1-bilet savol bayoni


Download 364.91 Kb.
bet16/21
Sana22.06.2023
Hajmi364.91 Kb.
#1646310
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Konstruksiya 21-25 gacha

Zanglash (korroziy). Transport mashinalarining qanotlari, kapoti va kabinasining qoplamasi zanglashga eng ko‘p duchor bo‘ladi. Kimyoviy zanglashga metallarga quruq gazlar ta’sir etishi oqibatida paydo bo‘ladigan shikastlanishlar kiradi. Elektr-kimyoviy zanglash elektroliz ta’sirida ro‘y beradi.
Eskirish. Materiallarning mexanik xossalari ularning eskirishi natijasida yomonlashadi. Buyumlarning eskirishi atrof-muhit (havo kislorodi, past harorat, yorug‘lik) hamda ishlatish sharoiti (haroratning, namlikning o‘zgarishi, abrazivlar va hokazo) ta’sirida ularning fizik-kimyoviy xossalari o‘zgarishidan iborat. Materialning eskirishi oqibatida metallmas materiallardan yasalgan detallarda darzlar paydo bo‘ladi, ularning elastlikligi va mustahkamligi pasayadi.
Asosiy atamalar, ta’riflar va puxtalik ko‘rsatkichlari
Puxtalik nazariyasi mashinalarda ishlamay qolishlarning kelib chiqish qonunlarini o‘rganadi. Puxtalikka doir atamalar va ta’riflar andozalashtirilgan bo‘lib, ulardan ba’zilari quyida keltirilgan.
Ishlash jarayonida mashina tuzuk, ishlashga layoqatli, nosoz va ishlashga layoqatsiz holatlardan birida bo‘lishi mumkin.
Mashinalarning puxtaligini o‘rganishda turli-tuman ob’yektlar ko‘rib chiqiladi. Qo‘yilgan vazifaga qarab ob’yekt mashinaning alohida detali, kinematik juftligi, agregati yoki mashinaning o‘zi bo‘lishi mumkin.
Ishlash qobiliyati - ob’yektning shunday holatiki, bunda uning beril gan vazifalarni bajara olishini ifodalovchi barcha ko‘rsatkichlarning qiymatlari me’yoriy-texnik va konstruktorlik hujjatlarining talablariga mos keladi. Me’yoriy-texnik va konstruktorlik hujjatlari deganda davlat andozalari, texnikaviy shartlar, maxsulotning pasporti va boshqa texnik hujjatlar tushuniladi.
Tuzuklik - ob’yektning me’yoriy-texnik va konstruktorlik hujjatlaridagi hamma talablarni qanoatlantiradigan holat.
Nosozlik - ob’yektning shunday holatiki, bunda u me’yoriy- texnik va konstruktorlik hujjatlaridagi talablarning loaqal bittasiga javob bermaydi.

Download 364.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling