Fetishizm (fransuzcha: fétiche; portugalcha: feitiço — sehrli narsa, tumor) — g'ayritabiiy xususiyatlarga ega deb hisoblanadigan jonsiz narsalar — fetishlarga sigʻinish. Sigʻinish obyektlari, yaʼni fetishlar — tosh, tayoq, koʻzmunchoq, tumor yoki boshqa har qanday buyum boʻlishi mumkin. Fetishizm dinning qadimiy unsurlaridan biridir. Barcha ibtidoiy xalqlarda boʻlgan.
|
Animizm (lotincha: anima — jon, ruh) — jon va ruhlar borligiga ishonish. Ibtidoiy davrda paydo boʻlgan. Ibtidoiy odamlar tabiat kuchlariga qarshi kurashda ojizlik qilgan, oʻz hayoti va tanasidagi turli hodisalar (tush koʻrish, gallyusinatsiya, oʻlim va hokazo)ni tushunmagan. Ular jon tana bilan bogʻlangan va u tanadan chiqib keta oladi, deb hisoblaganlar. Insonda asta-sekin abstrakt tafakkur rivojlanishi bilan moddiy narsalarga bogʻliq ruh toʻgʻrisidagi tasavvurlar paydo boʻlgan. Ruhlar yaxshi, saxiy hamda yomon, yovuz ruhlarga boʻlingan. Ruhlar odamlar hayotiga, turmushiga taʼsir koʻrsata oladi deb tasavvur qilingan. Shu sababli zarur paytlarda ularga qurbonliklar qilganlar. Sözning magik-möjizaviy kuchidan foydalanib, inson ruhiyatiga taʼsir etish, uni hastalikdan ozod qilish, tabiatiga ruhiy tetiklik bağishlash animizm fazilatlari hisoblanadi. Shuning uchun xalq baxshilari deganda baxshilik, yaʼni shifo bağishlash maʼnosi saqlanib qolgan.
|
Totemizm (Shim. Amerika indeetslarining ojibve qabilasi tilidagi "ototem" — "uning urug'i" so'zidan) — ibtidoiy diniy e'tiqodlarning ilk shakllaridan biri. U kishilarning ma'lum guruhi bilan hayvon va o'simliklarning muayyan turlari (ba'zan tabiat hodisalari, jonsiz narsalar) o'rtasida g'ayritabiiy aloqa, qon-qarindoshlik bor degan e'tiqodga asoslanadi. Hayvonlar, o'simliklar, jonsiz predmetlar totem hisoblangan. Totemlar (ko'pincha hayvonlar) ov qilinmagan, o'ldirilmagan, goʻshti yeyilmagan, ular goʻyo kishilarning qudratli himoyachisi hisoblangan. Qabila, urugʻ har bir aʼzosining hayoti va farovonligi totemga bogʻliq deb qaralgan. Ular oʻz totemini qarindoshi, akasi, otasi, doʻsti deb hisoblagan. Har bir qabila, urugʻ oʻz totemining nomi bilan atalgan. Totemistik eʼtiqod va marosimlar muayyan koʻrinishda koʻp xalqlarda, ayniqsa, Avstraliyadagi qabilalarda saqlanib qolgan.
|
Шаманизм
|
Тангричилик
|
Зардуштийлик
|
Tranzakor vaziyatda odamning ruhi bilan muloqotga asoslangan dinning dastlabki shakli shamanizm deb ataladi. U sehr, animizm, fetishizm va totemizm bilan yaqin aloqada. O'tkazilgan tadqiqotlarga ko'ra, shaytoniy amaliyotlar neolit va bronza davrida ham ma'lum bo'lgan. Shamanizmning turli xil milliy va diniy shakli mavjud, masalan, Koreya, Yaqut, Oltoy va boshqalar.
Shamanizm - ko'p tabiat hodisalari, odatda, xudo, deb hisoblanadigan va barcha atrofdagi narsalarni ruh bilan ta'minlaydigan ko'pshunoslik dinidir. Shamanlar insonning faqat olamga bo'lgan ongli daxlsizligi qo'rquvdan va adolatsizlikdan qutilish imkoniyatini beradi, deb da'vo qiladilar. Ular boshqa dunyoga sayohat qilish va turli ruhlar bilan muloqot qilish, g'ayritabiiy manbalardan kuch olish qobiliyatiga ega.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |