1. Bilimlarni nazorat qilish va baholash turlari Baholash mezonlari


Download 71.88 Kb.
bet5/11
Sana06.11.2023
Hajmi71.88 Kb.
#1750143
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bilimni nazorat qilish va baxolashning ahamyati mezonlari va samaradorligi

Testning ishonchliligi–diagnostik o‘lchovlarning aniqligini, shuningdek, test natijalarining begona tasodifiy omillar ta’siriga nisbatan barqarorligini aks ettiruvchi mezon. Pedagogik testning ishonchliligi uni tayyorgarlik darajasi bir-birga yaqin bo‘lgan tinglovchilarning turli guruhlarida qo‘llashda taxminan bir xil natijalar olishga imkon berishidir.
Testning validligi  test shakli va mazmunining uni tuzuvchilar fikri bo‘yicha test baholashi yoki aniqlashi zarur bo‘lgan o’lchovga muvofiq kelishi, natijalarning belgilangan vazifalarga muvofiqligi [16].
Testning xolisligi (obyektivlik), ya’ni diagnostik ma’lumotlarni olish va talqin etishning o‘qituvchiga bog‘liq emasligi.
Pedagogik testlarning xolisligi ishonchlilik, validlik g‘oyalarini, bundan tashqari pedagogik, axloqiy xususiyatga ega bir qator jihatlarni qamrab oladigan muhim birlashtiruvchi mezondir.
Pedagogik test xolisligini oshirishning pedagogik jihati standart test dasturlari, tekshiruvning texnik vositalari, avvalo pedagogik testni o‘tkazishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanilishida ko‘rinadi.
Test tuzuvchi har bir o‘qituvchi test topshiriqlarini tuzishda didaktik talablarga amal qilishi lozim. Ular quyidagilar [20]:

1.O‘quv maqsadiga muvofiqlik Test topshiriqlari mazmunini o‘quv maqsadiga qaratilishi lozim. Har bir test savoli ma’lum bir o‘quv maqsadining ro‘yobga chiqishini ta’minlashi zarur.
2.Materialning ahamiyatliligi. Testda topshiriqlar soni cheklanganligini hisobga olib, testni tuzishda o‘quv materialining eng muhim, asosiy qismlarini kiritish lozim.
З.Ilmiy aniqlik. Testga mushohada, bilim orqali asoslash mumkin bo‘lgan haqqoniy ma’lumotlar kiritiladi. Test topshiriqlari tabiati asosan, avvaldan ma’lum, aniq javob berishni taqozo etib, munozarali qarashlarni savollariga kiritish tavsiya etilmaydi.
4. Izchillik Testdagi topshiriqlar ma’lum bir fanga taalluqli, umumiy bilim mohiyatiga ko‘ra o‘zaro bog‘liq, izchil bo‘lishi lozim.

Download 71.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling