1. Bеmorlarni sanitar-gigiе
Download 279.28 Kb.
|
1. Kabul bulimida patsientning san obrabotkasi (tulik) Gigienik -fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Kiyimlarni almashtirish
- 7. Ogir bemorlarga sudna, siydikdon tutish.
Maqsad. Yotish sharotini yaxshilash (davo chora-tadbirlaridan biri); yotoq yaralarni oldini olish; bemorni shaxsiy gigiyenasiga rioya qildirish.
Ko’rsatma. Bemorni yotoq rejimi. Kerakli anjomlar. Toza, katta, tikinsiz choyshab; toza ko’rpajild, ikkita yostiqjild. Bajarish texnikasi: Og’ir bemorni o’rin-ko’rpasini almashtirishni bo’ylama usuli:- bemorni yon tomonga bura olishda qo’llaniladi 1. Toza choyshabni 2/3 qismini uzunasiga valik qilib o’raladi. 2. Ko’rpa olinadi, bemor boshi sekin ko’tariladi va yostiq olinadi. 3. Bemorni yuzini teskari tomonga qilib yon tomonga aylantiriladi. 4. Bo’shagan sohadagi eski choyshab krovat o’rtasigacha o’raladi (bemor ostigacha). 5. Bo’shagan sohaga valik qilib o’rab tayyorlangan toza choyshab yoyiladi. 6. Bemorni yuzini o’zimizga qaratib boshqa tomonga aylantiriladi. 7. Bo’shagan sohadan eski choyshab to’liq olinadi va toza choyshab yoyiladi, chetlari tortilib hamma tomondan to’shak ostiga tiqiladi. 8. Bemor chalqancha yotqiziladi, toza yostiqjildli yostiqlar qo’yiladi. 9. Ko’rpajild almashtiriladi, bemor ko’rpa bilan o’raladi. Og’ir bemorni oqliklarini almashtirishni ko’ndalang usuli:- 1. Choyshab yumaloq qilib kengligi bo’yicha 2/3 qismda o’raladi. 2. Kichik tibbiy xodimdan bemorni ko’tarish so’raladi, bemor yelka va kuraklar sohasidan ushlagan holda. 3. Yostiq olinadi, eski choyshab yumaloq qilib bemor orqa sohasigacha o’raladi. 4. Toza choyshab yumaloqlanadi va bemor orqa sohasiga o’raladi. 5. Yostiqqa yangi yostiq jild kiygiziladi va bemor yotqiziladi. 6. Kichik tibbiyo xodimdan bemor tos sohasini ko’tarish so’raladi. 7. Eski choyshab o’rab oyoq sohalarigacha olinadi va o’rniga yangi choyshab yoyiladi, bemor yotqiziladi. 8. Kichik tibbiy xodimdan bemor oyoqlarini ko’tarish so’raladi. 9. Eski choyshab o’rab olinadi va o’rniga yangi choyshab yoyiladi, bemor yotqiziladi. 10. Yangi choyshab hamma tomondan to’shak ostiga tiqib chiqiladi. 11. Ko’rpajild almashtiriladi, bemor o’rab qo’yiladi. 6. Kiyimlarni almashtirish 7-10 kunda bir marta vanna qabul qilingandan keyin amalga oshiriladi, lozim bo’lsa tez-tez ham almashtirilishi mumkin. Katta yoshli bolalar ahvoli qoniqarli bo’lsa o’zlari kiyinishadi, kichik yoshdagilarga hamshira yoki kichik tibbiy xodim yordamlashadi. Og’ir, yotoq rejimdagi bemor kiyimlari almashtirilganda hamshira kuylak chetlaridan ushlaydi, olddin boshidan, kekeyin qo’lidan chiqarib yechintiradi. Toza kiyim shunga teskari ravishda kiygiziladi. Agarda bemor qo’li shikastlangan bo’lsa oldin sog’ qo’lidan, keyin kasal qo’ldan yechiladi. Kuylakni oldin kasal qo’lga, keyin sog’ qo’lga kiygiziladi. 7. Ogir bemorlarga sudna, siydikdon tutish. Download 279.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling