ixtisoslashgan adabiyotdir. Ular maktab, kollej-litsey, oliy o‘quv yurtlarining
o‘quvchilari
va talabalariga, malaka oshirish kurslarining tinglovchilariga va
o‘qituvchilarga mo‘ljallanadi.
Kasbga va ishlab chiqarishga oid adabiyotlar — xalq xo‘jaligining
turli sohasidagi ishlab chiqarish texnologiyasi, texnikasi
va uni tashkil etishga
bag‘ishlangan adabiyotlardir. Kitobxonlari oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli
ishlab chiqarish m utaxassislari— muhandislar, agronomlar, texniklar. Ular
uchun mo‘ljallangan adabiyotlar ilmiy ishlab chiqarish adabiyotlari deyiladi.
Ishlab chiqarishdan tashqari o‘qituvchilar, tibbiyot xodimlari,
iqtisodchilar,
yuristlar, kutubxonachi-bibliograflar uchun kasbiy adabiyotlar — amaliy
qo‘llanmalar, uslubiy qollanmalar, xatlar, turli mavzularga oid tavsiya
adabiyotlari nashr etiladi. Ommaviy ishlab chiqarishga
oid adabiyotlar turli
kasbdagi ishchilar, mutaxassislar, ustalar, ishlab chiqarish firmalari va fermer
rahbarlari uchun moljallanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: