1-bilet Iqtisodiy taraqqiyotning mazmuni va ko‘rsatkichlari


Soliq tizimi va uning vazifalar


Download 246.8 Kb.
bet13/20
Sana06.05.2023
Hajmi246.8 Kb.
#1433400
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
nazariya umumiy javoblar

Soliq tizimi va uning vazifalari Davlat budjeti daromadlar qismining asosiy manbai soliqlar hisoblanadi. Soliq iqtisodiy kategoriya sifatida, sof daromadning bir qismini budjetga jalb qilish shakli bo‘lib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi. Soliq – bu davlatning o‘z vazifalarini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan moliyaviy mablag‘larni shakllantirish maqsadida jismoniy va huquqiy shaxslardan budjetga majburiy to‘lovlarni undirish shakli. Soliq yordamida milliy daromadning tegishli qismi taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi. Davlat tomonidan olinadigan soliqlar hamda ularning tashkil qilinish shakl va usullari birgalikda soliq tizimini tashkil qiladi. Milliy iqtisodiyotda soliqlar quyidagi uchta muhim vazifani bajaradi: - davlat xarajatlarini moliyalashtirish (fiskal vazifasi); - ijtimoiy tanglikni yumshatish (ijtimoiy vazifasi); - iqtisodiyotni tartibga solish (tartibga solish vazifasi). Davlat sarflari soliq tushumlari hisobiga amalga oshsada, davlat sarflari miqyosining o‘sishi o‘z navbatida soliqlarning o‘sishini taqozo qiladi va uning darajasini belgilab beradi. Soliq stavkasini belgilash bir qator tamoyillarga asoslanadi. 1. Naflilik tamoyili – turli shaxslardan, ularning soliqlar hisobiga moliyalashtiriladigan dasturlardan foydalanishi darajasiga qarab turlicha soliq undirilishi kerakligini bildiradi. 2. To‘lovga layoqatlilik tamoyili – soliq miqdori soliq to‘lovchining boyligi va daromadlari darajasiga mos kelishi zarur. Boshqacha aytganda, soliq solish daromadlarning adolatli taqsimlanishini taqozo qilishi zarur. 3. Adolatlilik tamoyili – daromadlari va hukumat dasturlaridan foydalanish darajasi bo‘yicha teng bo‘lgan kishilar teng miqdorda soliq to‘lashi zarur. Soliq summasining (R) soliq olinadigan summaga (D) nisbatining foizdagi ifodasi soliq stavkasi (R`) deyiladi: Soliqlarni turkumlashga turli xil mezonlar asosida yondashiladi. Soliq stavkasi va daromadlar o‘rtasidagi nisbatga asoslanib, soliqlar odatda progressiv (o‘sib boruvchi), proporsional (mutanosib) va regressiv (kamayib boruvchi) soliqlarga bo‘linadi. 1. Daromad hajmi o‘sib borishi bilan o‘rtacha stavkasi o‘sib boruvchi soliqlar progressiv soliqlar deyiladi. 2. Daromad hajmi o‘sib borishi bilan o‘rtacha stavkasi pasayib boruvchi soliqlar regressiv soliqlar deyiladi. 3. Daromad hajmi o‘sib borishi bilan o‘rtacha stavkasi o‘zgarishsiz qoluvchi soliqlar proporsional soliqlar deyiladi. Soliq yuki darajasini miqdoran aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi soliqlar miqdorini to‘lovga layoqatlilik ko‘rsatkichiga nisbati yoki soliq to‘langandan keyingi daromad miqdorini to‘lovga layoqatlilik ko‘rsatkichiga nisbati sifatida ifodalash mumkin: Davlat tomonidan iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatish maqsadida soliqqa tortish va davlat sarfi tarkibini o‘zgartirish bo‘yicha qo‘llaniluvchi chora-tadbirlar fiskal yoki soliq-budjet siyosati deb ataladi.
3. O’zbekistonda milliy valyutani mustahkamlash siyosati.Respublikada milliy valyutani mustahkamlash ishida so‘mning xarid quvvatini oshirib borish va uning barqarorligini ta’minlash asosiy vazifa hisoblanadi. So‘mning barqaror amal qilishi, uning har qanday valyutaga erkin almashtirilishi yetarli valyuta zaxirasi bo‘lishiga bog‘liq.Unga erishishda korxonalar va barcha subyektlarning, jahon bozoriga raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishi uchun zarur rag‘batlantiruvchi omillarni vujudga keltirish
alohida ahamiyatga ega. Majburiy rezerv talablari instrumentidan tijorat banklarining kredit resurslari miqdoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatish orqali iqtisodiyotdagi pul taklifini tartibga solishning muhim vositasi sifatida foydalanildi. 2019 yilda valyuta siyosatini amalga oshirishda asosiy e’tibor milliy valyuta
barqarorligini ta’minlashga hamda eksportbop va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada rag‘batlantirishga qaratiladiJahon bozorlarida raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi sharoitda
iqtisodiyotimizning raqobatbardoshligini tubdan oshirish, eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, fermer xo‘jaliklari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyatidagi ishtirokini har tomonlama rag‘batlantirish ustuvor ahamiyat

Download 246.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling