1. Bankning tarkibiy tuzilishi, xizmatlarni tashkil qilish texnologiyasi, buxgal-teriya aparatini tashkil qilish, xujjatlar aylanishi va ichki nazorat tizimi


Bankning tarkibiy tuzulishi, xizmatlarni tashkil qilish texnologiyalari,buxgalteriya apparatini tashkil qilish,xujjatlar aylanishi va ichki nazorat tizimi


Download 247.1 Kb.
bet2/12
Sana22.06.2023
Hajmi247.1 Kb.
#1647044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
(3)

1.Bankning tarkibiy tuzulishi, xizmatlarni tashkil qilish texnologiyalari,buxgalteriya apparatini tashkil qilish,xujjatlar aylanishi va ichki nazorat tizimi.
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi PF-3750-son Qarori va Vazirlar Mahkamasining “Aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida”gi 78-sonli qarori bilan tashkil etilgan. 2003 yilga kelib Tadbirkorbankning filiallar tarmog‘i kengaydi. Mijozlari soni 41 mingdan ortdi. 2005-yilda Tadbirkorbank kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab quvvatlovchi universal tijorat bankga aylandi. 2006-yilda Tadbirkorbank negizida Mikrokreditbank tashkil etildi. 2007-yilda Mikrokreditbank Polshadagi Halqaro Mikromoliyalash Markazi a'zoligiga qabul qilindi. 2008-yil yakunlari bo‘yicha “Fitch Ratings” kompaniyasi xulosasiga ko‘ra bankning reytingi “B-” Barqaror deb baholandi.2009-yilda “PricewaterhouseCoopers” auditorlik kompaniyasi tomonidan Mikrokreditbank faoliyati yuksak baholandi. 2010-yilda Mikrokreditbank Osiyo Bankirlari Uyushmasi a'zoligiga qabul qilindi.
Shu yili London shahrida bo‘lib o‘tgan “Bank of The Year Awards-2010 ” taqdimot marosimida “Financial Times” kompaniyasi tomonidan “2010 yilda O‘zbekistonning Eng yaxshi banki” deb e'tirof etildi.
2011-yilda “MICROFINANZA RATINGS” kompaniyasi bank reytingini “sBB” deya baholadi hamda “Fitch Ratings” reyting ko‘rsatikichi esa “B-”da “B” ga oshirildi. 2012-yilda Amsterdamda bo‘lib o‘tgan, «Child and Youth Finance International» birinchi butunjahon sammitida “Mikrokreditbank” yoshlar uchun moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi yetakchi banki sifatida e'tirof etildi. 2014-yilda Qishloq ho‘jaligini rivojlantirish xalqaro fondi (IFAD) va Ispaniya trast fondi bilan sub-qarz mablag‘larini ajratish bo‘yicha kreditlash kelishuvi imzolandi. 2017-yilda Mikrokreditbank nufuzli “MIX-MARKET” agentligi (AQSH) tomonidan 5 olmosli mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi bank” sifatida e'tirof etildi. 2020-yilda Mikrokreditbank “Global banking & Finance Awards-2020” tanlovining “Mijozlarning bank xizmatidan qoniqishi va mamnunligi” (Customer Satisfaction & Happiness Awards) nominasiyasida g‘olib bo‘ldi. 2021 yilda, “Mikrokreditbank” ATB ISO 9001:2015 Sifat Menejmenti Tizimi bo‘yicha Sertifikatiga ega bo‘ldi. 2022 yilda, "Mikrokreditbank" ATBning rebrending tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Hujjatning uchala qismida ham bir xil ko‘rsatkichlar to‘ldirilishi shart. Ya’ni hujjat rasmiylashtirilgan sana, mijoz korxona nomi, uning hisob-kitob ya’ni talab qilib olinadigan depozitlar hisobvaraqasi nomeri, operatsiya mazmuni, ya’ni nima maqsadda pul topshirilayotganligi, pul topshirayotgan shaxsning familiyasi, ismi, pul summasi to‘liq ko‘rsatilishi va imzo qo‘yilishi kerak. Badalnomaning nomerini esa uni qabul qilayotgan mas’ul bank xodimi bankka kelib tushayotgan badalnomalarni qayd etish tartibida belgilaydi.Badalnomani qabul qilish bankda asosan nazoratchiga yuklatiladi. Ba’zi banklarda, ularning ichki tartibidan kelib chiqqan holda bu vazifa shu korxonaga xizmat ko‘rsatuvchi mas’ul ijrochi tomonidan yoki bosh buxgalter yordamchisi tomonidan bajariladi. Hujjatni qabul qilib olgan bank xodimi uni uchala qismining bir xil, to‘liq va to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirib chiqadi, agar operatsiya o‘tkazish mumkin deb topsa, hujjatning barcha qismlariga o‘z imzosini qo‘yib, ushbu hujjatni kassaning kirim jurnaliga qayd etadi. kunning oxirida kassaning kirim operatsiyalari bo‘yicha quyidagi bugalteriya yozuvlari amalga oshiriladi. Ya’ni bu holda bank kassasi bilan birga pul topshirgan korxona hisobvarag‘ida ham topshirgan summada mablag‘ ortadi.
Bankning jamg‘arma kassalari aholidan davlat byudjeti daromadi hisobiga, korxona, tashkilot va muassasalar foydasiga to‘lovlar qabul qilishni amalga oshiradi, tuzilgan shartnomalar asosida ularning topshiriqlariga ko‘ra aholiga naqd pul beradi, shuningdek, boshqa turdagi chakana bank xizmat turlarini ko‘rsatadi.
Bank O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan «Chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun” Bosh litsenziyasiga muvofiq chet el valyutasida quyidagi operatsiyalarni amalga oshirish huquqiga ega:

Banklarda buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi asosiy vazifalar qo‘yilgan:



    • hisob-kitoblardagi mablag‘lar aylanishini tezlashtirish, mijozlarga tez va puxta xizmat ko‘rsatish, hisob-kitob, kassa, valyuta, kredit hamda boshqa bank operatsiyalarini to‘g‘ri bajarish;

    • bajarilgan operatsiyalarning buxgalteriya hisobi va hisobotida o‘z vaqtida hamda aniq aks ettirilishiga erishish;

    • bankdan chiqayotgan xujjatlarni tegishlicha rasmiylashtirish va buning natijasida ulardan bu xujjatlar borgan joyda foydalanishini yengillashtirish, shuningdek, boshqa banklarda ushbu xujjatlar bilan operatsiyalar baja-rilayotganda hamda ular xizmat ko‘rsatuvchi mijozlar hisobi yuritilayotganda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolarning, qonunga hilof xatti-harakatining oldini olish;

    • bankdan pul mablag‘lari, moddiy boyliklar, shuningdek, qat’iy hisobda turadigan blankalar kam chiqishi, ortiqcha hamda qonunga hilof ravishda sarflanishining oldini olish;

    • bank mansabdor shaxslarining o‘rnatilgan tartibga zid ravishda bank operatsiyalarini amalga oshirilganliklarini, qimmatliklar va xujjatlarni yuqotib qo‘yish hamda shu kabi boshqa hollarda ularning javobgarligini xujjatlar bilan asoslash;

    • operatsiyalarni amalga oshirish va rasmiylashtirishni ma’lumotlar to‘plash orqali qonuniyligi hamda to‘g‘riligini tekshirish imkoniyatini berilishi;

    • bankda ish kuni tartibiga qat’iy rioya etilishi;

    • zamonaviy kompyuter texnikasi vositalaridan keng ko‘lamda foydalanish asosida bank operatsiyalarini amalga oshirish ular hisobini yuritish hamda hisobotlar tuzish

Shuningdek, buxgalteriya hisobining obekti bo‘lib asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, materiallar, arzon baholi va tez to‘zuvchi buyumlar, kassadagi pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, qimmatli materiallar, chet el valyutalari va ular bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar; Budjet bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar, kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish, bankning daromadlari va harajatlari va boshqalar.
Buxgalteriya hisobining ob’ektlarini hisobda aks ettirish va bank faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarini hisoblash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni olish uchun ularga o‘lchov birligi (natura, mexnat va pul) qo‘llaniladi.
Respublikamizda buxgalteriya hisobining qonuniy asosi bo‘lib, 2016 yil 13 apreldagi "O‘zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonuni" hisoblanadi. Ushbu qonun buxgalteriya hisobining yuritilishini tartibga soluvchi qonuniy xujjat hisoblanadi va mulkchilik shaklidan, qaysi tarmoqqa tegishliligidan va katta-kichikligidan qat’iy nazar barcha xo‘jalik sub’ektlari va ularning filiallari unda belgilangan tartib-qoidalar asosida buxgalteriya hisobining tashkil qilishi va yuritishlari zarur bo‘ladi. Ushbu qonunda banklarda buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi barcha me’yoriy xujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ishlab chiqarishi ko‘rsatilgan, ya’ni Markaziy bank uslubiy markaz hisoblanadi.
Bank faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:
– yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish;
– to‘lovlarni amalga oshirish.
Bank O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan litsenziyasiga muvofiq quyidagi bank operatsiyalarni amalga oshiradi:
– yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, vakil banklarning hisobvaraqlarini ochish va yuritish, hisobvaraqlar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish;
omonatlarni jalb etish;
– kreditlarning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lar hisobidan o‘z nomidan kreditlar berish;
– mablag‘ egasi yoki mablag‘ni tasarruf etuvchi bilan tuzilgan shartnomaga binoan pul mablag‘larini boshqarish;
– pul mablag‘lari, veksellar, to‘lov va hisob-kitob hujjatlarini inkassatsiya qilish;
– uchinchi shaxslar nomidan majburiyatlarning bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish;
– uchinchi shaxslardan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish (faktoring);
– qimmatli qog‘ozlar chiqarish, xarid qilish, sotish, hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog‘ozlarni boshqarish, qimmatli qog‘ozlar bilan boshqa operatsiyalarni bajarish;
– bank faoliyati yuzasidan maslahat va axborot xizmati ko‘rsatish;
– jismoniy va yuridik shaxslarga hujjatlar va boshqa boyliklarni saqlash uchun maxsus binolar yoki ular ichidagi po‘lat qutilarni ijaraga berish;
– moliyaviy lizing.
Bankning jamg‘arma kassalari aholidan davlat byudjeti daromadi hisobiga, korxona, tashkilot va muassasalar foydasiga to‘lovlar qabul qilishni amalga oshiradi, tuzilgan shartnomalar asosida ularning topshiriqlariga ko‘ra aholiga naqd pul beradi, shuningdek, boshqa turdagi chakana bank xizmat turlarini ko‘rsatadi.
Bank O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan «Chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun” Bosh litsenziyasiga muvofiq chet el valyutasida quyidagi operatsiyalarni amalga oshirish huquqiga ega:
– ochiq valyuta mavqei (pozitsiyasi) limiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi hududida vakolatli banklar va o‘z mijozlari bilan, valyuta birjalari orqali, shuningdek, xalqaro bozorlarda chet el valyutasini sotib olish va sotish, shu jumladan hosilaviy moliya vositalari asosida chet el valyutasini sotib olish va sotish;
– yuridik va jismoniy shaxslarga – chet el valyutasida hisobvaraqlarni ochish va yuritish;
– mijozlarning ekspert-import operatsiyalari bilan bog‘liq hisob-kitoblarini chet el valyutasida hujjatli akkreditiv, inkasso, bank jo‘natmasi shaklida, shuningdek, xalqaro bank amaliyotida qo‘llaniladigan boshqa shakllarda amalga oshirish;
– chet el valyutasidagi mablag‘larni kredit, depozit, omonat hamda xalqaro bank amaliyotida qabul qilingan boshqa shakllarda jalb etish va joylashtirish hamda bankning chet el valyutasidagi mablag‘lari miqdori chegarasida kafolat berish;
– valyuta ayirboshlash shaxobchalari orqali naqd chet el valyutasini, chet el valyutasidagi to‘lov hujjatlarini jismoniy shaxslardan sotib olish va ularga sotish;
– bank hisobvaraqlarini ochgan holda yoki bunday hisobvaraqlarni ochmay turib xalqaro pul jo‘natmalarini o‘tkazish.

Download 247.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling