1-bilet Iqtisodiy taraqqiyotning mazmuni va ko‘rsatkichlari
jamiyatning moliya tizimini tashkil qiladi
Download 246.8 Kb.
|
nazariya umumiy javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat budjeti – bu davlat daromadlari va xarajatlar hamda ularni moliyaviy qoplash manbalarining yillik rejasidir.
- Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish deganda davlatning jamiyat a’zolari ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan
jamiyatning moliya tizimini tashkil qiladi. Bu tizim davlat va boshqa turli darajadagi budjetlarni, ijtimoiy, mol-mulk va shaxsiy sug‘urta fondlarini, davlatning valyuta zaxiralarini, banklar, pul muomalasi, kredit va soliq tizimi, korxona va firmalar, tijorat va notijorat
tuzilmalarining pul fondlarini, boshqa maxsus pul fondlarining harakatini o‘z ichiga oladi. Davlat budjeti – bu davlat daromadlari va xarajatlar hamda ularni moliyaviy qoplash manbalarining yillik rejasidir. Davlat daromadlari va xarajatlarining asosiy qismi davlat budjeti orqali o‘tadi. Uning asosiy vazifasi moliyaviy vositalar yordamida iqtisodiyotni samarali rivojlantirish va umumdavlat miqyosidagi ijtimoiy vazifalarni hal qilish uchun sharoit yaratishdir. Bozor iqtisodiyotiga o‘tib borish bilan jamiyat moliya tizimida turli xil sug‘urta (ijtimoiy sug‘urta, tibbiy sug‘urta) fondlari va budjetdan tashqari moliya fondlari (pensiya fondi, aholini ish bilan ta’minlash fondi, tabiatni muhofaza qilish fondi, tarixiy yodgorliklarni saqlash fondi, tadbirkorlarga ko‘mak berish fondi va boshqalar)ning ahamiyati ortib boradi Iqtisodiyotni davlt tomonidan tartibga solshning maqsad va vazifalari.Ishlab chiqarishning umumlashuvi darajasining oshishi bilan o‘zaro muvofiqlashtirilgan holda xo‘jalik yuritish, takror ishlab chiqarish nisbatlarini ongli ravishda tartibga solish, yirik ishlab chiqarish majmualari, yaxlit iqtisodiyotni markazlashtirilgan holda boshqarishga obyektiv ehtiyoj paydo bo‘ladi. Shunga ko‘ra, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish ishlab chiqarish munosabatlarining har qanday tizimida ishlab chiqarish umumlashuvining ma’lum darajasida obyektiv zaruriyatga aylanadi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish deganda davlatning jamiyat a’zolari ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan iqtisodiy resurslaridan yanada samarali foydalanishni ta’minlovchi, umumiy iqtisodiy muvozanatga erishishga yo‘naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bo‘yicha faoliyati tushuniladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadi iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, mavjud tuzumni mamlakat ichida va xalqaro maydonda mustahkamlash va uni o‘zgarib turuvchi sharoitga moslashtirish hisoblanadi. Bu asosiy maqsaddan bir qator aniq maqsadlar kelib chiqadi. Ular jumlasiga iqtisodiy siklni barqarorlashtirish; milliy xo‘jaliklarning tarmoq va mintaqaviy tuzilishini takomillashtirish, atrof-muhit holatini yaxshilash kabilarni kiritish mumkin.Bu sohadagi davlatning iqtisodiy vazifalaridan quyidagi ikki turini ajratib ko‘rsatish mumkin: 1) bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug‘diruvchi huquqiy asos va ijtimoiy muhitni ta’minlash; 2) raqobatni himoya qilish. Davlatning boshqa vazifalari iqtisodiyotni tartibga solishning umumiy tamoyillaridan kelib chiqadi. Bu yerda davlatning uchta vazifasi alohida ahamiyatga ega: 1) daromad va boylikni qayta taqsimlash; 2) resurslarni qayta taqsimlash; 3) iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya’ni iqtisodiy tebranishlar vujudga keltiradigan inflyatsiya va bandlilik darajasi ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish. Davlat tomonidan ijtimoiy muhitni ta’minlash o‘z ichiga ichki tartibni saqlash, mahsulot sifati va og‘irligini o‘lchash standartlarini belgilash, tovar va xizmatlar ayirboshlashni engillashtirish uchun milliy pul tizimini muomalaga kiritish kabilarni oladi. davlat o‘z zimmasiga daromadlar tengsizligini kamaytirish vazifasini ham oladi. Bu vazifa bir qator tadbir va dasturlarda o‘z ifodasini topadi. Birinchidan, transfert to‘lovlari muhtojlarni, nogironlarni va birovning qaramog‘ida bo‘lganlarni nafaqalar bilan, ishsizlarni ishsizlik nafaqalari bilan ta’minlaydi. Ijtimoiy ta’minot dasturlari orqali pensionerlar va qariyalarga moliyaviy yordam ko‘rsatiladi.Ikkinchidan, davlat bozorni tartibga solish yo‘li bilan, ya’ni talab va taklif ta’sirida o‘rnatiladigan narxlarni o‘zgartirish yo‘li bilan ham daromadlarning taqsimlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Download 246.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling