1-bilet savol bayoni
Oksidlanish natijasida yeyilish
Download 364.91 Kb.
|
Konstruksiya 21-25 gacha
Oksidlanish natijasida yeyilish. Moylash materiallari tarkibida hamisha ma’lum miqdorda erigan va erimagan kislorod bo‘ladi. Ishqalanish chog‘ida muhitning faol tarkibiy qismlari bilan detalning sirtqi qatlamlari materiallari o‘rtasida kimyoviy reaksiyalarning kechishi uchun qulay sharoit yuzaga keladi. Mavjud bo‘lgan elastik va plastik deformasiyalar ushbu reaksiyalarning kechishini tezlashtiradi. Detal sirtida asosiy material bilan mustahkam birikmagan oksid pardalari paydo bo‘ladi. Sirpanish paytida bu pardalar sirtdan ajraladi. Ko‘p marta takrorlanadigan bu jarayon oksidlanish natijasida yeyilish deb ataladi va detal o‘lchamlarining o‘zgarishiga olib keladi.
Ma’lumki, ishqalanish va yeyilish jarayonlari natijasida materiallarning juda yupqa sirtqi qatlamlarida murakkab hodisalar ro‘y beradi. Detal sirtining sifati sirtning g‘adir-budirligi, sirtqi qatlamning fizik-mexanik holati, mikrostrukturasi va hokazolar bilan aniqlanadi. Sirtqi qatlamning sifat ko‘rsatkichlari deformasiyalanish parametrlariga, haroratga, adsorbsiya, diffuziya, mexanik va faza bo‘yicha mustahkamlanish, bo‘shashish hodisalariga bog‘liq ravishda o‘zgarishi mumkin. Mashina detallarining yeyilishga chidamliligi texnologiyaviy ishlov berish paytida shakllanadigan sirtlar sifatining birlamchi xususiyatlariga ham, bevosita ishqalanish paytida paydo bo‘lib, rivojlanadigan ikkilamchi hodisalar: ishchi sirtlar geometriyasi hamda xossalarining o‘zgarishiga ham bog‘liq. Shu sababli, texnologik ishlov berish paytida sirtqi qatlamlarning shunday geometriyasi hamda shunday birlamchi strukturalari va xossalarini yaratish kerakki, ular muayyan ish sharoitlarida yaxshi tomonga o‘zgaradigan bo‘lsin. Oksid pardalarining vazifasi yuvenil sirtlar o‘zaro uringanda muqarrar ravishda sodir bo‘ladigan yopishib qolish hodisasidan saqlashdan iborat. Biroq, oksid pardalari faqat yeyilishdan himoyalabgina qolmasdan, balki ular ana shu yeyilishni keltirib chiqaruvchi omil bo‘lishi ham mumkin. Buni shunday tushuntirish mumkin: ko‘pgina metallarning oksidlari juda qattiq va mo‘rt bo‘ladi, shu sababli ko‘p hollarda ular ishqalanuvchi sirtlardan osongina ko‘chib chiqadi. Ajralgan oksid zarralari abraziv ta’sirga ega bo‘ladi va yeyilishni yuzaga keltirishi mumkin. Yeyilish jadalligiga detallar sirtining g‘adir-budurligining ta’siri siyqalanish davrida ayniqsa kuchli bo‘ladi. Shu bois detallar sirtining eng maqbul, ya’ni ishqalanuvchi juftlikning eng kam yeyilishini ta’minlaydigan g‘adir-budurligini tanlash katta ahamiyat kasb etadi. Agar detallarni tayyorlash jarayonida g‘adir-budirlikning mazkur ishqalanish sharoiti uchun eng maqbul balandligini hosil qilishga erishilsa, u holda yeyilish jarayonida u o‘zgarmaydi va detalning siyqalanish vaqti va yeyilishi eng kam bo‘ladi. Mashinalarning puxtaligiga, yeyilishdan tashqari, boshqa qator omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. Bu omillarga birinchi navbatda materiallarning toliqishini, plastik deformasiyalanishini, egiluvchanligini yo‘qotishini, magnitlanishini, tosh (nakip) va so‘xta hosil bo‘lishini, elektr - mexanik va elektr - erozion shikastlanishini, kavitasiya hodisasini kiritish kerak. Download 364.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling