1. Bibliografik axborotning zamonaviy tushunchasi Bibliografik faoliyat
Ma‘lumotlar bazasi–bu ma’lum bir predmet sohasiga oid
Download 425.86 Kb. Pdf ko'rish
|
IiGy9G3xWUFJrqOE860Zkr8whU3Mug7CgwBOmZb3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimi–bu ma’lumotlar bazasini yaratish, ularni dolzarb holatini ta’minlash va undagi zarur axborotni topish ishlarini
Ma‘lumotlar bazasi–bu ma’lum bir predmet sohasiga oid
tizimlashtirilgan(strukturalashtirilgan)ma’lumotlarningnomlangan to‘plamidir. Ma’lumotlar bazasi - axborot tmzimlarining eng asosiy tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Ma’lumotlar bazasidan foydalanish uchun foydalanuvchi ishini engillashtirish maqsadida ma’lumotlar bazasini boshqarish trizimlari yaratilgan. Bu tizimlar ma’lumotlar bazasini amaliy dasturlardan ajratadi.Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) -bu dasturiy va apparat vositalarining murakkab majmuasi bo‘lib, ular yordamida foydalanuvchi ma’lumotlar bazasini yaratish va shu bazadagi ma’lumotlar ustida ish yuritishi mumkin.Juda ko‘p turdagi MBBT mavjud. Ular o‘z maxsus dasturlash tillariga ham ega bo‘lib, bu tillarga SUBD buyruqli dasturlash tillari deyiladi. MBBTga Oracle, Clipper, Paradox, FoxPro, Access va boshqalarni misol keltirish mumkin. Ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimi–bu ma’lumotlar bazasini yaratish, ularni dolzarb holatini ta’minlash va undagi zarur axborotni topish ishlarini tashkil etish uchun mo‘ljallangan dasturlar majmui va til vositasidir. Ma’lumotlar bazasi va ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) tushunchalari o‘rtasidag farq Ko‘pchilik, terminlarni tushunish bo‘yicha biroz qiynalishadi, lekin aynan terminlarni bilish, qo‘yilgan vazifalarni yechishda yoki paydo bo‘lgan xatoliklarni bartaraf etishda juda kerak bo‘ladi. Misol uchun, biror muammo paydo bo‘lsa, biz darhol Google’ni yordamga chaqiramiz, agar Google qidiruv tizimiga terminlar orqali so‘rov bersangiz, muammo yechish qiyinchilik tug‘dirmaydi, agar terminlarsiz oddiy so‘zlar bilan qidirishni amalga oshirsangiz, muammoni yechishga ancha vaqt ketib qoladi. Bu maqolada ma’lumotlar bazasiga oid juda kerakli va ko‘pchilik(!) adashtiradigan ikki terminni tushuntirishga harakat qilaman: Ma’lumotlar bazasi va Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT). Ma’lumotlar bazasi bu — tartiblangan ma’lumotlarni saqlovchi va qayta ishlovchi axborot modeli hisoblanadi. Soddaroq qilib aytganda, bir hil turdagi axborotlarni o‘zida saqlovchi va berilgan so‘rovlar orqali ularni taqdim etuvchi model. Misol uchun, kitoblar javoni, bu ma’lumotlar bazasi hisoblanadi, ya’ni bir hil turdagi (kitoblarni) ob’yektlarni o‘zida saqlaydi, yoki bo‘lmasa telefon raqamlar yozilgan kitobcha, bu yerda ism, telefon raqam kabi bir hil tipdagi ma’lumotlar saqlanadi, bu ham ma’lumotlar bazasi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi — bu ma’lumotlar bazasini hosil qiluvchi, ma’lumotlarni qayta ishlovchi va qidiruvchi tizim hisoblanadi. Qisqa qilib aytganda, MBBT barcha jarayonlarni amalga oshiradi. Ma’lumotlar bazasi faqat ma’lumotlarni saqlaydi, qolgan barcha ishlarni MBBT bajaradi. Ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlar, SQL so‘rov tillari orqali boshqariladi, bu tilda MBBT’ga so‘rov beriladi, bu so‘rov u yerda qayta ishlanib, natija olish uchun ma’lumotlar bazasiga murojaat qiladi, u yerdan so‘rovga mos ma’lumotni olib, so‘rovga javob beradi: So‘rov berish: SQL so‘rov -> MBBT -> Ma’lumotlar bazasi natija olish: Ma’lumotlar bazasi -> MBBT — > So‘rovga javob Quyidagi dasturlar MBBT’ga misol bo‘la oladi: — Oracle; — MySQL; — Microsoft Office Access; — MariaDB; — Microsoft SQL Server; Hulosa shuki, siz o‘ylagan bu dasturlar, ma’lumotlar bazasi emas, balki MBBT hisoblanadi. Ma’lumotlar bazasi MBBT’ning bir qismidir, demak bu dasturlarni ishlatganda «ma’lumotlar bazasi sifatida Oracle’ni tanladim» emas, balki «Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi sifatida Oracle’ni tanladim» to‘g‘ri bo‘ladi. Download 425.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling