1. Biologiya fanida yangi yo‘nalishlar va boshqa fanlar bilan aloqadorligi


Bir gen bir belgiga, ikkinchi gen ikkinchi belgini rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. 2


Download 114.26 Kb.
bet16/16
Sana24.09.2023
Hajmi114.26 Kb.
#1686825
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
22 zakaz

1.Bir gen bir belgiga, ikkinchi gen ikkinchi belgini rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
2.Ikki yoki uch gen birgalikda bir belgini rivojlanishigata’sir qiladi.
3.Bir gen ayni vaqtning o‘zida bir qancha belgilarning rivojlanishiga ta’sir qilishi mumkin.
Komplementar degan atama – lotinchi complement – to‘ldiruvchi degan ma’noni anglatadi. Komplementar irsiyla- nishda belgini rivojlanishiga bir asosiy gen, ikkinchi to‘ldiruvchi gen ta’sir qiladi. Polimeriyaga misol qilib bug‘doyda don rangini irsiylanishini ko‘rsatish joiz. Bug‘doyning qizil va oq donli navlari chatishtirilsa, F1 avlodda donning qizil rangi dominantlik qiladi. Birinchi avlod duragay o‘simliklar o‘zaro chatishtirilgan taqdirda, ulardan hosil bo‘lgan ikkinchi avlod duragaylarda 15/16 qizil, 1/16 oq donli bo‘ladi Polimer irsiylanish kumulyativ va nokumulyativ polimeriyaga ajratiladi. Kumulyativ polimeriya miqdor belgilarni, nokumulyativ polimeriya esa sifat belgilarining irsiylanishini namoyon etadi. Yuqoridagi qizil va oq bug‘doy chatishtirishdan olingan natijalar kumulyativ polimeriyaga misoldir. Odatda bunday tovuqlarda patlari zich joylashmaydi va tana harorati past bo‘ladi. Natijada yurak urishi tezlashadi, hajmi ortadi, ozuqaga talab ko‘payadi, tuxum qo‘yishi kamayadi. Shunday qilib patni jingalak bo‘lishiga ta’sir etuvchi gen ayni vaqtda tovuqning boshqa belgi xossalariga ham ta’sir ko‘rsatadi.Belgilarning rivojlanishiga allel bo‘lmagan genlar ta’siri o‘rganilganda e’tibor asosiy genlarga qaratilgan edi. Lekin organizm genotipida modifikator genlar ham uchraydi. Ular belgiga bevosita ta’sir ko‘rsatmay, balkibelgiga ta’sir etuvchi gen faoliyatini kuchaytiradi yoki susaytiradi.
21.Genlarning pleyotrop ta’siri qonuniyatlarini tahlil qilish

Genlarning ko'p tomonlama ta'siri. Pleyotropiya. Biz yuqorida bitta belgining rivojlanishiga bir qancha genlarning ta'sirini ko'rib chiqdik. Shu bi-lan birga bitta genning bir qancha belgining rivojlanishiga ta'siri ham aniqlan-gan. Bu hodisa pleyotropiya deb ataladi. Pleyotropiya hodisasi tabiatda keng tar-qalgan bo'lib, katta ahamiyatga ega. Bu hodisa o'simliklar bilan hayvonlarning ko'p genida uchraydi. Misol uchun genetik jihatdan yaxshi o'rganilgan dro-zofila meva pashshasining ko'zlarida pigment bo'lmasligini belgilaydigan gen pushtlilikni kamaytiradi, ba'zi ichki organlar rangiga ta'sir ko'rsatadi va ha-yotchanligining qisqarishiga sabab bo'ladi.
Gulli o'simliklarda gullarning to'q qizil rangda bo'lishini ta'min etuvchi gen ularning poya va shoxlarining ham to'q qizil rangda bo'lishiga daxldordir. Tovuqlarda masalan, jingalak patli zotlar uchraydi. Bunday pat tovuq tanasiga yopishib turmaydi, ko'pincha sinib ketadi. Bu bilan tovuq tanasidan tashqi muhitga ko'p issiqlik tarqaladi, ovqat hazm qilish, yurak-tomir faoliyatining ishi buziladi. Bular esa tovuqning nasl qoldirish xususiyatiga va hayotchanligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Ba'zi bir genlarning pleyotrop ta'sirida organizmdagi turli organlarning rivojlanishida katta o'zgarishlar ro'y beradi, natijada ular nobud bo'ladi. Bun-day genlar letal, ya'ni halokatga olib keluvchi genlar deb ataladi. Misol uchun: sichqonlarda jun rangining sariq va qora bo'lishi bir juft allel genlarga (A-a) bog'liq. Bu gen resessiv gomozigotali (aa) holatda bo'lsa, sichqon junining rangi qora bo'ladi. Juni sariq rangda bo'lgan sichqonlar doimo geterozigota (Aa) holatda bo'ladi. Sariq sichqonlar orasida dominant gomozigotali (AA) formalari butunlay uchramaydi. Buning sababi junning sariqliligini ta'min etuvchi gen dominant gomozigotali holatida organizmning nobud bo'lishiga olib keladi.

22.Jins bilan birikkan belgilarning naslga berilishi


1. Jins organizmdagi belgi-xususiyatlar yig’indisi bo’lib, yangi avlodning vujudga kelishini va irsiy belgilarning nasldan-naslga o’tishini ta’minlaydi. Barcha hayvonot olami vakillari va odam somatik hujayralarining xromosomalari to’plamida autosomalar va jinsiy xromosomalar X (iks) va U (igrek) mavjud. X.Genkin 1891 yili ayrim hashoratlarning mitoz usulida bo’linish jarayonini o’rganish paytida hujayraning bitta qutbida yaxshi bo’yalgan tanacha borligini, ikkinchi qutbida esa bu tanacha yo’qligini yozadi. Ana shu bo’yalgan tanachaning nimaligini X.Genkin bilmaydi, shuning uchun uni X harfi bilan ifodalaydi. Кeyinchalik (1905) E.Vilson bu tanachani X-xromosoma deb nomlaydi. Jufti bo’lmagan va erkak jinsini aniqlovchi ikkinchi xromosomani esa U-xromosoma deb ataldi. Shunday qilib jinsiy xromosomalar X va U deb nomlanadigan bo’ldi. Irsiyatning xromosoma nazariyasiga ko’ra, jinsni xromosomalar orqali aniqlashning 4 turi mavjud. Barcha hayvonlar jinsini shu to’rt xil usul bilan aniqlash mumkin.
Jinsni aniqlay olish mumkin bo’lgan muddatiga ko’ra organizmlarni uchta guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruhga ularning tuxum hujayralari urug’langan paytida aniqlash mumkin bo’lgan organizmlar kirib (sut emizuvchilar, drozofila va boshqalar), bunga jinsni aniqlashning singam usuli deyiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



  1. Abdullayev S.I. Atrof muhit haqida ta’limot. Qarshi, 2021.

  2. Baratov P. Tabiatni muhofaza qilish. T., 2020.

  3. Geografiya va tabiiy resurslardan foydalanish (ilmiy konferensiya materiallari). T., 2018.

  4. Zokirov Sh.S. Antropogen va amaliy landshaftshunoslik. T., 2017

  5. Pafiqov A.A. Geoekologik muammolar. T., 2019.

Download 114.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling