1-bilet Iqtisodiy taraqqiyotning mazmuni va ko‘rsatkichlari
Download 246.8 Kb.
|
nazariya umumiy javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarkibiy inqirozlar.
Ekologik inqiroz. Atrof-muhitni, eng avvalo inson sog‘lig‘ini yo‘qotish, umrini qisqartirishga olib keladigan darajada vaziyatning vujudga kelishida ifodalanadi. U sanoatning shiddatli tarzda o‘sishiga yo‘l qo‘ymaydi. Tarmoqlar inqirozi. Bu milliy xo‘jalikning bironbir tarmog‘ini qamrab, ishlab chiqarishning tarkibiy o‘zgarishi yoki normal xo‘jalik aloqalarining buzilishi tufayli yuz beradi (sanoat inqirozi, agrar inqiroz va boshqalar). Tarkibiy inqirozlar. . Bu inqirozlarni ishlab chiqarishning ayrim sohalari va tarmoqlari rivojlanishida ular o‘rtasidagi chuqur nomutanosibliklar keltirib chiqaradi. Agrar inqiroz. Qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy inqirozlar agrar inqirozlar deb
ataladi.Agrar inqirozlar siklli tavsifga ega bo‘lmaydi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ortiqcha ishlab chiqarish absolyut tavsifga emas, balki nisbiy tavsifga ega. Chunki inqiroz ro‘y bergan mamlakatlarda million-million kishilar doimiy suratda ochlikda yashaydi. Tashqi omillar ta’sirida yuz beradigan nomuntazam inqirozlar iqtisodiyotning izchil qonun-qoidalarining buzilishi sababli emas boshqa biron-bir alohida sabablarga ko‘ra yuz beradi. Masalan, urushlar, tabiiy ofat, sel, to‘fon, qurg‘oqchilik tufayli iqtisodiyot tang ahvolga tushib qolishi mumkin. Takror ishlab chiqarish nisbatlarining buzilishi tavsifiga ko‘ra inqirozlar ikkiga: ortiqcha ishlab chiqarish va taqchil ishlab chiqarish inqirozlariga bo‘linadi. Tovarlarni ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi turli tovarlarni talabdan ortiqcha ishlab chiqarish, lekin ularni to‘la sota olmaslikda namoyon bo‘ladi.Taqchil ishlab chiqarish holatida ya’ni taklifning talabga nisbatan kam bo‘lgani holatida ham muvozanat buzilib, etishmovchilik natijasida tang ahvol kelib chiqadi. Shunday qilib, iqtisodiyotning tushkunlikka tushishiga faqat ortiqcha ishlab chiqarish emas, balki taqchil ishlab chiqarish ham sabab bo‘ladi. 2.Kreditning mohiyati, manbalari va vazifalari.Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul doimiy va uzluksiz harakatda bo‘lishi lozim. Buning uchun esa bo‘sh pul mablag‘lari ham pul-kredit muassasalari orqali to‘planib, iqtisodiyotga investitsiyalar sifatida yo‘naltirilishi lozim. Bu jarayonlarni amalga oshirishda Download 246.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling