1. Bibliografik axborotning zamonaviy tushunchasi Bibliografik faoliyat


Download 425.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/14
Sana04.05.2023
Hajmi425.86 Kb.
#1424855
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
IiGy9G3xWUFJrqOE860Zkr8whU3Mug7CgwBOmZb3

Bibliografik aniqlash — belgilangan mezonlarga kokra hujjat la mi 
bibliografiyalash obyekti sifatida aniqlash jarayonidir.
Bibliografik tanlash — tanlangan materiallar orasidan keyingi 
bibliografik ishlovga mos holda hujjatlami ajratib olish. Bunda hujjatning 


ilmiy ahamiyati, axborotga tolaligi, obyektivligi, bibliografik axborotga 
mosligi hisobga olinadi.
Bibliografik qidirish—bibliografik ma’lumotlarga asoslangan axborot 
qidiruvi. Bu manzilli, mavzuli, aniqlovchi, faktik va boshqa xil bo‘lib, 
zamonaviy axborot resurslarini, bibliografik qo‘llanmalarni, ma’lumotlar 
bazasi va ma’lumotlar bankini bilishga asoslanadi hamda ilmiy asoslangan
dastur asosida olib boriladi. Bibliografik qidiruvning umumiy dasturi o‘ziga 
xos mantiqiy zanjirni hosil qiladi va maqsadga hamda ilmiy natijalarga 
erishishga qaratilgan boiadi.
Bibliografik ishlov —bibliografik yozuvni kutubxonaning an’anaviy 
katalogida, kartotekalar, bibliografik ko‘rsatkichlar, qo‘llanmalar 
va 
zamonaviy 
elektron 
katalogda 
aks 
ettirish 
uchun 
bajariladigan
jarayonlar yig‘indisi. 
Asarni indekslashga asarni mazmuniga ko‘ra bilim sohalari yoki fan 
tarmoqlari 
bo‘yicha 
sistemalashtirish 
va 
predmetlashtirish 
kiradi. 
Sistemalashtirish —belgilangan axborot-qidiruv tili qoidasiga ko‘ra indekslar 
qo‘yib chiqish va shu asosda tartiblashtirishdan iborat. Predmetlashtirish — 
predmet rubrikalari tili yordamida predmetli indekslash. Bibliografik 
guruhlashtirish — bibliografik yozuvni hujjatlarning xususiyatlariga ko‘ra 
ajratish. Maqsad — samarali axborot berish uchun bibliografik yozuvni 
tartibga solish, bir tizimda yetkazib berish. Bibliografik faoliyatda 
bibliografik tavsifni tuzish muhim va mas’uliyatli jarayon hisoblanadi. 
Bibliografik tavsifni tuzishga oid bir qator standartlar qabul qilingan. Lekin 
hali shu kunga qadar O‘zbekiston kutubxonalari uchun alohida GOST qabul 
qilinmagan, barcha respublikalar kabi bizda ham GOST 7.1. -84, GOST 7.12-
93, GOST 7.1-2003, GOST 7.40-82, GOST 7.70-2003 lardan foydalaniladi. 
Bibliografik tavsif bir qancha elementlardan iborat. Tavsif elementlari 
majburiy va fakultativ elementlardan tashkil topadi va quyidagi tavsif 
sohalarini aks ettiradi: 

Download 425.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling