1. Bibliografik axborotning zamonaviy tushunchasi Bibliografik faoliyat
Download 425.86 Kb. Pdf ko'rish
|
IiGy9G3xWUFJrqOE860Zkr8whU3Mug7CgwBOmZb3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bibliografik qidirish
- Bibliografik ishlov
Bibliografik aniqlash — belgilangan mezonlarga kokra hujjat la mi
bibliografiyalash obyekti sifatida aniqlash jarayonidir. Bibliografik tanlash — tanlangan materiallar orasidan keyingi bibliografik ishlovga mos holda hujjatlami ajratib olish. Bunda hujjatning ilmiy ahamiyati, axborotga tolaligi, obyektivligi, bibliografik axborotga mosligi hisobga olinadi. Bibliografik qidirish—bibliografik ma’lumotlarga asoslangan axborot qidiruvi. Bu manzilli, mavzuli, aniqlovchi, faktik va boshqa xil bo‘lib, zamonaviy axborot resurslarini, bibliografik qo‘llanmalarni, ma’lumotlar bazasi va ma’lumotlar bankini bilishga asoslanadi hamda ilmiy asoslangan dastur asosida olib boriladi. Bibliografik qidiruvning umumiy dasturi o‘ziga xos mantiqiy zanjirni hosil qiladi va maqsadga hamda ilmiy natijalarga erishishga qaratilgan boiadi. Bibliografik ishlov —bibliografik yozuvni kutubxonaning an’anaviy katalogida, kartotekalar, bibliografik ko‘rsatkichlar, qo‘llanmalar va zamonaviy elektron katalogda aks ettirish uchun bajariladigan jarayonlar yig‘indisi. Asarni indekslashga asarni mazmuniga ko‘ra bilim sohalari yoki fan tarmoqlari bo‘yicha sistemalashtirish va predmetlashtirish kiradi. Sistemalashtirish —belgilangan axborot-qidiruv tili qoidasiga ko‘ra indekslar qo‘yib chiqish va shu asosda tartiblashtirishdan iborat. Predmetlashtirish — predmet rubrikalari tili yordamida predmetli indekslash. Bibliografik guruhlashtirish — bibliografik yozuvni hujjatlarning xususiyatlariga ko‘ra ajratish. Maqsad — samarali axborot berish uchun bibliografik yozuvni tartibga solish, bir tizimda yetkazib berish. Bibliografik faoliyatda bibliografik tavsifni tuzish muhim va mas’uliyatli jarayon hisoblanadi. Bibliografik tavsifni tuzishga oid bir qator standartlar qabul qilingan. Lekin hali shu kunga qadar O‘zbekiston kutubxonalari uchun alohida GOST qabul qilinmagan, barcha respublikalar kabi bizda ham GOST 7.1. -84, GOST 7.12- 93, GOST 7.1-2003, GOST 7.40-82, GOST 7.70-2003 lardan foydalaniladi. Bibliografik tavsif bir qancha elementlardan iborat. Tavsif elementlari majburiy va fakultativ elementlardan tashkil topadi va quyidagi tavsif sohalarini aks ettiradi: Download 425.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling