=E
k2
=m*V
2
2
/2
A
1
=
=4000MJ
A
2
=
=16000MJ
A= A
2
- A
1
=12000MJ
Javob:A=12000MJ
23-bilet
1.
Yarimo‘tkazgichlarda
xususiy
o‘tkazuvchanlik.
Aralashmali
o‘tkazuvchanlik
Tabiatda shunday moddalar borki, ularning birlik hajmda elektronlar soni
o‗tkazgichlarga nisbatan kam, lekin izolyator (dielektrik)larga nisbatan ko‗p.
Shu sababli bunday moddalarni yarimo‘tkazgichlar deb ataldi.
Yarimo‘tkazgich moddalarda temperatura ortishi bilan ularning
solishtirma qarshiligi kamayadi. Juda past temperaturalarda yarimo‗tkazgich
modda dielektrik bo‗lib qoladi.
Metallarga yorug‗lik ta‘sir etganda ularning elektr o‗tkazuvchanligi deyarli
o‗zgarmaydi. Yarimo‗tkazgichga yorug‗lik tushirilganda ularning elektr
o‗tkazuvchanligi ortadi.
Shunday qilib, yarimo‗tkazgichlarning asosiy farqli tomonlari quyidagilardan
iborat:
a) elektr o‗tkazish qobiliyatiga ko‗ra metallar bilan dielektriklarning oraliq
holatini egallaydi;
b) isitilganda va yorug‗lik tushirilganda solishtirma qarshiligi kamayadi.
Yarimo‗tkazgich xususiyatiga ega bo‗lgan elementlarga germaniy,
kremniy, tellur, selen va h.k.lar kiradi. Sizga kimyo fanidan
ma‘lumki, kimyoviy elementlar atom tuzilishi va xususiyatiga ko‗ra,
D. I. Mendeleyevning davriy jadvalida yarimo‗tkazgich elementlar asosan
III, IV va V guruhlarda joylashgan.
2. Elementar zarralar.
Elementar zarralar. «Elementar» so‗zining lug‗aviy ma‘nosi «eng sodda»
demakdir. Garchi bugungi kungacha ma‘lum zarralarni elementar deb atash
uncha to‗g‗ri bo‗lmasa-da, dastlabki paytlarda kiritilgan bu iboradan hamon
foydalaniladi. Umuman olganda, zarralar endigina kashf qilina boshlanganda
materiyaning eng kichik bo‗lakchasi sifatida qabul qilingan va chindan
ham elementar deb hisoblangan. Lekin ularning ba‘zilarining (jumladan,
nuklonlarning) murakkab tuzilishga ega ekanligi keyinroq ma‘lum bo‗lib
qolgan. Hozirgi paytda 300 dan ortiq elementar zarralar mavjud. Ularning
ko‗pchiligi nostabil bo‗lib, asta-sekin yengil zarralarga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |