1 Bemorlarga umumiy parvarish nima?


) 1-stol oladigan bemorlarning turlari qanday?


Download 254.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/30
Sana02.06.2024
Hajmi254.35 Kb.
#1837194
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30
Bog'liq
1 Bemorlarga umumiy parvarish nima

16) 1-stol oladigan bemorlarning turlari qanday? 
Stol 1. (1A, 1B). Oshqozon va 12-o'n ikki barmoqli ichak yarasi, o'tkir gastrit, surunkali gastritning kuchayishi (birinchi 
kunlar) uchun ishlatiladi. Asosiy xarakteristikasi maksimal mexanik, kimyoviy va termik ximoyaga qaratilgan. Oziq-ovqat 
yarim suyuq xolatda. 
17) 5- stol oladigan bemorlarni xususiyatlari qanday? 
Stol 5 (5A). Jigar va o't pufagi kasalliklari uchun ishlatiladi. Asosiy xarakteri - hayvon yog'lari va ekstraktivlarni cheklash. 
Uglevodlarning yuqori miqdori. Ovqat ezilmaydi. Qovurishga yo'l qo'yilmaydi. 
18) 7-stolga bo’lgan bemorlarning ozuqaviy xususiyatlari qanday?
Stol 7 (7a, 76). Buyrak kasalliklari uchun ishlatiladi. Asosiy xarakteri - suyuqlik va tuzning qat'iy cheklovidir. Pyure 
shaklidagi, qaynatilgan yoki bug'langan mahsulotlardan iborat. 
19) 9-stol bo’lgan bemorning ozuqaviy xususiyatlari qanday?


@Mahmud_Yazdanov +998913182468 
Stol 9. Qandli diabet kasalligida ishlatiladi. Asosiy xususiyati - oson hazm bo'ladigan uglevodlarni cheklash yoki yo'qotish, 
hayvon yog'larini cheklash. Qaynatilgan yoki pishirilgan shakldagi oziq-ovqatlar tavsiya etish. 
20) 10-stol olgan bemorlarning ozuqlanish xususiyatlari qanday? 
Stol 10 (10A). Yurak-qon tomir tizimi kasalliklarida ishlatiladi. Asosiy xarakteri osh tuzi, suyuqlik va hayvon yog'ining 
cheklash. Qaynatilgan yoki pishirilgan shakldagi oziq-ovqatlar tavsiya etiladi. 
 
21) Tana xaroratini o’lchash. Favqulodda bemorlarga parvarish. 
Tana haroratini o‘lchash: 
Haroratning oshishi — bu kasallikning muhim belgisi bo‘lib, organizmning qayeridadir yallig‘lanish boshlanganidan darak 
beradi. Shuning uchun, haroratingiz qancha ekanligini bilish juda muhim. 
Haroratni quyidagicha o‘lchash mumkin: 
Tana harorati har xil usullar bilan tekshiriladi: 
1. Rektal — yo‘g‘on ichakda. 
2. Oral — og‘iz ichida. 
3. Qo‘ltiq ostida. 
4. Peshonada — buning uchun arteriyani tekshiruvchi infraqizil skanerlar ishlatiladi. 
5. Quloq ichida — bu ham skanerlar yordamida amalga oshiriladi. 
Har bir usul uchun har bir joyga maxsus moslashtirilgan elektron termometrlar mavjud. 
Qanday termometrdan foydalansangiz ham, avval uning ishlatish yo‘riqnomasini o‘qib chiqing. 
Har bir ishlatishdan keyin termometrni tozalaganingiz yaxshi: agar imkoni bo‘lsa yuvish, yoki antiseptik vosita bilan artish 
lozim. Agar termometr namlikka sezuvchan bo‘lsa, ehtiyot bo‘ling, buzilib qolishi mumkin. 

Download 254.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling