarni o’rgangan o’z zamonasining dono olimlaridan biri sifatida mashhur bo’ldi.”Saodatga eltuvchi bilim ” Qoraxoniylar davlati davrida yaratilgan eng katta ilmiy yodgorliklardan biri bo’lib bu asar 1069 yilda yozilgan. 1870-yil nemis olimi Herman Vamberi ”Qutadg’u bilig ”ning bir necha qismini asli transkripsiyasi nemischa tarjimasi ilova qilingan lug’at bilan nashr ettirdi. ”Qutadg’u bilig ” ning nemis tilidagi ikkala tarjimasini qiyosiy o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, bulardan V.V. Radlov tarjimasini maqtovga loyiq deyish mumkin.Chunki birinchidan, to‘liq tarjima, ikkinchidan, original tarjimada ancha durust chiqqan. Afsuski, Herman Vamberi birinchidan originalning boshidan bir qismini tarjima qilgan, ikkinchidan tarjima asl nusxa darajasida jaranglamaydi. ”Qutadg’u bilig ” tarjimonlarini tadqiq qilish tarjima nazariyasining qator masalalarini o‘rganadi. Jumladan:
Tarjima – madaniyat tarixining tarkibidir. Tarjima – xalqlarning madaniy aloqalar va o‘zaro munosabatlarining vositasi sifatida. Tarjima tarixiy shartli jarayon, Tarjima jahon madaniyati va boshqalarini o‘rganish ishida yordam beradi. Bu asar tarjimalari tarixini yaratish, bu tarjimalarning paydo bo‘lishi saviyasini aniqlash, ularning o‘zaro qiyosiy tahlil qilish orqali ilmiy qiymatini belgilash, asarning o‘zini o‘rganish nuqtai nazaridan ham o‘zbek xalqining boshqa xalqlar bilan adabiy, madaniy aloqalari tarixini tadqiq etish jihatidan ham juda muhim. Bir necha yildan buyon olib borilgan kuzatishlarimiz va ilmiy manbalardan keltirilgan ma’lumotlarni tahlil qilish natijalariga tayanib, quyidagi xulosalarga keldik: 1.”Qutadg’u bilig ”ning nemis tilidagi ikkala tarjimasini qiyosiy o’rganish shuni ko’rsatadiki, bulardan V.V.Radlov tarjimasi maqtovga loyiqdir. 2.Afsuski,Herman Vamberi originalning boshidan bir qismini tarjima qilgan. 3.Tarjima madaniyati tarixning tarkibidir.Tarjima – xalqlarning madaniy aloqalari va o’zaro munosabatlarining vositasidir 4. Xulosa qilib aytganda, tarjima tarixi umumiy tarix,madaniyat, san’at, adabiyot tarixi bilan uzviy bog’langandir
Download 87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling