1. Bank haqida ummumiy tushuncha atb xalq bankning tashkil topish tarixi
ATB Xalq bankning tashkil topish tarixi
Download 335.85 Kb.
|
Xalq bank
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalq banki quyidagi talablarga javob berishga intiladi
- "FitchRatings"
- "Ahbor- Reyting"
2. ATB Xalq bankning tashkil topish tarixi.
Aksiyadorlik tijorat Xalq banki — O‘zbekistondagi eng yirik moliya muassasalaridan biri. Bankning asosiy maqsadi — kompleks ravishda bank tizimini yaratish, aholidan bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish hamda aholini kreditlash va milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun kredit va investitsiya resurslarini ko‘paytirishdan iborat. Bankning markaziy ofisi Toshkent shahrida joylashgan. Bank o‘z salohiyatini barqarorlashtirish, aholining ishonchini qozonish, mamlakat bank xizmatlari bozoridagi o‘z mavqeyi va rolini mustahkamlash uchun barcha saʼy-harakatlarini safarbar etmoqda. Xalq banki missiyasi — bank faoliyatining yo‘nalishi va mazmunini belgilab beradi, hukumatning moliyaviy agenti vazifalarini bajarish, shuningdek, xalq farovonligi va umuman iqtisodiyotning o‘sishini taʼminlashdagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bank mijozlari — aholi va xo‘jalik yurituvchi subʼektlardir. Aksiyadorlik tijorat Xalq banki O‘zbekistonning eng qadimiy banklaridan biridir. Uning Toshkentdagi birlamchi jamg‘arma kassalari 1875-yilda tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi hukumatining 1995-yil 4-oktyabrdagi qaroriga asosan „O‘zjamg‘armabank“ davlat-tijorat Xalq banki etib qayta tuzilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi „Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi PF-4720-sonli Farmoniga asosan bank nomi „Aksiyadorlik tijorat Xalq banki“ nomiga o‘zgartirilgan. Mustaqillik yillarida Xalq banki mamlakat iqtisodiyotining pul-kredit sohasidagi islohotlar jarayonida hukumatning moliya agenti sifatida faoliyat yuritib, zimmasiga yuklangan masʼuliyatli vazifalarni muvaffaqiyatli tarzda ado etib kelmoqda. Xalq banki quyidagi talablarga javob berishga intiladi: 1.eng zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan bank mahsulotlari va xizmatlarining ko‘lami va hajmlarini kengaytirish, shuningdek, ulardan butun yurtimiz bo‘ylab foydalanish imkoniyatini taʼminlash orqali davlatning yetakchi universal banki bo‘lish; 2.xodimlar faoliyati uyg‘unligini taʼminlash va ularning shaxsiy va kasbiy intilishlarini ro‘yobga chiqarish yo‘li bilan davlatimizning eng yaxshi va talabgor ish beruvchilaridan biri bo‘lish. 2020 yilda "FitchRatings" xalqaro reyting agentligining "BB-/B" —„Barqaror“, "S&P Global Ratings" xalqaro reyting agentligining "BB-/B" reytingiga ega bo‘ldi. Xalq banki 6-maydan 7-maygacha "CERT International" (Slovakiya) xalqaro sertifikatlashtirish tashkiloti vakillari tomonidan ISO 9001:2015 Xalqaro standarti talablariga muvofiq 2-nazorat auditidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Xalq bankining 2-nazorat auditi natijalari: yuqori rahbariyatning OAVni saqlash va takomillashtirishga qiziqishi va majburiyati; xodimlarning yuqori malakasi va xalqaro mutaxassislarni jalb qilish; ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini doimiy ravishda takomillashtirishga intilish. Ikkinchi nazorat auditining asosiy natijasi atrof-muhitdagi o‘zgarishlarga tezkorlik bilan javob berishga, kelajakdagi o‘zgarishlarni kutishga va menejment tizimini unifikatsiya qilish orqali o‘z biznesingizni muntazam ravishda rivojlantirishga imkon beradigan samarali sifat menejmenti tizimini qo‘llab-quvvatlash, filiallar tarmog‘iningo‘zaro aloqasi va yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish, shuningdek, hisoblanadi. Shuningdek, milliy shkala bo‘yicha "Ahbor- Reyting" reyting agentligi tomonidan "UzA" —„ Barqaror“, "Standart And SensetiveRatings" reyting agentligi tomonidan "UzA+" —„Barqaror“ reytingi tasdiqlandi. Ushbu reyting Xalq banki tomonidan kapitallashuv darajasini oshirish, resurslar bazasini mustahkamlash, aktivlar sifatini yaxshilash, ko‘rsatilayotbank xizmatlari ko‘lamini kengaytirish borasida amalga oshirilgan ijobiy ishlarni aks ettiradi. Download 335.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling