1-bilet Shayboniylar davlatining tashkil topishi


Dishan qal’a haqida ma’lumot bering


Download 280.7 Kb.
bet13/53
Sana31.01.2024
Hajmi280.7 Kb.
#1832809
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   53
Bog'liq
1-bilet Shayboniylar davlatining tashkil topishi

2. Dishan qal’a haqida ma’lumot bering.
Dishan qal’a (tashqi qal’a) - Xivaning rabod qismi. 1842 y.da Xorazm xoni Olloqulixon Xivani tashqi hujumdan saqlash uchun devor (uz. 6250 m, bal. 7-8 m, devor qalinligi 5-6 m.) b-n o‘ratgan. Qurilishga ko‘p aholi jalb qilinib, qal’a 6 haftada bitkazilgan. Unda 10 darvoza bo‘lgan: Hazorasp (Qo‘y), Pishkanik, Bog‘i shamol, Shayxlar, Tozabog‘, SHohimardon, Doshoyoq, Qo‘sh, Gadoylar va Gandumiyon (Hazorasp va Qo‘sh darvozalaridan boshqalari saqlanmagan). Qal’aning bosh ko‘chalari (Hazorasp, Bog‘i shamol, Shohimardon, Qo‘sh) Nurullaboy saroyi, Sayidboy madrasasi va masjidi, Sayid Mohirui jahon, To‘rt Shabboz, Abdolbobo majmualari kabi ko‘pgina obidalar saqlanib qolgan. Qal’ada hozir ma’muriy va maishiy binolar, xiyobonlar barpo etilgan.
3. Xoja Bahouddin Naqshbandiy hayoti va faoliyati.
Bahouddin Naqshband 1318-yilda Buxoro yaqinida Qasri Hinduvon qishlog‘ida matolarga naqsh bosuvchi hunarmand oilasida dunyoga keladi. Yoshligida ta’lim olish bilan bir qatorda kimxob matoga gul bosishni puxta o‘rganib, ota kasbi naqqoshlikni egallagan.Xoja Bahouddin “Hayotnoma” va “Dalil al­oshiqin” nomli asarlar yozib, o‘z tariqatini yaratadi. Naqshbandiya tariqati Movarounnahr, Xuroson va Xorazmda keng tarqaladi. Naqshbandiya tariqati insonlarni halol va pok bo‘lishga, o‘z mehnati bilan kun kechirishga, muhtojlarga xayr-ehson berishga, sofdil va kamtar bo‘lishga chaqiradi. Uning “Dil ba yor­u dast ba kor” (“Ko‘ngil Allohda bo‘lsin-u, qo‘l mehnat bilan band bo‘lsin”) degan hikmati Naqshbandiya tariqatining hayotiy mohiyatini ifodalaydi. U tarkidunyochilikni rad etib, mehnatsevarlik, odillik va bilimdonlikni targ‘ib etadi. Naqsh bandiya ta’limoti taraqqiyotiga keyingi asrlarda Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Xoja Ahror kabi buyuk allomalar katta hissa qo‘shadilar.

8-BILET
1. BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasini o‘tkazilishi va undagi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning nutqi haqida ma’lumot bering.
«Bu borada ko‘p hollarda tahdidlarni keltirib chiqarayotgan asosiy sabablar bilan emas, balki ularning oqibatlariga qarshi kurashish bilangina cheklanib qolinmoqda. Xalqaro terrorizm va ekstremizmning ildizini boshqa omillar bilan birga, jaholat va murosasizlik tashkil etadi, deb hisoblayman. Shu munosabat bilan odamlar, birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkurini ma’rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifadir», deb alohida qayd etdi O‘zbekiston Prezidenti.
«Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik g‘oyasi "virusi" tarqalishining oldini olishdir", dedi Shavkat Mirziyoyev"
«Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz. Biz muqaddas dinimizni zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir qatorga qo‘yadiganlarni qat’iy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz", dedi O‘zbekiston rahbari hamda islom dini "ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga" da’vat etishini qayd etdi".
«Bugungi kunning eng o‘tkir ekologik muammolaridan biri – Orol halokatiga yana bir bor e’tiboringizni qaratmoqchiman. Mana, mening qo‘limda – Orol fojiasi aks ettirilgan xarita. O‘ylaymanki, bunga ortiqcha izohga hojat yo‘q. Dengizning qurishi bilan bog‘liq oqibatlarni bartaraf etish xalqaro miqyosdagi sa’y-harakatlarni faol birlashtirishni taqozo etmoqda», dedi Shavkat Mirziyoyev.
«Tinch-osoyishta, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan Markaziy Osiyo – biz intiladigan eng muhim maqsad va asosiy vazifadir. O‘zbekiston o‘zaro muloqot, amaliy hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlashning qat’iy tarafdoridir. Biz Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hech istisnosiz barcha masalalar bo‘yicha oqilona murosa asosida hamkorlik qilishga tayyormiz", deb ta’kidladi O‘zbekiston rahbari".

Download 280.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling