1-bilet Iqtisodiy taraqqiyotning mazmuni va ko‘rsatkichlari
Davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi ro’li
Download 246.8 Kb.
|
nazariya umumiy javoblar
3. Davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi ro’li Milliy iqtisodiyotning samarali amal qilishiga ko‘plab omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, uning darajasi ko‘p jihatdan iqtisodiyotdagi davlat yoki bozor tizimining tutgan roliga bog‘liq. Chunki milliy iqtisodiyotning yuqori samaradorligiga asosan quyidagi yo‘llar orqali erishiladi: 1) iqtisodiyotni tartibga solishning bozor usullarini qo‘llash; ) iqtisodiyotni ko‘proq davlat tomonidan markazlashgan holda boshqarish; 3) iqtisodiyotni boshqarish va takror ishlab chiqarish jarayonida davlatning aralashuvi va bozor usullarini uyg‘unlashtirish. Hozirgi davrda O‘zbekistonning milliy iqtisodiyoti rivoji uchun ko‘proq uchinchi yo‘l xususiyatli hisoblanadi. A.Smit davlatning iqtisodiy jarayonlarga har qanday aralashuvi oxir- oqibatda faqat vaziyatni yomonlashtiradi deb hisoblaydi. Masalan, davlat tomonidan belgilangan tashqi savdo tartib-qoidalari milliy iste’molchilarga faqat zarar keltirishi mumkin. Haqiqatdan ham importga yuqori boj to‘lovi milliy ishlab chiqaruvchilarga ustunlik berib, ularning chet el sheriklariga nisbatan raqobatlashuv qobiliyatini oshiradi. Ammo bu oxir- oqibatda ishlab chiqarishning ancha yuqori xarajatlari va past sifatining saqlanib qolishiga olib keladi. Bundan past sifatli va narxi qimmat tovarlarni sotib olishga majbur bo‘lgan milliy iste’molchilar zarar ko‘radila. A.Smit davlatning iqtisodiy jarayonlarga har qanday aralashuvi oxir- oqibatda faqat vaziyatni yomonlashtiradi deb hisoblaydi. Masalan, davlat tomonidan belgilangan tashqi savdo tartib-qoidalari milliy iste’molchilarga faqat zarar keltirishi mumkin. Haqiqatdan ham importga yuqori boj to‘lovi milliy ishlab chiqaruvchilarga ustunlik berib, ularning chet el sheriklariga nisbatan raqobatlashuv qobiliyatini oshiradi. Ammo bu oxir- oqibatda ishlab chiqarishning ancha yuqori xarajatlari va past sifatining saqlanib qolishiga olib keladi. Bundan past sifatli va narxi qimmat tovarlarni sotib olishga majbur bo‘lgan milliy iste’molchilar zarar ko‘radila Davlatning iqtisodiyotdagi rolini oshirish masalasi J.M.Keynsning «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936) nomli asarida o‘z aksini topdi. Unda muallif davlat fiskal (xazinaviy) va kreditli tartibga solish vositalaridan foydalanib, jamiyatning yalpi talabini rag‘batlantirishni va ishsizlarning bandligini ta’minlashi zarurligini isbotlaydi. Amalda gap davlatning uzluksiz ravishda inqirozga qarshi siyosat o‘tkazishi, iqtisodiy inqirozning salbiy oqibatlarini tugatish va sanoat siklining o‘zgarishini bartaraf etish haqida ketadi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish deganda davlatning jamiyat a’zolari ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan iqtisodiy resurslaridan yanada samarali foydalanishni ta’minlovchi, umumiy iqtisodiy muvozanatga erishishga yo‘naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bo‘yicha faoliyati tushuniladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadi iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, mavjud tuzumni mamlakat ichida va xalqaro maydonda mustahkamlash va uni o‘zgarib turuvchi sharoitga moslashtirish hisoblanadi. Davlatning boshqa vazifalari iqtisodiyotni tartibga solishning umumiy tamoyillaridan kelib chiqadi. Bu yerda davlatning uchta vazifasi alohida ahamiyatga ega: 1) daromad va boylikni qayta taqsimlash; 1) resurslarni qayta taqsimlash; 3) iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya’ni iqtisodiy tebranishlar vujudga keltiradigan inflyatsiya va bandlilik darajasi ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish. Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullarni umumlashtirib quyidagicha guruhlash mumkin: - bevosita ta’sir qilish usullari; - bilvosita ta’sir qilish usullari; - tashqi iqtisodiy usulla
Download 246.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling