1-bilet O’zbek xalq dostonlarida vatanparvarlik fazilatlarining aks etishi


Download 46.68 Kb.
bet1/8
Sana18.06.2023
Hajmi46.68 Kb.
#1595399
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ona tili bilet javoblari


1-bilet
1. O’zbek xalq dostonlarida vatanparvarlik fazilatlarining aks etishi
Doston – xalq ogʻzaki ijodining eng yirik janri boʻlib, u qahramonlik, ishqiy-sarguzasht, fantastik mazmunga ega boʻlgan voqealarni bayon qiluvchi asar.
Doston davr, tuzumdagi xalq ruhiyatini, xususiyatlarini aks ettiradi. Zamonlar oʻtishi bilan ular yangi-yangi mavzular va gʻoyaviy mazmun bilan boyib boradi. Dostonlar xalq tomonidan yaratilgach, ijodkor xalq ular orqali oʻz maqsadlari, orzu-istaklari, his-tuygʻularini ifodalaydi.
Odatda, dostonlarning birinchi ijodkori unutilib, ular nasldan naslga, avloddan avlodga oʻtishi natijasida xalq mulkiga aylanadi.
Dostonlardagi asosiy qahramonlar qiyofasida insonparvarlik, vatanparvarlik, mardlik, jasurlik, doʻstlik, vafodorlik, sadoqat kabi olijanob fazilatlar umumlashtiriladi.
O‘zbek xalq dostonlari vatanparvarlik fazilatlari va ideallarining boy manbasidir. Asosan og‘izdan-og‘izga o‘tib kelayotgan bu dostonlarda Vatanga muhabbat, qahramonlik, fidoyilik, milliy g‘urur, millatning mustahkam ruhi kabi muhim vatanparvarlik fazilatlari o‘z ifodasini topgan.
Masalan, “Alpamish” dostonida bosh qahramon Alpamish ismli yosh qahramon, Vatani, xalqi uchun kurashadi. O`z maqsadiga erishishda mardlik, mardlik, sadoqat, matonat kabi fazilatlarni namoyon etadi.
Yana bir o‘zbek xalq eposi “Qo‘rqut”da bosh qahramon o‘z yeri, xalqi uchun tashqi bosqinchilarga qarshi kurashayotgan Qo‘rqutxondir. Qo‘rqutxon mardlik, qat’iyatlilik, fidoyilik, manfaatsizlik kabi yuksak vatanparvarlik fazilatlarini namoyon etadi.
O’zbek xalq dostonlarida vatanpavarlik tuygusi
Birgina oʻzbek qahramonlik eposi – “Alpomish” dostonini olaylik. Qanchadan-qancha hikmat bor, tarix bor unda. “Alpomish”ning yana bir bebaho qadr-qimmati mavjud. Dostonda Hakimbekning Barchinni qalmoqlar yurtidan olib kelish lavhasi juda taʼsirchan ifodalanadi. Gʻaroyib sarguzashtlar, qalmoqlar bilan toʻqnashuv, bosh qahramonning jasoratlari… Shular asosida vatanparvarlik, elu yurt manfaatlari uchun kurash gʻoyasi birinchi planga chiqadi. Bu esa asarga milliy epos maqomini beradi. Xulosa ham ham ibratli: Vatanga muhabbat – shaxsiy manfaatlardan ustun!
Dostondagi Qoʻngʻirotdan arazlab ketgan yurtdoshlarini qalmoqlar zulmidan qutqarib, Vatanga qaytarish lavhasi ham odamda or-nomus, oriyat tuygʻularini kuchaytirishga xizmat qiladi.Demak, xalq ogʻzaki ijodi namunalari – boy hayotiy tajribalarni oʻzida mujassam etgan bebaho durdonalar.
Xalq ogʼzaki ijodi durdonalari goʼyo buloqqa oʼxshaydi. Аjdodlarimizning milliy-maʼnaviy merosi asrlar osha yashab kelmoqda. Oʼzbekning ori, tantiligi, gʼururi, yurtga muqabbati va ulugʼ dardini oʼzida aks ettirgan . yosh avlod koʼksini osmon qadar ulgʼaytiradi, yurakda yurtga sadoqat tuygʼurini kamol toptiradi.
Shunday qilib, O‘zbekiston milliy madaniyati va tarixining ajralmas qismi bo‘lgan eng muhim vatanparvarlik fazilatlari va g‘oyalari o‘zbek xalq dostonlarida o‘z ifodasini topgan.

Download 46.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling