1. Bino va inshootlar haqida tushuncha Bino turlari va ularga qo‘yilgan asosiy talablar
Bino yer ostki qismini asosiy vazifasi
Download 350.61 Kb.
|
Bino va inshoatlardagi alohida konstruktiv elementlarini texnik holatini baholash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Devorlarga qo‘yiladigan asosiy talablar
- Devor turlari
Bino yer ostki qismini asosiy vazifasi
Turar joy va jamoat binolarining yer osti qismlari yerto‘lali, texnik yerto‘lali va yerto‘lasiz turlarga bo‘linadi.Binoning yerto‘la qismida har xil yordamchi xonalar bo‘lib, ularda binoni normal ekspluatatsiya qilishga yordam beradigan uskunalar joylashadi. Devorlarga qo‘yiladigan asosiy talablar Devor binoning asosiy konstruktiv elemntlaridan biri bo‘lib, u tashqi muhit ta’siridan himoyalashdan tashqari, ko‘p hollarda o‘ziga qo‘yilgan qavatlararo yopma va tom og‘irligini ko‘tarish vazifasini ham bajaradi. Binoning bu elementi turli tuman tashqi kuchlar va tashqi muhit ta’siri ostida bo‘ladi. Devorlar o‘z xususiy og‘irligini, tom va qavatlararo yopmalardan tushadigan doimiy va vaqtinchalik yuklarni, shamol kuchi ta’sirini, asosning notekis cho‘kishidan hosil bo‘lgan deformatsiyalarni, zidzila kuchlari va boshqalarni qabul qiladi. Bino devorlari vazifasiga ko‘ra quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak: mustahkam, turg‘un, fazoviy bikr bo‘lishi, bino klassiga to‘g‘ri keluvchi olovbardoshlik darajasiga mos, xona ichida ma’lum harorat va namlik rejimini ta’minlash, tovushdan yetarli darajada izolatsiya qilish, o‘rnatilishida texnologik va industriallikka ega, tejamli va arzon bo‘lishi, uni qurishga mehnat kam sarflanadigan bo‘lishi, arxitektura talablariga javob berishi lozim. Tashqi devorlarda odatda bino ichini tabiiy yorug‘lik bilan ta’minlash uchun deraza o‘rni, xonaga kirish va balkon, hamda ayvonlarga chiqishi uchun eshik o‘rni qoldiriladi. Deraza va eshik o‘rnatilgan devorlar ham o‘z navbatida yuqoridagi talablarga javob berishi kerak. Deformatsiya choklari: temperatura (choklari), cho‘kish hamda zilzilaga qarshi choklari kabi turlarga bo‘linadi. Devor turlari Devorlar tosh (tabiiy va sun’iy tosh devorlar), yog‘och, tuproq va sintetik materiallardan qurilishi mumkin. Ishlash xarakteriga ko‘ra devorlar yuk ko‘taruvchi, o‘z og‘irligini ko‘taruvchi va osma devor bo‘lishi mumkin. Yuk ko‘taruvchi devorlar xonani tashqi muhit ta’siridan himoyalabgina kolmay, balki yuqorida joylashgan konstruksiyalar, jihozlar, mebellar va shu kabilardan tushadigan og‘irlikni ham ko‘tarib turadi. O‘z og‘irligini ko‘tarib turuvchi devor konstruktiv sxemasida esa tom yopmasidan tushgan vertikal yuklarni ustunlar qabul qiladi. Osma (karkas ustunlariga osilgan) devorlar xonani tashqi muhit ta’siridan himoyalovchi vazifani bajaradi. Devorlar konstruksiyasi va terilishiga ko‘ra quyidagilarga: - mayda donali tosh elementlar (g‘isht, sopol, blok, mayda blok) dan terilgan; - yirik toshlar (yirik bloklar) dan terilgan; - kuyma va yig‘ma panellardan yoki hajmiy bloklardan terilgan devorlarga bo‘linadi. Alohida toshlar oralarini qurilish qorishmalari bilan to‘ldirib hosil qilingan devor toshdan terilgan devor deb ataladi. Suvalmaydigan devor sirtidagi g‘ishtlar orasidagi vertikal va gorizontal choklarga maxsus moslamalar yordamida pardoz beriladi. Bu moslamalar choklarga bo‘rtgan, botiq, tekis va ochiq chok shaklini beradi. Suvaladigan sirtlarda g‘ishtlar orasidagi choklar 10-15 mm chuqurlikda bo‘lib, bu suvoq bilan devorning yaxshi bog‘lanishini ta’minlaydi. g‘ishtin devorlar turlari g‘isht asosiy devor materiallaridan biri hisoblanib, hozirgi turar joy va jamoat binolarining 40 foizi g‘ishtlardan tiklanadi. g‘ishtin binolarga me’moriy va badiiy ko‘rinish berishda katta imkoniyatlar bor. g‘isht devorlar pishirilgan va silikat g‘ishtlardan bunyod qilinadi. Standart g‘isht o‘lchami 250x120x65 mm, qalinlashtirilgan g‘isht o‘lchami 250x120x88 mm ga teng bo‘ladi. Bulardan tashqari markasi 75, 100, 125, 150, 200, 250 bo‘lgan sopol g‘ishtlar ham bo‘lib, bunday g‘ishtlar ichi kovak qilib tayyorlanadi. Kovaklari ochiq yoki bir boshi ochiq bo‘shliqlardan iborat bo‘ladi. Devor parapet qismining qalinligi devor qalinligidan bir g‘isht kam, lekin 300 mm dan kichik bo‘lmasligi kerak. Parapetni namlanishdan yoki zax tortishdan saqlash uchun uning ustki qismi oq tunika yoki temir beton plita bilan berkitiladi. Download 350.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling