1-bilet Iqtisodiy taraqqiyotning mazmuni va ko‘rsatkichlari
ikki yoki bir necha tomonining teng kelgan holatiga aytiladi
Download 246.8 Kb.
|
nazariya umumiy javoblar
ikki yoki bir necha tomonining teng kelgan holatiga aytiladi. Shuning uchun ham butun iqtisodiyotning muvozanati to‘g‘risida gap borganda, eng avvalo uning bozor iqtisodiyoti davridagi asosiy ko‘rsatkichi sifatida yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi tenglik e’tiborga olinadi.Iqtisodiy muvozanat kategoriyasining mazmunini to‘g‘ri tushuntirish uchun unga ikki tomonlama ya’ni qiymat va naflilik jihatdan yondashuv usulini qo‘llash
maqsadga muvofiqdir. Iqtisodiy muvozanatlikning ikki tomoni – qiymat va naflilik jihatidan taxlili E.Shodmonovning tadqiqot ishlarida ancha batafsil berilgan. Bunda muvozanatlikning turli darajalari mazmunan farqlanilib, umumiy muvozanatlikning qiymat va naflilik jihatidan tarkibi alohida tasvirlanganjadvalda Rasmdan ko‘rinadiki, milliy iqtisodiyot darajasidagi umumiy muvozanatning asosiy ko‘rinishi jamiyat barcha ehtiyojlari va milliy ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi tenglik bo‘lib, uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi aniq shakli – yalpi talab va yalpi taklif tengligi sifatida namoyon bo‘ladi. Biroq, hozirgacha aksariyat hollarda bu tenglik faqat qiymat miqdori jihatdan ta’minlanishi lozim, deb qaralmoqda. Fikrimizcha, bu o‘rinda miqdoriy tenglik faqat qiymat jihatidan emas, balki naflilik jihatidan ham ta’minlanishi lozim. Naflilik – bu ne’matlarning inson ehtiyojini qondira olish xususiyati, iste’mol qiymatining namoyon bo‘lishi shaklidir.iqtisodiy muvozanatlik real hayotda shartsharoitga qarab turli shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin ekan. Bundan tashqari, iqtisodiyotning ko‘plab qismlari va sohalari o‘rtasidagi muvozanatlik balanslar ko‘rinishida ham namoyon bo‘ladi. Ayni chog‘da, iqtisodiyotning turli darajalardagi muvozanatligini ta’minlashda balans usulidan keng foydalaniladi. Iqtisodiy muvozanatning iqtisodiy jarayon va hodisalar ikki yoki bir necha tomonining bir-biriga tengligi sifatida qaralishini ham uning asosiy tamoyillaridan biri sifatida baholash mumkin. Muvozanatlik holati ham iqtisodiyotdagi boshqa voqea, hodisa va jarayonlar kabi doimo harakatda, o‘zgarishda va rivojlanishda bo‘ladi. Shuning uchun muvozanatlikning vaqti-vaqti bilan izdan chiqib va yana qayta tiklanib turishi ham uning muhim tamoyillaridan biri deb hisoblanadi. Boshqacha aytganda, qandaydir holatda muvozanatlik mavjud deb faraz qilish mumkin bo‘lsa, u tez-tez o‘zgarib turadi hamda yana shunday tezlik bilan qayta tiklanadi. Bu jarayonni muvozanatlik nuqtasi atrofidagi tebranish sifatida tasavvur etish mumkin. Download 246.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling