1-bilet Shayboniylar davlatining tashkil topishi


Download 280.7 Kb.
bet43/53
Sana31.01.2024
Hajmi280.7 Kb.
#1832809
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   53
Bog'liq
1-bilet Shayboniylar davlatining tashkil topishi

2. Go‘ri Amir maqbarasi.
Samarqanddagi me'moriy yodgorlik. Xalq orasida Go'ri Amir yoki Go'ri Mir (Mir Sayyid Baraka) deb nomlanib kelinadi. Maqbaraga temuriylar sulolasiga mansub kishilar (Amir Temur, uning piri Mir Sayyid Baraka, o'g'illari Umar-shayx, Mironshoh va Shohrux, nabiralari Muhammad Sulton, Ulug'bek va b.) dafn etilgan. Boburning ta'kidlashicha, dastlab Temurning nabirasi Muhammad Sulton Mirzo Samarqand qal ' asijan.da Toshqo' rg'on — chaqarda Madrasa qurdirgan. Muhammad Sulton halok bo'lgach (1403), Amir Temur uning xotirasiga maqbara qurish haqida farmon berdi. Maqbara Madrasa hovlisining to'riga bunyod etilgan. Bizgacha, asosan, peshtoqli darvozasi bor hovli va maqbara binosi saqlangan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida maqbara hovlisining ikki yonidan Muhammad Sulton qurdirgan Madrasa va xonaqoh qoddiqlari topilgan Madrasa va xonaqoh chorsi hovlining sharqiy va g' arbiy tomonlarini egalla-gan. Hovliningjan.da gumbazli maqbara joylashgan. Maqbaraga jan. dan, Ulug'bek qurdirgan dalon (1424) orqali kiriladi. Maqbaraning chortoq tarhli ziyorat-xonasi) baland toqi — ravoqli, tepa-si yozuv hoshiyalari va ichki gumbaz bilan qoplangan. Tashki gumbazi 64 qobirg'ali, baland poygumbaz (diametri — 15 m, bal. 12,5 m)ga o'rnatilgan.
3. Kamoliddin Behzod hayoti va faoliyati.
Kamoliddin Behzod (1455–1536) XV asr tasviriy san’atining ulug‘ namoyandasidir. U musavvirlikda “Hirot maktabi” deb nomlangan yangi bir ijodiy uslubning asoschisi bo‘ldi. Behzod o‘z davrida Moniyi Soniy (Ikkinchi Moniy) deb ulug‘langan. U ustoz san’atkor sifatida O‘rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon va boshqa o‘lkalar tasviriy san’atining taraqqiyotiga samarali ta’sir etdi. Behzodning ijodi xilma-xil mazmunga ega bo‘lib, u tarixiy siymolar (Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Alisher Navoiy) portretlaridan tortib to serjilo hukmdor saroylaridagi qabul marosimlari va jang maydoni manzaralarigacha haqqoniy va ta’sirli qilib bera olgan. Dehlaviyning “Layli va Majnun” dostoniga bag‘ishlangan uning lirik manzaralari yoki Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asari uchun chizilgan jang maydonidagi shiddatli jang tasvir etilgan miniaturalari nihoyatda jozibador va ta’sirchandir. Behzod an’analari keyingi davr rassomlari ijodiga ijobiy ta’sir ko‘r satdi. Uning ijodi va mero si san’atshunoslar, rassomlar tomoni dan keng o‘rganiladi. Behzod nomini abadiylashtirib, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Pre zidenti Islom Karimovning 1997-yil 23-yanvardagi farmoniga binoan Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi, Milliy rassomlik va dizayn institutiga Behzod nomi berildi. 2000-yil noyabrda Toshkent, Samar qand shaharlarida va xorijiy mam lakatlarda YUNeSKO homiyligida Behzod tavalludining 545 yilligi keng nishonlandi, Toshkent shahrida Behzod nomidagi memorial bog‘ barpo etildi. Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyida Behzodga bag‘ishlab Buyuk Britaniya, Turkiya, Hindiston, Ozarbayjon, Tojikiston va O‘zbekiston san’atshunos olimlari ishtirokida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi.

Download 280.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling