1 Bemorlarga umumiy parvarish nima?


) Hamshira, navbatchi hamshira, post hamshirasi va kichik tibbiy xodim vazifasi?


Download 254.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/30
Sana02.06.2024
Hajmi254.35 Kb.
#1837194
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30
Bog'liq
1 Bemorlarga umumiy parvarish nima

11) Hamshira, navbatchi hamshira, post hamshirasi va kichik tibbiy xodim vazifasi? 
Hamshiralik jarayoning vazifalari
• Bemorning parvarishga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlaydi; • bemor ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan 
parvarish rejasini aniqlaydi; • ishning samaradorligini, kasbiy mahoratini aniqlaydi; • tibbiy yordam 
ko‘rsatishning sifatini nazorat qilishni kafolatlaydi; • tizimli va shaxsiy yondoshishda bemor va uning oilasi 
parvarishini rejalashtirish va ta’minlashda faol qatnashishini ta’minlaydi; • kasb faoliyati mezonlarini 
(standartlarini) keng qo‘llashga imkoniyat yaratadi; • bemorning asosiy muammo va ehtiyojlarini qondirishga 
yo‘naltirilgan vaqt va vositalardan samarali foydalanadi. • hamshiraning tibbiy xizmatga oid kasbiy mahorat, 
javobgarlik va ishonchlilik darajasi namoyon etiladi; • tibbiy xizmat ko‘rsatishning xavfsizligi ta’minlanadi; • 
bemorning tekshirish holatini baholash (ehtiyoj va muammolarini aniqlash), hamshiraning yordam rejasini 
tuzish, uni amalga oshirish va o‘zgarishlarni kiritgan holda natijalarni baholashni amalga oshiradi; • tekshiruv 
maqsadi - bemorning yordam so‘rab murojaat qilgan vaqtidagi sog‘ligi haqida, bir-biri bilan bog‘langan va 
asoslangan holda axborot to‘plashdan iboratdir. Tekshiruv sub’ektiv va ob’ektiv bo‘lishi mumkin. Axborot 
beruvchi bemorning o‘zi bo‘lib, u o‘z sog‘ligi haqida so‘zlab berishi - sub’ektiv axborotdir. Axborot 
beruvchilar – bemorning oila a’zolari, ish bo‘yicha xizmatdoshlari, do‘stlari, tasodifiy yo‘lovchilar bo‘lishi 
mumkin. • Ob’ektiv axborotga hamshira o‘tkazgan tekshiruvlar natijasi kiritilib, ular anamnez (ijtimoiy ahvoli, 
bemor yashayotgan va ishlayotgan muhitdagi o‘zaro munosabatlar), madaniy, ma’naviy ahvoli, ruxiy holati 
(xarakteri, shaxsiy xususiyatlari, o‘zini baholash, qarori qabul qilish qobiliyati) va fizikaviy tekshiruvlar 
natijalarini aniqlashdan iborat. 
Navbatchi hamshira vazifalari 
Ushbu lavozimga o‘rta tibbiy ma’lumotga ega hamshira tayinlanadi. Navbatchi hamshira bo‘lim boshlig‘i, 
shifokor - ordinator va katta hamshiraga bo‘ysunadi. Navbatchi hamshiraning ish kuni navbatchilikni qabul 
qilishdan boshlanadi. 
Bilishi zarur qoidalar: - tez tibbiy yordamni ko‘rsatish; - oshqozonni yuvish va zondlash; - gaz haydovchi 
naycha qo‘yish; - tozalovchi, sifonli, oziqlantiruvchi, davolovchi, tomchili va gipertonik huqnalarni qilish; - 
siydik qopini kateterizatsiya qilish va yuvish; - qinni yuvish; - gorchichnik, kompress qo‘yish; - tomirga teri 
ostiga, mushak orasiga in’eksiyalar qilish; - qon bosimini o‘lchash; - qon to‘xtatuvchi jgutlarni qo‘yish; - 
funksional sinamalar o‘tkazish (spirometriya va.x.); - jinsiy organlar va tomoqdan surtma olish; - quloq yuvish 


@Mahmud_Yazdanov +998913182468 
texnikasini bilish; - EKG qilish; - tuberkulin-diagnostika uchun tuberkulin tayyorlash; - bioximik va serologik 
tahlillar uchun qon olish. Asosiy vazifalari: - navbatchilikni vaqtida qabul qilib oladi; - ish faoliyati reja asosida 
bo‘ladi; - shifokorning hamma ko‘rsatmalarini vaqtida bajaradi; - yangi kelgan bemorlarni bo‘lim ichki tartibi 
bilan tanishtiradi; - ko‘rsatmalarning bajarilganligini maxsus varaqalarga qayd qilish; - palata, kabinet, 
hojatxona tozaligini nazorat qiladi; - shifokor ko‘rigida ishtiroq etish, bemor ahvoli to‘g‘risida ma’lumot berib, 
undan keyingi ko‘rsatmalarni olish; - bemorlarni laborator, rentgenologik tekshiruvlarga va operatsiyaga 
tayyorlash; - kasallik tarixiga o‘z vaqtida kerakli yozuvlarni va tekshiruv natijalarini qayd qilish; - ish joyini 
tashlab ketmaslik; - ovqat uchun talabnomalarni tuzib, o‘z vaqtida katta hamshiraga topshirish; - bemorlar 
o‘rtasida sanitariya-oqartuv ishlarini olib borish; - konferensiya va seminarlarda faol qatnashish. 

Download 254.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling