1. Bino va inshootlar haqida tushuncha Bino turlari va ularga qo‘yilgan asosiy talablar


Balkonlar, lodjiyalar va erkerlar


Download 350.61 Kb.
bet7/11
Sana17.10.2023
Hajmi350.61 Kb.
#1706312
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bino va inshoatlardagi alohida konstruktiv elementlarini texnik holatini baholash

Balkonlar, lodjiyalar va erkerlar
Binolarning me’moriy kompozitsiya yechimini boyitadigan muhim konstruktiv devor elementlari balkon, lodjiya va erkerlar hisoblanadi. Ular atrofni o‘rab turuvchi tabiat bilan xona ichkarisini bog‘lovchi qo‘shma elementlar bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa turar-joy binolarida ularning o‘rnatish, qo‘shimcha qulayliklar tug‘diradi.
Balkonlar ko‘taruvchi plita ko‘rinishidagi konstruksiyadan, pol va o‘rovchi elementlardan iborat bo‘ladi. Hozirgi qurilishlarda ishlatiladigan balkon ko‘taruvchi konstruksiyasi temir beton plitadan iborat bo‘lib, u bir tomoni bilan devorga ilintiriladi va devor ichida qoldirilgan ankerlarga, hamda qavatlararo yopma panellarga payvand qilib mahkamlanadi .
Lodjiyalar binoning old tomoniga joylashgan bir tomoni ochiq, uch tomoni esa ko‘taruvchi devor bilan o‘ralgan, konstruktiv elementdan iborat.
Lodjiyalar xonani quyoshdan saqlash uchungina o‘rnatilgan bo‘lib, ular faqat janubiy rayonlarda quriladigan binolarda uchraydi.
Erkerlar deb xonaning binoning old qismidan tashqariga burtib chiqqan, tashqi devor bilan o‘ralgan, bir va bir necha derazali ma’lum bir bo‘lagiga aytiladi. Erkerlarni birinchi qavatdan boshlab o‘rnatish ko‘p qavatli binolar uchun ko‘proq ahamiyatga ega. Bu holda erkerni o‘rab turuvchi devorlarga alohida poydevor quriladi. Erkerlar xonaning yoritilganlik darajasini va quyosh tushushini oshirgani uchun ular ko‘proq shimoliy rayonlarda, hamda mu’tadil iqlimli joylarda quriladi. Erkerlar bino kompozitsiyasini ham ancha boyitadi
qavatlararo yopmalarga qo‘yiladigan asosiy talablar
qavatlararo yopmalar ham binoning asosiy konstruktiv elementlaridan biri bo‘lib, uning ichki bo‘shlig‘ini balandligi bo‘yicha qavatlarga ajratib turadi. Binoda joylashgan o‘rniga ko‘ra, qavatlararo yopmalar yorto‘la usti orayopmasi, chordoq orayopmasi va qavatlararo orayopmasiga bo‘linadi.
qavatlararo orayopmalar narxi bino umumiy narxining 18-20% ini, ularni o‘rnatishga sarflanadigan mehnat esa 20-25% ni tashkil qiladi. qavatlararo orayopmalariga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri uning mustahkam bo‘lishi, ya’ni unga ta’sir etayotgan vaqtinchalik yoki doimiy kuchlarga chidamliligi va tashqi kuch ta’siridan qattiq deformatsiyalanmasligidir. Bunday talablar bikirlik orqali belgilanadi.
qavatlararo orayopma bikirligi yetarlicha bo‘lmasa, u tashqi kuch ta’siridan egilishi va unda yoriqlar hosil bo‘lishi mumkin. Bikirlik kattaligi nisbiy egilish qiymati bilan baholanib, orayopma absolyut egilishining prolyot o‘lchamiga nisbatidan olinadi.
Uni qiymati tom yopmasi uchun 1/200 dan, qavatlararo orayopma uchun 1/250 dan oshmasligi kerak.
qavatlararo orayopmalari konstruktiv yechimiga ko‘ra to‘sinli yoki to‘sinsiz bo‘lishi mumkin. To‘sinli orayopmalarda asosiy ko‘taruvchi elementlar to‘sin hisoblanib, unga qator yotqizilgan taxta, taxta to‘shama va boshqa yopma elementlari o‘rnashtiriladi. Bulardan tashqari, plitali orayopmalar ham bo‘lib, ko‘taruvchi plita yoki to‘shamalar binoning vertikal tayanchlariga tutashtirilgan rigel yoki to‘singa qo‘yilgan bo‘ladi.
To‘sinsiz orayopmalarga yopma plitalari vertikal tayanchdagi kengaytirilgan moslama (kapiteli) ga qo‘yilgan bo‘ladi.

Download 350.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling