1 балл 2-топшириқ. Диншунослик фани соҳаларининг мазмун-моҳиятини жадвал асосида тўлдиринг


Download 46,15 Kb.
bet2/6
Sana19.06.2023
Hajmi46,15 Kb.
#1623601
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dinshunoslik 1-topshiriq Nurafshon

Din psixologiyasi - bu tushunchani birinchi marta Shleyermaxerning “Psixoloiya” (1862) kitobida uchratish mumkin. Unda boshqa dinga sig‘inishga o‘tganlarning ichki xis-hayajonlari bilan bog‘liq jarayonlar tadqiq etilgan bo‘lib, tavba-tazarru, gunoh, diniy kitob amrlariga bo‘ysunish va boshqalar tadqiq etilgan. Dinga sig‘inish kayfiyati jamiyatda sodir bo‘ladigan keskin o‘zgarishlar, inqiroziy vaziyatlarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Ayni chog‘da din psixologiyasi nisbatan jiddiy emotsional xolatlarsiz ham o‘zini namoyon etishi mumkin. Din psixologiyasi negizida katarsis (poklanish) yotadi. Poklanishning birinchi bosqichida ruhiy inqiroz, hayotdan qoniqmaslik, axdoqiy va dunyoqarashga doir izlanishlar ro‘y beradi. Ikkinchi bosqichda his-tuyg‘uda to‘satdan “burulish” - qalb ravshanlanib,individ xudoga yaqinlashgandek bo‘ladi. Uchinchi bosqichda qizg‘in his-hayajon o‘rnini xotirjamlik, o‘z fe’l-atvoridan qoniqish ruhi egallab, ichki dunyo ziddiyati o‘rnini diniy iymonga asoslangan uyg‘unlik egallayd

Din falsafasi- tafakkur shakllaridan bo‘lgan tushunchalar matn va maqsad mohiyatidan kelib chiqib, turlicha mazmun kasb etishi, keng va tor ma’nolarda qo‘llanilishi mumkin. “Din falsafasi” tushunchasi haqida ham shunday deyish mumkin. Xususan, keng ma’noda u din haqidagi falsafiy qarashlarni anglatadi. Bunday talqinda din falsafasi falsafa kabi qadimiy ildizlarga ega bo‘lib, asrlar davomida din, uning mohiyati, inson va jamiyat hayotidagi o‘rni haqida shakllangan xilma-xil falsafiy qarashlar, yondashuvlar va ta’limotlarni qamrab oladi. Tor ma’noda esa, din falsafasi falsafiy usullar va tushunchalar apparatini ishga solgan holda dinni o‘ziga xos ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida o‘rganuvchi mustaqil fanni anglatadi.
Din din falsafasining bilish predmeti hisoblanishi, ya’ni “din o‘zi nima?” degan savolga javob izlashi bir qarashdayoq aniqdek tuyulsa-da, ammo ushbu hodisaning talqini hamma vaqt ham bir xil emasligini qayd etish lozim. Zero, din, bir tomondan, umuman, o‘zining mohiyati nuqtai nazaridan, ya’ni mavhum, metafizik ma’noda, ikkinchi tomondan, o‘zining konkret namoyon bo‘lish shakli,xususiy holatida tadqiq etilishi mumkin. Ushbu ikki yondashuv ma’lum ma’noda bir-birini to‘ldiradi. 



Download 46,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling