1-bilet Iqtisodiy taraqqiyotning mazmuni va ko‘rsatkichlari


O‘zbekistonda ishchi kuchi bandligini ta’minlash va ishsizlarni ijtimoiy himoyalash borasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari


Download 246.8 Kb.
bet6/20
Sana06.05.2023
Hajmi246.8 Kb.
#1433400
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
nazariya umumiy javoblar

2. O‘zbekistonda ishchi kuchi bandligini ta’minlash va ishsizlarni ijtimoiy himoyalash borasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari aholining o‘sishi yuqori sur’atlar bilan borayotgan va o‘ziga xos aholi tarkibiga ega bo‘lgan respublikamizda ishchi kuchining ish bilan bandlik masalasi eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. Mamlakatimizdagi iqtisodiy islohotlar jarayonida ushbu masalani hal etish uchun qator tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Birinchidan, keng faoliyat turlari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlikni kengaytirish uchun sharoit yaratish. Birinchi navbatda qishloq xo‘jalik xomashyosini qayta ishlash, xalq iste’mol mollarini, mahalliy xom ashyodan qurilish materiallari tayyorlovchi xususiy kichik korxonalarni faol rivojlantirishni rag‘batlantirish. Ikkinchidan, xizmat sohasini rivojlantirish, aholiga ko‘rsatiladigan ijtimoiy-maishiy xizmat va qurilish bo‘yicha xizmat turlarini yanada kengaytirish. Bunda ham qishloq joylarda xizmat sohasini rivojlantirishga ustunlik beriladi. Uchinchidan, qishloqda keng tarmoqli ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratib, shu orqali yangi ish joylarini ochish, yangi ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun respublikamizda qishloq ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha ishlar uzluksiz davom ettirilmoqda. To‘rtinchidan, ishdan bo‘shagan xodimlarni qayta tayyorlash va qayta o‘qitishni tashkil etishni tubdan o‘zgartirish. Bunda ishdan bo‘shayotgan va ixtisosi bo‘lmagan shaxslarga qisqa davrda, bozor iqtisodiyotiga hamda iqtisodiyotning o‘zgarib borayotgan tuzilishiga muvofiq keluvchi kasbkorni o‘rgatishga e’tibor qaratish. Shu maqsadda maxsus maslahat va o‘quv markazlari, biznes maktablarning keng tarmog‘ini yanada rivojlantirish ko‘zda tutiladi. Beshinchidan, vaqtincha ishga joylashtirish imkoni bo‘lmagan ishchi kuchlarini davlat tomonidan ishonchli ravishda ijtimoiy himoyalash. Bu siyosat ularning o‘ta zarur ehtiyojlarini qondirish va kafolatli tirikchilik manbalariga ega bo‘lishga qaratiladi. 2020 yilda yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholini bandligini ta’minlash parametrlari to‘g‘risida qabul qilingan bo‘lib, Dastur parametrlari keyingi yilga belgilangan makroiqtisodiy prognoz ko‘rsatkichlari, budjet, soliq va investitsiya siyosatining asosiy yo‘nalishlari, mahalliylashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, qurilishi, ijtimoiy va bozor infratuzilmalarini rivojlantirish dasturlari bilan o‘zaro uzviy bog‘langan

Download 246.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling