8-mavzu: Yig‘ma bibliografik ma’lumotlar bazasini shakllantirish
va yuritish.(2 soat amaliy mashg`ulot)
Reja:
1. Bibliografik axborotning zamonaviy tushunchasi
2. Bibliografik faoliyat
3. Bibliografiyaning obektlari
4. Ma’lumotlar bazasi haqida asosiy tushunchalar
1.Bibliografik axborotning zamonaviy tushunchasi
Bibliografiya
-
so‘zi
birinchi
marta
Qadimgi
Gretsiyada
qo‘llanilgan.
So‘zma-so‘z
tarjima
qilinganda
“
biblion”
—
„kitob”,
“grapho” — „yozaman” degan ma’noni anglatadi.
Kitob nashr etish ishi
boshlangunga qadar bu tushuncha kitobni yozish, ko‘chirib yozish ma’nosida
qo‘llanilgan. U vaqtlarda kitobni yozish va ko‘chirib yozish qo‘l
mehnati bilan
amalga oshirilgan.
Bu ishni bajarganlarni bibliograflar deb atashgan. O‘sha paytda
bibliograflardan
alohida
mukammal
bilim
talab
etilmasdan,
faqat
yozishni va o‘qishni bilish talab qilingan bo‘lsa-da, bu ish juda
yuqori malakali va
istiqbolli ish hisoblangan. Qog‘oz kashf bo‘lgunga qadar O‘rtayer dengizi
mamlakatlarida papirus, Mesopotamiyada
loy plastinkalardan, Xitoyda ipakdan,
Hindistonda palma daraxti barglaridan foydalangan holda axborotning qo‘lyozma
shakllarini tarqatishgan. Ikki yarim ming yil
mobaynida qadimgi hujjatli
manbalarni o‘rganish bibliografik axborotni tashkil etuvchi matnlarni aniqlashga
imkon berdi. Bular quyidagilardan iborat: bibliografik kirish, matn ichi ro‘yxatlari,
mashhur mualliflar asarlarining ro‘yxati,
kutubxona kataloglari, bibliografik
ro‘yxatlar.
Bibliografik axborot — asar haqidagi m a’lumotdir.
Axborotning boshqa
turlaridan farqi shundaki, bibliografik axborot murakkab ijtimoiy hodisa bo‘ib, uni
tuzish, yoshi, kasbi, mutaxassisligi,
qiziqishi, maqsadi, tayyorgarlik darajasiga
kokra, turli xil iste’molchilarga uzatishda mutaxassis-bibliograflar
ishtirok
etadi.
Asosiysi,
bibliografik
axborot
— tushunish va foydalanish
uchun zarur boigan hujjatlar haqidagi axborot yoki ikkinchi darajali axborotdir.
Bibliografik axborotning asosiy ijtimoiy vazifasi
jamiyatning yoki alohida
iste’molchilarning turli xil axborotga boigan talablarini qondirishdan iborat.