1-bilet Shayboniylar davlatining tashkil topishi


Alisher Navoiy hayoti va ijodi


Download 280.7 Kb.
bet5/53
Sana31.01.2024
Hajmi280.7 Kb.
#1832809
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
1-bilet Shayboniylar davlatining tashkil topishi

3. Alisher Navoiy hayoti va ijodi.
Alisher Navoiy 1441-yilda Hirot da dunyoga kelgan. Uning ota-bobosi temuriylar saroyida xizmat qilgan. Sulton Husayn bilan Alisher bir mak tabda o‘qiganlar. Ular bolalik chog‘laridayoq Xuroson hukmdori Abulqosim Bobur xizmatida bo‘lganlar. Uning vafotidan so‘ng 12 yil davomida boshqa-boshqa shaharlarda yashaganlar. Husayn bu davrda avval Xorazmda, so‘ngra Xurosonning Obivard, Niso, Mashhad va boshqa viloyatlarida darbadarlikda yurib, kuch to‘plab Abu Saidga qarshi isyonlar ko‘taradi. Alisher Navoiy bu yillarda Mashhad va Hirotda o‘qiydi. O‘sha paytlardayoq u shoirlik iste’dodi tufayli katta shuhrat qozongan edi. Yoshlikdan Sulton Husayn bilan yaqin bo‘lgan Alisher o‘ziga nisbatan Abu Saidda adovat kayfiyatini sezib qolgach, Samarqandga borib, ma’lum vaqt u yerda yashashga majbur bo‘ladi. Samarqandda u ilm-fan va she’riyat bilan mashg‘ul bo‘ladi. Bu yerda u mashhur olim, falsafa, mantiq, huquq, arab tili, adabiyot va she’riyatning o‘tkir bilimdoni Fazlulloh Abullays Samarqandiydan saboqlar oladi. 1469-yilda Sulton Husayn Hirotni egallagach, Navoiyni o‘z huzuriga taklif etadi. Alisherni u dastlab muhrdorlik lavozimiga, keyinroq esa vazir qilib tayin etadi.Sulton Husayn hukmronligi davrida Alisher Navoiy mamlakatda markazlashgan saltanat vujudga kelishi, viloyatlar obod etilishi, qishloqlarda dehqonchilik, shaharlarda hunarmandchilik va savdoning kengayib taraqqiy qilishi yo‘lida xizmat ko‘rsatdi. Alisher Navoiy adabiyot, san’at va ilm-ma’rifatning ravnaqi, aholining tinch va osoyishta istiqomat qilishi tarafdori edi. Navoiy butun faoliyati va ijodiyotini insonning baxt-saodati uchun kurashga, xalqning osoyishtaligiga, o‘zaro urushlarning oldini olishga, obodonchilik ishlariga, ilm-fan, san’at va adabiyot taraqqiyotiga bag‘ishladi. U o‘zbek adabiy tili, o‘zbek mumtoz adabiyotini yangi pog‘onaga ko‘tardi. Navoiy o‘ttizdan ortiq yirik badiiy asar yozdi. “Xamsa”, “Xazoyin ul­maoniy”, “Mahbub ul­qulub”, “Lison ut­tayr” shular jumlasidandir.
3-BILET
1. Mahmud Torobiy qo‘zg‘oloni.
1238-yilda Buxoroning Torob qishlog‘ida bosqinchilar va mahalliy mulkdorlar zulmiga qarshi qo‘zg‘olon boshlanadi. Qo‘zg‘olonga toroblik g‘alvir yasovchi hunarmand Mahmud boshchilik qiladi. Tarixda u Mahmud Torobiy nomi bilan shuhrat topadi.Torobiyning yaqin safdoshlaridan Shamsiddin Mahbubiy va Buxoro aholisi qo‘zg‘olonchilarga qo‘shilib qo‘liga qurol oladi. O‘zlarining qadrdon shahar va qishloqlarini mo‘g‘ullardan va ularning hamtovoq xizmatchilari – mahalliy ma’murlardan ozod qilishga otlangan kishilardan kattagina lashkar to‘planadi. Mahmud Torobiy o‘z tarafdorlari bilan Buxoroga kirib olgach, shahar ichidagi Robiya saroyini qarorgoh qilib oladi. Bu yerga Buxoroning sadrlari, badavlat a’yonlari, yirik yer egalarini chaqirtiradi. U o‘zini Buxoro va atrof viloyatlarining xalifasi, ya’ni hukmdori deb rasmiy ravishda e’lon qilishga ularni majbur etadi. Shundan so‘ng Shamsiddin Mahbubiy sadr deb e’lon qilinadi. Mahmud Torobiy Buxoroda o‘z hukmronligini o‘rnatgach, mo‘g‘ul tarafdorlari bo‘lgan mahalliy amaldorlar Buxorodan qochib ketadi.Qochqin amaldorlar va mo‘g‘ullar noib Mahmud yalavoch yordamida Karmana yaqinida kuch to‘plab, Buxoro ustiga yuradilar. O‘rtada jang boshlanadi. Mo‘g‘ullar yengilib, Karmana tomon qocha boshlaydilar. Jangda qo‘zg‘olon boshliqlari Mahmud Torobiy va Shamsiddin Mahbubiylar ham halok bo‘ladilar. Qo‘zg‘olonchilar ularning o‘rniga Torobiyning ukalari Muhammad va Alini boshliq qilib saylaydilar. Oradan bir hafta o‘tmay, ularga qarshi mo‘g‘ullarning yangi qo‘shini hujum qiladi. Jangda qo‘zg‘olonchilar tor-mor qilinib, Torobiyning har ikkala ukalari ham halok bo‘ladilar. Mo‘g‘ullar Buxoroni yana bosib olib, u yerda ilgarigi tartiblarni qayta o‘rnatadilar. Chig‘atoy soliqlarni tartibga solish islohotida 1238-yilda Mahmud Yalavochni noiblikdan chetlatishga majbur bo‘ldi. Uning o‘g‘li Ma’sudbek noib etib tayinlandi. Ulug‘ xoqon O‘qtoy Mahmud Yalavochni Pekin shahriga hokim etib tayinlaydi.

Download 280.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling