1-bemorlarning shaxsiy pokligi


Odam anatomiyasi va fiziologiyasi fani haqida tushuncha


Download 29.36 Kb.
bet2/7
Sana15.02.2023
Hajmi29.36 Kb.
#1200145
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
amaliy tibbiydan

1. Odam anatomiyasi va fiziologiyasi fani haqida tushuncha.
Odam anatomiyasi - anatomiya yunoncha anatomeo-kesaman so'zidan olingan bo'lib, odam organizmining shaklini, tuzilishini, uning rivojlanish jarayonini o'rganadigan fandir. Bu fan har bir azoni jinsiy tafovutlar jihatdan, shuningdek atrof muhitining azolar tuzilishi hamda vazifasiga bo'lgan ta'sirini o'rganadi. Anatomiya fani uchun ma'lumotlar uning turli qismlaridan olinadi. Odam organizmi tuzilishining murakkabligi, mehnatga layoqatlanishligi va hayvonlar organizmi tuzalishidan ajralib turadi. Ana shu tuzilish, rivojlanish qonuniyatlarini, uning evolyusion taraqqiyot qonunlari felogeneziga (Phulon - avlod, gtntsis - taraqqiyot) taqqoslagan holda, hamda odam holatiga o'tish prosessi - antropogenezi (antropos - odam) bilan o'rganadi. Bu bilan taqqoslama Anotomiya shug'ullanadi. Anatomiya fani topografik, patalogik Anotomiya, yoshga doir anatomiya, antropologiya, embriologiya, gistologiya, sitologiya fanlari bilan uzviy bog'liq holda rivojlanadi va medisina fanlarining fundamental asosi hisoblanadi.
To'qimalar
To'qimalar tarixan shakllangan hujayra va hujayrasiz jonli moddalardan iborat bo'lib, tuzilishi, shakli va vazifasi jihatidan bir xil bo'lgan sistemalardan iborat. To'qimalar nerv sistemasi vositasida ichki va tashqi muhit bilan birga yashaydi. To'qimalarning 4 xil turi tafovut qilinadi. 1) qoplovchi 2) biriktiruvchi, 3) muskul, 4) nerv to'qimalari.
1. Qoplovchi epiteley to'qimasi - teri ustida va hazm qilish organlari shilliq qavatining ustki qismida joylashgan bo'lib, embrionning tashqi qavatidan rivojlangan. Nafas olish, siydik - tanosil organlaridagi shilliq qavatlarni ustini qoplagan epitiley esa embrionning ichki qavatidan taraqqiy etgan. Embrionning o'rta qavatidan seroz pardalar epiteliysi rivojidan, mezoteliy epiteliysidan plevra, yurak xaltasi, qorin parda vujudga keladi. Epiteliylar yassi, silindrik, kubsimon shaklli, bir va bir necha qavat bo'lib joylashadi. Nafas va tanosil organlaridagi epiteliylarning vorsinkalari bo'ladi va tebranuvchi epiteliy deb ham ataladi. Bu epiteliylar sharoitga moslashib o'zgaradi. Masalan, Epidermisdan soch, tirnoq vujudga keladi, ohak moddasi to'planib tishning emal qismiga, yog' moddasi to'planib esa yog' bezlariga aylanishi mumkin.

Download 29.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling