1 Birinchi avlod kompyuterlari va ulardagi qurilmalar haqida tarif bering
Download 64.69 Kb.
|
1 Birinchi avlod kompyuterlari va ulardagi qurilmalar haqida tar-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Integral mikrosxemalar va ularning turlari.
- Xotira qurilmalari va ularning turlari .Xotira qurilmasi
- Zamonaviy mikroprotsesorlar va ularning tuzilishi.
- Tezkor xotira qurilmasi tuzilishi va ishlash prinsplari.
Sanoq tizimi — sonlarni maxsus belgilar (raqamlar) toʻplami yordamida yozish usuli. Sanoq tizimining pozitsion va nopozitsion koʻrinishlari mavjud. Nopozitsion Sanoq tizimi rim raqamlari bilan, pozitsion Sanoq tizimi esa biz oʻrgangan va arab raqamlari (aslida hind raqamlari) deb ataladigan belgilar bilan yoziladi[1]. Pozitsion Sanoq tizimida oʻrniga qarab raqamning qiymati oʻzgarib boradi. Masalan, 34 soni 4 ta birlik va 3 ta oʻnlikni bildiradi. Agar ularning oʻrni almashtirilsa 43 soni hosil boʻladi. Bu sonda 3 ta birlik va 4 ta oʻnlik mavjud, yaʼni 3 ning qiymati 10 marta kamaydi va aksincha 4 ning qiymati 10 barobar oshdi. Bunday oʻnlik Sanoq tizimidagi sonlarning raqamlari uni 10 lik asos darajalari yigʻindisida tasvirlashning koeffitsiyentlari hisoblanadi. Hisoblash mashinalarida, odatda, G.V. Leybnits taklif qilgan ikkilik sanoq sistemasi ishlatiladi. Bunday sonlarni tasvirlash uchun 2 ta — 0 va 1 raqamlaridan foydalaniladi. 2 lik Sanoq tizimining ishlatilishi EHMlar quriladigan elementlarning faqat 2 ta turgʻun ishchi holatda boʻlishi bilan bogʻliq. Bu elementlar kalitlarga oʻxshash boʻlib, ular yozilgan yoki oʻchirilgan holatlarda boʻladi. Uchinchi holat yoʻq. Bu holatlarning biriga 1, 2siga 0 mos qoʻyilsa, bunday elementlarning ketma-ketligi 2 lik Sanoq tizimidagi songa mos keladi.
5 Integral mikrosxemalar va ularning turlari. Integral sxema (IS, integral mikrosxema) — juda ixcham (mikrominiatyur) elektron qurilma. Elementlari (diodlar, tranzistorlar, rezistorlar, kondensatorlar va b.) konstruktiv, texnologik va elektr jihatdan oʻzaro uzviy bogʻlangan (birlashtirilgan) va oʻta zich joylashtirilgan boʻladi. Uzluksiz yoki diskret (uzlukli) elektr va optik signallar tarzidagi axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash uchun moʻljallanadi. I. s. quyidagi xillarga boʻlinadi: elementlarni birlashtirish (integratsiya) usuli boʻyicha — yaxlit (monolit) va gibrid (tarkibiy) (osma diskret elektron asboblarlan foydalanilgan) sxemalar; ishlov beriladigan signallarning xili boʻyicha — raqamli va analog sxemalar; IS dagi elementlar soni N (integratsiya darajasi) boʻyicha — kichik (N< 102)? oʻrta (N = 102 — —103), katta {N= W— 104) va juda katta (N> 104) sxemalarga boʻlinadi. I. s. elektron hisoblash mashinalari, nazorat-oʻlchash apparatlari, aloqa texnikasi va b. sohalarda qoʻllaniladi 6Xotira qurilmalari va ularning turlari.Xotira qurilmasi - elektron hisoblash mashinasi (EHM), raqamli hisoblash mashinasi (RHM) va kompyuterlarning axborotlarni qayd kilish, saqlash va operator izlaganda "qaytarib berish" uchun moʻljallangan qismi. Asosan integral mikrosxemalardan iborat. Xotira qurilmasida axborotlarni qayd qilishda axborotlarni eltuvchi material (perfokarta, perfolentami mexanik tarzda surish, magnit materiallar (magnit disk, magnit lenta va boshqalar)ning magnit xossasini oʻzgartirish, dielektriklarda elektrostatik zaryadlarni toʻplash, tovush va ultratovush tebranishlaridan foydalanish, oʻta oʻtkazuvchanlik hodisasini qoʻllash va boshqa amallar bajariladi. Xotira qurilmasi, asosan, oʻta operativ, operativ va tashqi qurilmalardan iborat boʻladi. Xotira qurilmasining axborotlar oʻchmaydigan (diod matritsalar, perfolentalar va boshqalardagi axborotlar) va oʻchadigan (magnit eltuvchilar, ferromagnit oʻzaklar va boshqalardagi axborotlar) turlari bor. Xotira qurilmasining asosiy ish koʻrsatkichi birligi bit yoki bayt (8 bit)da oʻlchanadigan sigʻim, yaʼni bir vaqtda Xotira qurilmasida joylashishi mumkin boʻlgan belgilar soni. 7 Zamonaviy mikroprotsesorlar va ularning tuzilishi. Zamonaviy mikroprotsessorlar 32-bitli x86 yoki IA-32 (Intel Architecture 32 bit) arxitekturasida qurilgan, ammo tez orada yanada rivojlangan, samarali 64-bitli IA-64 (Intel Architecture 64-bit) arxitekturasiga oʻtish boʻladi. Darhaqiqat, o'tish allaqachon boshlangan, buni 2003 yilda AMD (Advanced Micro Devices) dan yangi Athlon 64 mikroprotsessorining ommaviy ravishda chiqarilishi va sotuvga chiqarilishi guvohlik beradi, bu mikroprotsessor ikkala 32 mikroprotsessor bilan ham ishlay olishi bilan ajralib turadi. -bitli ilovalar va 64-bitli ilovalar.bit. 64-bitli mikroprotsessorlarning ishlashi ancha yuqori. Zamonaviy protsessorlar ko'pincha soat siklida ikkita ko'rsatmalarni bajarishi mumkin. Bu o'sish chipdagi tranzistorlar soniga bevosita bog'liq 8 Tezkor xotira qurilmasi tuzilishi va ishlash prinsplari. Download 64.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling