1 Birinchi avlod kompyuterlari va ulardagi qurilmalar haqida tarif bering


Download 64.69 Kb.
bet4/12
Sana04.11.2023
Hajmi64.69 Kb.
#1748210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1 Birinchi avlod kompyuterlari va ulardagi qurilmalar haqida tar-fayllar.org

Fermi energiyasi, Fermi sathi — fermionlar (Fermi — Dirak statistikasiga boʻysunuvchi zarralar) tizimidagi egallangan holatlarning mutlaq nol tralardan eng yuqori energiyasi. Fermi energiyasi Pauli prinsipi (bir holatda bittadan ortiq fermion boʻla olmasligi)ning natijasidir. Noldan farkli, lekin Fermi energiyasidan ancha past trada fermionlar tizimining holati asosiy holatdan shu bilan farqlanadiki, bunda energiyasi Fermi energiyasidan katta boʻlgan holatlarda ham koʻp boʻlmagan sondagi zarralar boʻladi, energiyasi Fermi energiyasidan kichik boʻlgan holatlarda xuddi shu sondagi boʻsh oʻrin (kovak) lar boʻladi. Fermi energiyasi tushunchasidan qattiq jism fizikasida, yadro fizikasida, astrofizika va h.k.larda foydalaniladi.
13 Atomlar, molekula va kristallarda elektron xolatlari spektrlari.
Atom spektrlari – erkin yoki kuchsiz bogʻlangan atomlarning (bir atomli gazlar yoki bugʻlar) elektromagnit toʻlqin chiqarganda (nurlanish Atom spektrlari) yoki yutganda (yutilish Atom spektrlari) paydo boʻladigan optik spektrlari. Atom spektrlari chiziqchiziq, ya’ni alohida-alohida joylashgan spek-tral chiziqlardan tashkil topgan. Atom spektrlari nurlanishning koʻrinuvchi, ultrabinaf-sha va infraqizil sohalarida kuzatiladi. Nurlanish Atom spektrlari atomni turli yoʻllar bilan uygʻotilganda (yorugʻlik, elektronlarning urilish va hokazo) hosil boʻladi. Yutilish Atom spektrlari uzluksiz spektrli yorugʻlik atomar gazlar yoki bugʻlardan oʻtganda pay-do boʻladi. Atom spektrlari spektral asboblar yorda-mida kuzatiladi. Ionlarning Atom spektrlari katta chastotalar tomoniga surilgan boʻlishi bilan neytral atomlarning A. sdan farq qiladi.Atom spektrlaridagi spektral chiziqlar ma’lum qonuniyatlarga boʻysunadi va sodda hollarda spektral seriyalar hosil qiladi. Har bir spektral seriya yuqori energetik sathlardan pastdagi yagona energetik sathga mumkin boʻlgan kvant oʻtishlari natijasida yuzaga keladi
14Mantiqiy elementlar va ularning parametrlari.
Mantiqiy element (ME) deb kirish signallari ustida aniq bir man-tiqiy amal bajaradigan elektron qurilmaga aytiladi. RIS yaratishda faqat FTM funksiyalarini amalga oshiruvchi MElar qoʻllaniladi. Ular negiz MElar deb ataladi. Koʻp hollarda RISlar HAM-EMAS (Sheffer ME) yoki YOKI-EMAS (Pirs ME) funksiyalarini amalga oshiruvchi negiz MElar asosida tuziladi
Raqamli (mantiqiy) elektron qurilmalar turli belgilariga koʻra sinflanishlari mumkin. Ishlash prinsipiga koʻra barcha MElar ikki sinfga boʻlinadilar: kombinatsion va ketma-ketli.
Kombinatsion qurilmalar yoki avtomatlar deb, chiqish signallari kirish oʻzgaruvchilari kombinatsiyasi bilan belgilanadigan, ikkita vaqt momentiga ega boʻlgan, xotirasiz mantiqiy qurilmalarga aytiladi. Kom-binatsion qurilmalar yoki HAM-EMAS, YOKI-EMAS va boshqa alohi-da elementlar yordamida, yoki oʻrta ISlar, yoki katta va oʻta katta IS tarkibiga kiruvchi ISlar koʻrinishda tayyorlanadi. Mazkur va keyingi boblarda faqat kombinatsion MElarni koʻrib chiqamiz
15 Triggerlar, Registrlar va hisoblagichlar.
Bir pogʻonali triggerlar Asinxron RS-trigger. Agar BYA boshqaruv zanjirlari bilan toʻldirilsa, u holda, unga 1 bit ma’lumotni yozish va saqlash mumkin boʻlgan trigger qurilmasi hosil boʻladi. Trigger invers ma’lumot kirishlariga ega boʻlgan ikkita YOKIEMAS, yoki ham-EMAS ME yordamida tuzilishi mumkin. Trigger boshqaruv signallari beriladigan ikkita R va S ma’lumot kirishlariga, ikkita Q va Q chiqishlarga ega. Triggerning boshqaruv va chiqish signallari – invers. RS – triggyerda ma’lumot yozish boshqaruv signali berilishi bilan ixtiyoriy vaqt momentlarida amalga oshiriladi. Bunday triggerlar asinxron deb ataladi. Sinxron RS-trigger. Elementar asinxron RS-triggerli yacheykalar - turli kombinatsion qurilmalarning asosi boʻlib hisoblanadi. Ular qatoriga hisoblagichlar, registrlar va chastota boʻluvchilari kiradi. T-trigger. Ikki pogʻonali triggerlar registr va hisoblagich kabi koʻprazryadli qurilmalar ishi uchun moʻljallangan boʻlib, ularda triggerli yacheykalarning ishonchli va aniq ishlashi talab etiladi. T-trigger sanoq triggeri deb ham ataladi, chunki kirishga aktiv mantiqiy signal berilganda u oʻz holatini qarama-qarshi (teskari) holatga oʻzgartiradi. JK-trigger universal trigger hisoblanadi, chunki uning asosida sodda kommutatsion oʻzgartirishlarni bajarib, ixtiyoriy turdagi trigger hosil qilish mumkin
Registr kombinatsion turdagi raqamli qurilma boʻlib, koʻp razryadli ikkilik sonlar koʻrinishidagi ma’lumotlarni eslab qolish va vaqtincha xotirada saqlash uchun ishlatiladi. Registr ikkilik razryad sonlarga teng miqdordagi triggerlar majmuasidan tiborat. Trigger esa, xotira elementi boʻlib, ularga qoʻshimcha ulanayotgan elementlarning vazifasidan kelib chiqqan holda, boshqa maxsus funksiyalarni amalga oshirish imkonini beradi. Masalan, agar registrda bir triggyerdagi ma’lumot keyingisiga uzatilsa, u holda, registr siljitish funksiyasini bajaradi, demak, bunday registr siljitish registri deb ataladi. Chapga va oʻngga siljituvchi registrlar mavjud. Parallel registr ma’lumotlar ustidan quyidagi mikroamallarni bajarishga moʻljallangan: parallel shaklda kirishdagi ma’lumotlarni yozish, saqlash va uzatish. Ketma-ketli registr kirishdagi ma’lumotlarni ketma-ket tartibda yozish, saqlash va uzatish uchun moʻljallangan. Ma’lumot yozishdan avval registr dastlabki holatga (0) oʻrnatiladi.
Hisoblagich - Agar qurilma uning kirishlariga berilayotgan impulslarni hisoblashni amalga oshirsa, bu qurilma hisoblagich deb, agar chastota boʻlishlarini hisoblasa - chastota boʻluvchi deb ataladi. Hisob natijalari hisoblagich chiqishida ikkilik son koʻrinishida berilgan kod va talab etilyotgan vaqt davomida saqlanishi mumkin.
Hisoblagichning asosiy statik parametri boʻlib - K sanoq moduli hisoblanadi. U hisobning boʻlish koeffitsiyenti va hisoblagich tomonidan oʻqilishi mumkin boʻlgan maksimal impulslar soni bilan aniqlanadi.
Hisoblagichning asosiy dinamik parametri boʻlib - tK chiqish kodining oʻrnatilish vaqti hisoblanadi.
16 Rezistorlar, Kondensatorlar, Induktivlik gʻaltaklari, Almashlab ulagichlar.

Download 64.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling