1-bilet Iqtisodiy taraqqiyotning mazmuni va ko‘rsatkichlari


Milliy boylikning mazmuni va tarkibiy tuzilishi


Download 246.8 Kb.
bet9/20
Sana06.05.2023
Hajmi246.8 Kb.
#1433400
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
nazariya umumiy javoblar

1. Milliy boylikning mazmuni va tarkibiy tuzilishi.
Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg‘arilgan moddiy, nomoddiy va intellektual hamda tabiiy boyliklardan iborat bo‘lib, u bir tomondan to‘plangan nafliliklar yig‘indisi, ikkinchi tomondan esa to‘plangan qiymatlar yig‘indisidir. Milliy boylikning birinchi manbasi tabiat va ikkinchi manbasi insonlar mehnati hisoblanadi. Milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin: 1. Moddiy-buyumlashgan boylik. 2. Nomoddiy boylik. 3. Tabiiy boylik. Moddiy-buyumlashgan boylik – milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan ashyoviy – buyum ko‘rinishga ega bo‘lgan qismi. Tabiiy boylik – milliy boylikning tabiatda mavjud bo‘lib, insoniyat tomonidan foydalanishga jalb qilingan tabiat ashyolari va kuchlari (er, qazilma boyliklar, o‘rmonlar, suv va boshqalar). Ma’naviy boylik – ashyoviy-buyum ko‘rinishiga ega bo‘lmagan nomoddiy boyliklardan va insoniyatning intellektual salohiyati natijalaridan iborat. Milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan moddiy qismi qiymat shakliga ega bo‘lib, tarkibiy tuzilishi bo‘yicha qo‘yidagilarni o‘z ichiga oladi: - ishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar); - noishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar); - aylanma kapital (fondlar); - tugallanmagan ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan qismi; - moddiy zahiralar va ehtiyojlar; - aholining uy xo‘jaligida jamg‘arilgan mol-mulk. Moddiy-buyumlashgan boylik o‘sishining asosiy omillari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: - mehnat unumdorligining o‘sishi; - ishlab chiqarish samaradorligining ortishi; - milliy daromadda jamg‘arish normasining ortishi. Milliy boylik tarkibiga har bir mamlakatda uzoq tarixiy davrlarda yaratilgan binolar, inshoatlar, noyob buyumlar, san’at asarlari va boshqa ko‘pgina boylik turlari ham kiradi. Tabiat boyliklarining asosi tabiat mahsuli bo‘lib, bular: toza havo, quyosh va shamol va boshqa tabiat kuchlari, ularning energiyasi, foydali qazilma boyliklar, o‘rmonlar, okean boyliklari, suv va yer resurslari hisoblanadi hamda boylikni yanada ko‘paytirish va ishlab chiqarishda muxim ahamiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Tabiat resurslari takror hosil qilinadigan va takror hosil qilinmaydiganlarga bo‘linadi. Takror hosil qilinadigan resurslarga o‘rmonlar kesilgan daraxtalr o‘rniga yangilarini o‘tqazish mumkin, tuproq qoplami misol bo‘la oladi. Takror hosil qilinmaydigan resurslarga tabiiy sharoitlarda ularni hosil qilish uchun minglab va hatto millionlab yillar talab qilinadigan neft, ko‘mir, temir rudasi va hokazolar kiradi

Download 246.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling