1-bilet Iqtisodiy taraqqiyotning mazmuni va ko‘rsatkichlari
muomala xarajatlarini tejash vazifasini
Download 246.8 Kb.
|
nazariya umumiy javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Faktoring – boshqa iqtisodiy subyektlarning qarzdorlik bo‘yicha
muomala xarajatlarini tejash vazifasini bajaradi. To‘rtinchidan, kredit ssuda fondining harakati (qarz
berish va qarzni undirish) orqali iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish vazifasini bajaradi. Beshinchidan, kredit o‘z muassasalari orqali iqtisodiy subyektlar faoliyati ustidan nazorat qilish vazifasini bajaradi. Nihoyat, kreditning o‘ziga xos vazifasi iqtisodiyotni tartibga solish hisoblanadi.Bank krediti – pul egalari (banklar va maxsus kredit muassasalari) tomonidan qarz oluvchilar (tadbirkorlar, davlat, uy xo‘jaligi sektori)ga pul ssudalari shaklida beriluvchi kredit.Xo‘jaliklararo kredit – bir korxona (muassasa) tomonidan ikkinchisiga beriluvchi kredit. Tijorat krediti – korxonalar, birlashmalar va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bir-biriga beradigan krediti. Iste’mol krediti – xususiy shaxslarga, birinchi navbatda, uzoq muddat foydalanadigan iste’mol tovarlari (mebel, avtomobil, televizor va boshqalar) sotib olish uchun ma’lum muddatga beriladigan kredit. Ipoteka krediti – ko‘chmas mulklar (er, bino) hisobiga uzoq muddatli ssudalar shaklida beriluvchi kredit. Davlat krediti – davlat pul mablag‘lari qarzdori, aholi va xususiy biznes esa kreditorlari bo‘lib chiqadigan kredit munosabatlarining o‘ziga xos shakli. Xalqaro kredit – ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi harakatini namoyon etuvchi shakli. Xalqaro kredit tovar yoki pul (valyuta) shaklida beriladi. Kreditor va qarz oluvchilar banklar, xususiy firmalar, davlat, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hisoblanadi. Lizing – bu kreditning pulsiz shakli bo‘lib, odatda ishlab chiqarish vositalari va boshqa moddiy boyliklarni keyinchalik foydalanuvchilar tomonidan muntazam ravishda haq to‘lab borib, sotib olish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga berishdan iborat. Lizing bo‘yicha bitimlar 1 yildan to 10 yilga qadar tuzilishi mumkin.Faktoring – boshqa iqtisodiy subyektlarning qarzdorlik bo‘yicha majburiyatlarini sotib olish yoki qayta sotish munosabatlari. Forfeyting – faktoring munosabatlarining uzoq muddatli shakli. Trast – bu mijozlarning kapitallarini boshqarish bo‘yicha operatsiyalar majmui. Qarzga (ssudaga) berilgan pul hisobiga olinadigan daromad foiz yoki foizli daromad deyiladi. Shu daromad (foiz)ning qarzga berilgan pul summasiga nisbatining foizda ifodalanishi foiz stavkasi yoki foiz normasini tashkil qiladi: bu yerda: r’ – foiz normasi; r – foiz summasi; Kssuda – qarzga berilgan pul (kapital) summasi. 3.Iqtisodiy o’sish nazariyalari . iqtisodiyot nazariyasida ikki yo‘nalishga ajratish mumkin. Birinchisi, yangi klassik nazariyalar. Bu nazariyaning asoschilari A.Marshal, L.Valras va M.Fridmanlardir. Bu yo‘nalishdagi nazariyalarning asosida o‘zini-o‘zi tartibga soladigan bozor iqtisodiyoti mexanizmlari: erkin raqobat, baho (narx), talab va taklif mexanizmlari hamma ishlab chiqarish omillaridan unumli foydalanib, ishlab chiqarish hajmining to‘htovsiz o‘sib borishiga shart-sharoitlar yaratadi va ta’minlaydi deb ko‘rsatadilar. Ularning nazariyasi bo‘yicha iqtisodiyotga davlat aralashuvi juda ham cheklangan bo‘lishi kerak. M.Fridman pul emissiyasini va muomaladagi pul hajmini yiliga eng kamida 3 foizga oshirib borib, talabni kuchaytirish va shu orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlash mumkinligini ko‘rsatadi. Iqtisodiy o‘sish nazariyasining ikkinchi yo‘nalishi J.M.Keyns va keynschilar nazariyasi bo‘lib, ular barqaror iqtisodiy o‘sishning muhim omili samarali talabni rivojlantirish va uning tarkibini takomillashtirish zarurligini, buning uchun esa davlat va xususiy investitsiyalarning ishtirokini, davlatning makro darajada iqtisodiyotni tartibga solishda faol ishtirokining zarurligini ko‘rsatadi. Keyns nazariyasi investitsiyalarni ko‘paytirib, yalpi talabni oshirish va uning ta’sirida iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatishga qaratilgandir. Iqtisodiy o‘sishning muhim nazariyalaridan biri Nobel mukofoti sovrindori Amerikalik iqtisodchi Saymon Kuznets nazariyasidir. U rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish tarixini o‘rganib yuqori samarali texnologiyalarni qo‘llash asosida uzoq muddatli davrlarda xo‘jaliklarning aholi uchun zarur bo‘lgan turli xil tovarlar va xizmatlarni yaratib berish qobiliyatini oshirib borish zarurligini ko‘rsatadi. Bunday o‘sishni ifodalash uchun bir necha yo‘nalishdagi ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish zarur deb hisoblaydi: 1) Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlarning o‘sish sur’ati; 2) Ishlab chiqarish omillari unumdorligining yuqori sur’atlar bilan o‘sishi; 3) Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishining tez o‘zgarishi; 4) Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy o‘zgarishlar tezligi; 5) Iqtisodiy o‘sishning xalqaro masshtabi va boshqalar. S.Kuznetsning iqtisodiy o‘sishga berga ta’rifi va tavsiya qilgan ko‘rsatkichlaridan shu narsa ayonki, u iqtisodiy o‘sish bilan iqtisodiy taraqqiyotning mazmunini chalkashtirib yuborgan. Bu masala to‘g‘risidagi nazariyalarning ichida U.Rostouning iqtisodiy o‘sish bosqichlari to‘g‘risidagi nazariyasi ham e’tiborga sazovordir. U iqtisodiy o‘sish bosqichlari bilan bir qatorda jasmiyatning tarixiy evolyusiyasini yaratishga xarakat qilgan. U jamiyat va iqtisodiyot bosqichlarini aniqlashda uch belgiga: A) texnika taraqqiyoti darajasiga; B) ishbilarmonlikning faollik darajasiga; V) iste’mol darajasiga. Mana shu belgilarga qarab U.Rostou iqtisodiy taraqqiyotning tarixiy jarayonini besh bosqichga bo‘ladi. 1. An’anaviy yoki sinfiy jamiyat.2. Iqtisodiyotning jadal (sakrab) o‘sishi uchun shart-sharoit yaratiladigan bosqich. 3. Jadal rivojlanish bosqichi. 4. Etuklikka yo‘l. 5. Umumiy ravishda aholi iste’molining yuqoriligini ta’minlaydigan bosqich. Iqtisodiy o‘sishni tahlil qilishda neoklassik nazariya namoyondalari quyidagi nazariy shartlarga asoslanadilar: 1) mahsulotning qiymati barcha ishlab chiqarish omillari tomonidan yaratiladi; 2) ishlab chiqarish omillarining har biri o‘zining keyingi qo‘shilgan mahsulotiga tegishli ravishda mahsulot qiymatini yaratishga hissasini qo‘shadi. Shunga ko‘ra, bunga javoban barcha keyingi qo‘shilgan mahsulotga teng keluvchi daromad ham oladi;3) mahsulot ishlab chiqarish va buning uchun zarur bo‘lgan resurslar o‘rtasida miqdoriy bog‘liqlik mavjud; 4) ishlab chiqarish omillarining erkin tarzda amal qilishi hamda ular o‘rtasida o‘zaro bir-birining o‘rnini bosish imkoniyati mavjud. Download 246.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling