1 Bemorlarga umumiy parvarish nima?
Haroratni qo‘ltiq ostida o‘lchash (aksilyar)
Download 254.35 Kb. Pdf ko'rish
|
1 Bemorlarga umumiy parvarish nima
- Bu sahifa navigatsiya:
- Haroratni oral, sublingual (og‘izda, til ostida) o‘lchash.
- Haroratni quloq kanalida o‘lchash.
- Rektal (to‘g‘ri ichakda).
Haroratni qo‘ltiq ostida o‘lchash (aksilyar). Tana haroratining aniq ko‘rsatkichda o‘lchash uchun teri quruq, termometr
tanaga zich birikkan bo‘lishi kerak. Bunday o‘lchash usulida ko‘proq vaqt sarflanadi – 7-10 daqiqa. Qo‘ltiq ostidagi normal ko‘rsatkich 36,2-36,9 °C dir. Ko‘pincha biz haroratni qo‘ltiq ostida o‘lchashda odatdagi simobli yoki elektron termometrdan foydalanamiz. Buni to‘g‘ri amalga oshirish uchun nimalarga e’tibor berish kerak: 1. Haroratni ovqat yeyish va jismoniy og‘irliklardan keyin darrov o‘lchash mumkin emas. Yarim soat kuting. 2. O‘lchashdan oldin shisha termometrni silkitish kerak: simob ustuni 35 °C dan pastroqda turishi kerak. Agar termometr elektron bo‘lsa, uni yoqing. 3. Qo‘ltiq osti quruq bo‘lishi kerak. Terni artish lozim. 4. Qo‘lingizni mahkam siqib turing. Yaxshisi bolani qo‘lga oling va yelkasini o‘zingiz siqib turing. 5. Agar yuqoridagi qoidaga amal qilgan bo‘lsangiz, simobli termometrda haroratni o‘lchash uchun 5 daqiqa kerak bo‘ladi. Haroratni oral, sublingual (og‘izda, til ostida) o‘lchash. Bizning mamlakatda bu usul bilan enchalik keng tarqalmagan bo‘lsada, Yevropa mamlakatlarida kattalarda tana haroratini o‘lchashning eng samarali usuli deb hisoblanadi. Termometrning turiga qarab, haroratni o‘lchash uchun 1 daqiqadan 5 daqiqagacha bo‘lgan vaqt sarflanadi. Normal ko‘rsatkich – 36,6-37,2 °C hisoblanadi. Bunday usul to‘rt yoshdan kichik bolalar uchun to‘g‘ri kelmaydi, chunki @Mahmud_Yazdanov +998913182468 bunday yoshdagi bolalar hali termometrni muvofiq holda tutib tura olmaydi. Termometrni yuving. Datchik yoki simobli moslamani tilning tagiga qo‘yish va gradusnikni lablar bilan tutib turish kerak. Haroratni quloq kanalida o‘lchash. Bolalarda tana haroratini o‘lchash uchun maxsus termometr kerak bo‘ladi (kontaktsiz termometr), shuning uchun ham unchalik keng ko‘lamda tarqalmagan. Bu usul bilan nafaqat tana harorati o‘lchanadi, balki otit kasalligiga diagnoz qo‘yishga erishsa bo‘ladi. agar yallig‘lanish jarayoni kechayotgan bo‘lsa, har bir quloqdagi harorat ko‘rsatkichi bir biridan farq qiladi. Buning uchun maxsus infraqizil termometrlar mavjud: boshqa termometrlarni quloqqa tiqish foydasiz. 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarning harorati quloqda o‘lchanmaydi, chunki rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlari tufayli natija noaniq bo‘lishi mumkin. Quloqni bir tomonga biroz torting va termometr datchigini quloq ichiga qo‘ying. O‘lchash uchun bir necha soniya kerak bo‘ladi.Rektal (to‘g‘ri ichakda). Bolalar uchun eng ko‘p tarqalgan usul to‘g‘ri ichak sohasida tana haroratini o‘lchashdir. Buning uchun elektron termometrdan foydalangan yaxshiroq, uning yumshoq uchini to‘g‘ri ichak sohasiga 1-1,5 daqiqa davomida ushlab turish kifoya. Normal ko‘rsatkich – 36,8-37,6 °C (qo‘ltiq ostidan o‘rtacha 1 °C ga farq qiladi).Qinda. Ko‘proq bazal haroratni o‘lchash uchun qo‘llaniladi (tananing eng past harorati, dam olish vaqtida qayd etiladi). Uyqudan keyin o‘lchanadi, 0,5 oC ko‘rsatkich o‘zgarishlari ovulyatsiya jarayoni boshlanayotganidan darak beradi. Download 254.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling