1. Bibliografik axborotning zamonaviy tushunchasi Bibliografik faoliyat
Analitik bibliografik tavsif ko‘rinishi
Download 425.86 Kb. Pdf ko'rish
|
IiGy9G3xWUFJrqOE860Zkr8whU3Mug7CgwBOmZb3
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Bibliografiyaning obyektlari Bibliografik faoliyatning natijasi — hujjatlar haqidagi ma’lumotlar yig indisi — bibliografik axborot
- Bosma mahsulotlarni klassifikatsiya qilish
Analitik bibliografik tavsif ko‘rinishi:
Hujjat qismi haqida / / Manba haqidagi m a’lumot. — Eslatmalar. Analitik bibliografik tavsif uchun namunalar: 1. Hasanova Sh. Qiz bola hayosi bilan go‘zal / / Oila va jamiyat.—2006. 6 -12 - iyul. № 27.- 5-b. 2. Vohidov E. O‘zbegim: (qasida) / / Vohidov E. O‘zbegim: She’rlar.— Toshkent, 2005. 41—44-b. O‘smirlar kutubxonasi. Gazetadan olingan hujjatga analitik tavsif berishda nashr manbasi, nashr yili, sanasi ko‘rsatiladi, jurnaldan yoki davomli nashrdan olingan hujjat uchun tavsifda nashr manbasi, nashr yili, chiqish tartib raqami va qaysi sahifalarda bosilgani aks ettiriladi. Ularning hammasi nuqta va chiziq bilan ajratiladi. Agar hujjat bir qancha sonlarda e’lon qilingan bo‘lsa, manbaning nashr yili va tartib raqami nuqta va vergul (;) bilan ajratiladi. То‘lа asarlar to‘plamlari yoki tanlangan asarlardan olingan hujjatlarni tavsiflashda muallif bitta bo‘lsa, ikkinchi qismda manbadan oldin muallif ko‘rsatilmaydi. Aks holda ko‘rsatiladi. Taqrizlar va referatlar berilgan hujjatlarni tavsiflashda asosiy nashr haqidagi m a’lumotdan keyin yangi qatordan ,,Taqriz“ yoki ,,Ref.“ deb ko‘rsatiladi va unga analitik tavsif beriladi. Agar taqriz yoki referat sarlavhasiz bo‘lsa, uning sarlavhasi bibliograf tomonidan qo‘yiladi va kvadrat qavsga olinadi. 3.Bibliografiyaning obyektlari Bibliografik faoliyatning natijasi — hujjatlar haqidagi ma’lumotlar yig indisi — bibliografik axborot deyiladi. Bibliografiyaning asosiy obyekti hujjatdir. 1964-yil ,,hujjat so‘zi axborotning moddiy tashuvchisi sifatida belgilab berildi. Hozirgi paytda „hujjat deganda axborot bilan bog‘liq, kishilar tomonidan ularni to‘plash, foydalanish,uzatish, saqlash va hisobga olish bilan bog‘liq moddiy obyekt tushuniladi. „Hujjat“ so‘zi ahamiyatiga ko‘ra keng tushuncha. Hujjatlarda real hayot voqeliklari, faktlari va barcha ma’lumotlar o‘z aksini topadi, hujjatda u yaratilayotgan davrning ma’lum bir qirrasi haqidagi axborot to ‘planadi ,,Hujjat“ termini qog‘oz, kinolenta, turli xil kokrinishdagi tasmalar, elektron disklar ko‘rinishidagi axborot tashuvchi materialni anglatadi. Davr o‘tishi bilan, taraqqiyot natijasida yangi-yangi axborot eltuvchilar qo‘shilib boraveradi. Har bir axborot eltuvchi yoki axborot resurslari o‘ziga xos xarakterga va xususiyatga ega va u axborotni tayyorlashda hisobga olinadi. Shunga ko‘ra belgilari, ahamiyati, mazmuni va shakliga kobra turlanadi. Axborot iste’molchisi — inson. Uning maqsadi mustaqil bilim olish, o‘quv malakasini oshirish, ilmiy bilim olish va ilmiy salohiyatini oshirish ishlab chiqarish malakasini oshirish va boshqalar. Yuqori darajada axborot-kutubxona va bibliografik xizmat ko‘rsatish uchun kitobxonlar ilmiy asoslangan holda klassifikatsiya qilinishi lozim. Klassifikatsiya asosiga insonning professional ishlab chiqarish faoliyati, egallab turgan lavozimi, ma’lumot darajasi, yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, o‘qish madani-yati darajasi, bibliografik q o ilan m alard an foydalana olish qobiliyati, ruhiy va boshqa xususiyatlari olinadi. Chunki inson — kitobxon ham bibliografiyaning obyektidir. Hujjat va axborot iste'molchisi mazmun mohiyatiga ko‘ra matbuot asari (kitob, nashr) va kitobxon (bibliografik axborot iste’molchisi) tushunchalaridan farqlanadi. Ilmiy axborot faoliyati faqatgina matbuot asari bilan emas, balki barcha ko‘rinishdagi axborot resurslari (elektron resurslar) bilan bog‘liq. Bibliografiya esa, matbuot asari (kitob, gazeta, jurnal) bilan ishlaydi. Kitob, gazeta va jurnallar tarixan insoniyat bilimining manbayi, uning bilimlarini aks ettiruvchi, to‘plovchi va saqlovchi vosita hamda inson bilimini oshirish va ruhiy ta’sir vositasi bo‘lib kelgan. Kitobning o‘rnini hech narsa bosa olmaydi. Ammo keyingi paytda boshqa axborot tashuvchi resurslar ham bibliografik faoliyat doirasiga singib bormoqda. Demak, kitob-kitobxon tizimi ham bibliografiyaning obyektidir. Bu keyingi paytda hujjat-axborot iste’molchisi tizimi bilan boyidi. Bosma mahsulotlarni klassifikatsiya qilish Nashrlar qurilishiga kokra kitob, jurnal, gazeta, varaqaga, belgisiga ko‘ra matnli, notali, kartografik va izonashrga bo‘linadi. Eng muhim belgisi nashrning davomiyligi yoki chiqishining xarakteridir. Bunga ko‘ra nodavriy (bir martalik), vaqtli va davomli nashrga bo‘linadi. Bir marta nashr etilgan asar nodavriy deyiladi, zarur bo‘lgan holda qayta nashr etilishi mumkin, bunda, albatta, qayta nashr etilgani haqidagi ma’lumot ko‘rsatiladi. Qayta nashrda u muallif tomonidan to‘ldirilishi, qisqartirilishi, tuzatilishi, o kzgartirishlar kiritilishi mumkin va bu, albatta, ko‘rsatiladi. Bunga kitob, risola, varaqalar kiradi. Kitob — 48 sahifadan ortiq bo‘gan matnli nashr. Risola esa 48 sahifagacha bo‘lgan matnli nashr. Varaqalar 1 sahifadan 4 sahifagacha hajmda bo‘ladi. Vaqtli bo‘lmagan nashr bir jildlik yoki bir necha jildlik bokladi. Ko‘p jildlik nashr bir maqsadga, bir mavzuga yoki bir yo‘nalishga, bir xil poligrafik bezatilishga ega bolgan bir necha kitobdan iborat boladi. Download 425.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling