1 балл 2-топшириқ. Диншунослик фани соҳаларининг мазмун-моҳиятини жадвал асосида тўлдиринг


Функциялар Dinning funksiyalari


Download 46.15 Kb.
bet4/6
Sana19.06.2023
Hajmi46.15 Kb.
#1623601
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dinshunoslik 1-topshiriq Nurafshon

Функциялар

Dinning funksiyalari - dinning jamiyatga, shaxsga, bir dindagi kishilar guruhiga asosiy ta’sir etish usullaridan iborat. Din dunyoqarashlik, kompensatorlik, kommunikativlik, regulyatorlik, integratorlik - dezintergratorlik, madaniy bog‘liqlik, legitimlovchilik (qonunlashtiruvchilik) vazifalarini bajaradi. Dinda inson, jamiyat, tabiat haqida muayyan qarashlarning o‘ziga xos talqini bo‘lganligi tufayli D.f.ning dunyoqarashlik jihati joriy qilinadi. Zero, din gnoseologiyasida inson o‘z taqdiri va boshqa narsa va hodisalarning har birini ilohiy ta’limotlar asosida sezgi va hissiyotlari orqali idrok qilib, muayyan dunyoqarashga ega, ya’ni dunyoning diniy manzarasi yaratiladi. Bundan diniy dunyoqarashlarda ijtiomiy ongning boshqa shakllari mavjud emas degan xulosa kelib chiqmaydi. Shuning uchun falsafiy va diniy qarashlarni bir-biriga mutloq darajada qarama-qarshi qo‘yish ilmiy jihatdan noto‘gri bo‘ladi. Har birida ham mavhum va real haqiqatlar bor. Har qanday din o‘zi dinidagilar uchun to‘ldiruvchi, ovutuvchi (kompensatorlik) vazifasini bajaradi. Masalan, insonda diniy ehtiyoj bo‘lishini olib ko‘raylik. U o‘z hayoti, turmush tarzi, tabiat va jamiyat bilan bo‘lgan munosabatlari jarayonida shaxsiy va ijtimoiy ehtiyoj, maqsadlarga yetishishi qiyin, ilojsiz bo‘lib ko‘ringanda bunday ma’naviy ehtiyoj vujudga kelgan. Chunki inson hayotida quvonchli yoki tashvishli onlarda, orzular ro‘yobga chiqishi ilojsiz bo‘lgan paytda insoniyatning dinga ehtiyoji jamiyat bo‘lib yashash talablarida bshlangan; din bu o‘rinda ma’naviy ehtiyojni qondiruvchi tasalli beruvchilik vazifasini bajargan. Din, dindorlarning birligini, jamiyat bilan shaxsning o‘zaro aloqasini ta’minlovchi xusu siyat - aloqa bog‘lashlik (kommunikativlik) vazifasiga ham egadir. Bunda konkret bir dinga e’tiqod qiluvchi kishi shu dindagi boshqa kishilar bilan bog‘liq bo‘lishi, ) urf-odat, ibodatlarni jamoa bo‘lib ado etish ko‘zda tutiladi.Cherkov, masjid va diniy tashkilotlar dinning bu vazifasini amalga oshirishga ko‘maklashadi. Din dindorlar hayotini tartibga solish, nazorat qilish (regulyatorlik) vazifasini ham bajaradi. Har qanday dinlarning muayyan urf-odatlari, marosim va bayramlari bo‘lib, ularni o‘z vaqtida, diniy ta’lim va talab asosida bajarishi shart qilib qo‘yiladi. Dinlar o‘z ta’limot tizimini vujudga keltirib, unga e’tiqod qiluvchi shaxs va jamoani shu ta’limot doirasida saqlashga harakat qiladi. Buni dinlarning birlashtiruvchilik (integratorlik) vazifasi deyiladi. Bunda din muayyan ijtimoiy, etnik va ma’naviy hayotning o‘z ta’siri doirasida bo‘lishini ko‘zda tutadi. Masalan, islom o‘tmishda Markaziy Osiyo xalqlarining ijtimoiy hayotiga, axloqiy munosabatlariga, hattoki adabiyot va san’atiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Bular orqali elat va xalqlarda turli xil birlashtiruvchi munosabatlar qaror topgan. Agar shaxsning diniy ongi va axloqida kelishmovchilik tendensiyalari bo‘lsa, shuningdek, ijtimoiy guruh va jamiyatda diniy qarashlar haqida farqlar yoki bir-biriga qarama-qarshi holatlar yuzaga kelsa, unda din ajralib ketish (dezinregratorlik) vazifasini bajaradi. Din ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismi bo‘lib, madaniy bog‘liqlik vazifasini ham bajaradi. U dindorlarning muayyan qatlamlarida yozuvni, kitoblar nashr qilishni, san’atni rivojlantirib, diniy madaniy boyliklarni saqlaydi va ularni avloddan - avlodga o‘tishini ta’minlaydi. Din legitimlovchilik (qonunlashtiruvchilik) vazifasini ham bajaradi. Har qanday diniy jamoa, uyushma, ilohiyotlar ijtimoiy sistema sifatida muayyan cheklovlarsiz mavjud bo‘la olmaydi. Shuning uchun u qonun darajasiga ko‘tarilgan axloq normalarini inshab chiqishi lozim. Bunday normalarni nafaqat qonunlashtiradi, balki ularga bo‘lgan talab va munosabatlarni ham belgilaydi. Bulardan tashqari D.v.ning falsafiy, nazariy jihatlari ham bor bo‘lib, bular insonni yashashidan maqsadi, hayotning ma’nosi, dinda dorilfano (o‘tkinchi), darulbaqo (abadiy) deb tavsiflanadigan dunyo haqidagi masalalarga o‘z munosabatini bildiradi

5-топшириқ. Диннинг примитив шаклларини жадвал асосида изоҳланг. (Динни примитив шаклларининг пайдо бўлиши, мазмуни, ўзига хослиги ва ҳок. тўлиқ ёритиб берилиши лозим) 1 балл



Фетишизм

Анимизм

Тотемизм


Download 46.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling