1-bilet Hayvonlarning oziqlanishi va oziq turiga qarab ixtisoslashishi


Populyatsiyalarning tarqalishi va yashash joylarining turli-tumanligi


Download 141.67 Kb.
bet66/95
Sana16.06.2023
Hajmi141.67 Kb.
#1501439
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   95
Bog'liq
Hayvonlarning oziqlanishi va oziq turiga qarab ixtisoslashishi

3. Populyatsiyalarning tarqalishi va yashash joylarining turli-tumanligi.
Ma’lum bir populyatsiya tarkibiga kiruvchi individ yakka holda yoki birorta gala, poda yoki to’da tarkibiga qo’shilib, guruh bo’lib hayot kechiradi. Individning guruhga qo’shilishi yoki yakka tarzda tarqalib ketishi, shuningdek, oila bo’lib olishi shu hayvonning talabi va ularning o’zaro munosabatlaridan kelib chiqadi. Shunga binoan, har xil turlarda hayot kechirish tarzi turlicha bo’ladi. Ushbu hayot kechirish tarzi bir tur hayvonda arealning turli qismlari (uchastkalari)da o’zgarib turishi mumkin. Bunday o’zgarishlar yilning turli mavsumlarida va rivojlanishning har xil bosqichlarida ham namoyon bo’ladi, ayniqsa, turning har xil biologik tiplari (hayotiy shakllari) ko’p bo’lsa, ushbu jarayon ko’p uchraydi. Hayvonlarga, ularning ehtiyojlarini qondiradigan hudud zarur. Bunday hududda yetarlicha oziqaning bo’lishi va zahira holdagi va dushmandan yashirish uchun boshpana, suv manbai, mineral moddalar va qulay mikroiqlim bo’lishi lozim.Populyatsiya tarkibidagi organizmlarning ikki xil hayot tarzi bo’ladi, ya’ni yakka holda; ushbu hayot tarzi mavsumiy ko’payish davrida yakka oilaviy yashash tarziga o’tadi va ikkinchi xili guruhlar ko’rinishidagi hayot tarzi. Ikkala turdagi hayot tarzining asosida individlarning xulq-atvori xususiyatlari hamda ularning o’zaro munosabatlari yotadi. Ushbu muomala va munosabatlarda individlar bir biriga yaqinlashadi yoki bir-biridan uzoqlashadi. Hayvonlarning bir-biri bilan o’zaro aloqa qilishida, ular ko’rish, hidlash va eshitish signalaridan foydalanadi. Bundan tashqari, bir qator jalb qiluvchi ikkinchi darajali belgilarning roli ham kattadir. Bunday belgilarga rangli bog’lar, jinsiy xususiyatlar, bug’u va kemiruvchilarda “yaltiroq” (oyna) belgilar, qushlarda turli rangli patlarining bo’lishi, tana bezlarida turli hidli moddalarning holatlari va boshqalar. Bunday belgi va xususiyatlar yakka holda va II guruh bo’lib yashovchi hayvonlarda paydo bo’ladi. Yakka yoki yakka-oila tarzidagi hayot kechirishda har bir individning o’zining yashash uchastkasi bo’ladi va ko’payish mavsumida erkak va urg’ochi individlar juftlashib, oila uchun ma’lum individual uchastkani egallaydi. Ushbu oilada ularning bolalari ham yashaydi. Oila uchastkasi bolalari katta bo’lgangacha boshqa individlardan himoya qilinadi. Bunday vaqtda ba’zan ular orasida to’qnashuvlar ham sodir bo’ladi.Hasharotlarda alohida-alohida hududni egallash odatiy belgi hisoblanadi. Masalan, ko’pgina kapalaklarning qurtlari oziqa ko’p bo’lsa (o’simliklarni vegetativ qismlari) katta maydonni (joyni) egallashga ehtiyoj qolmaydi. Ushbu qurtni himoya qilish shart emas. Lekin un qo’ng’izlari ustida olib borilgan tajribalarda. 1 gramm unga 44 tadan ortiqroq qo’ng’iz individi to’g’ri kelsa, ularning ko’payishi keskin kamayadi, chunki qo’ng’izlar kichik sonining katta bo’lishidan emas, balki ularning qo’yilgan tuxumlarini qo’ng’izlarning o’zi un bilan birga yeb qo’yishi sabab bo’ladi. Xuddi shunday holat kofe (qahva) qo’ng’izida ham kuzatiladi.

Download 141.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling