1-bilet Iqtisodiy taraqqiyotning mazmuni va ko‘rsatkichlari


Download 246.8 Kb.
bet14/20
Sana06.05.2023
Hajmi246.8 Kb.
#1433400
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
nazariya umumiy javoblar

kasb etadi.So‘mning barqarorligini ta’minlashda undan ehtiyotkorona va tejab- tergab foydalanish, ishlab chiqarishga sarflangan mablag‘larning eng ko‘p samara berishiga, olingan kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilishiga erishish muhim o‘rin tutadi. Inflyatsiyaga qarshi aniq o‘ylangan siyosat o‘tkazish milliy valyutani mustahkamlashning muhim shartlaridan biridir.Bu siyosat eng avvalo inflyatsiya darajasini keskin kamaytirishga qaratilishi lozim. Bunda pulning qadrsizlanish darajasi ustidan kat’iy nazorat o‘rnatish hamda unga qarshi samarali tadbirlar qo‘llash hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu orqali pulning qadrsizlanishida
maqbul sur’atni tanlashga erishiladiSo‘mning barqarorligini ta’minlashda naqd pul emissiyasining o‘sishiga,
aholi qo‘lida pulning harakatsiz turib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik birinchi darajali ahamiyatga ega. Bunda muomalaga chiqarilgan pul miqdorining o‘z vaqtida qaytarilishiga erishish, mahsulot ishlab chiqarishning o‘sishini ta’minlamagan korxonalarga kreditlar berilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rilishikerak.Inflyatsiyani pasaytiruvchi qudratli omil milliy valyuta almashuv kursining barqarorlashuviga erishishdir. Bu o‘z navbatida import narxlarning barqarorlashuviga olib keladiki, natijada ichki bozordagi narxlar o‘zgaradi.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasining ishlab chiqilishi natijasida undagi ko‘rsatilgan bir qator vazifalar ham mamlakatimizdagi milliy valyutani mustahkamlash siyosatida o‘ziga xos samara beradi. Jumladan:1. ilg‘or xalqaro tajribada qo‘llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda
pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash; 2. bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, 3.sug‘urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning hajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish, shuningdek kapitalni
jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish; 4. xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, yetakchi
xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o‘ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanish.
O‘z navbatida, Markaziy bank tomonidan amalga oshirilgan pul bozoridagi operatsiyalari muomaladagi pul massasini boshqarish, bank tizimi likvidligini tartibga solish va foiz stavkalari barqarorligini ta’minlashga qaratildi.


Download 246.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling