1. Birja tarixi


Tovar birjasi va birja tovarlariga qo‘yiladigan talablar


Download 0.67 Mb.
bet10/60
Sana21.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1644347
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   60
Bog'liq
birja javoblar

15.Tovar birjasi va birja tovarlariga qo‘yiladigan talablar.
Tovar birjasi-Bir yoki bir necha xil tovar bilan ulgurji savdo-sotiqni amalga oshiruvchi tijorat korxonasi. Tovar birjasi korxona va tashkilotlar o`rtasida oldi-sotdi aloqalarini yurgizadi. Tovar birjasi ochiq yoki yopiq turda bo`ladi. Birjada sotiladigan tovarlarga qo’yiladigan talablar quyidagicha ta’riflanishi mumkin1. Tovar ommaviy bo’lishi va katta hajmda chiqarilishi lozim (ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar soni katta). Bu talab va taklifni aniqlashga imkon beradi. Muvozanatli narx o’rnatiladi. Yagona ishlab chiqaruvchining ijro etish usuli bo’yicha o’ziga xos mahsulotlari birja savdosi ob’ekti bo’la olmaydi.
2. Sifat, saqlash shartlari, transport vositasida tashish va o’lchash bo’yicha talablar. Bu tovar namunalar yoki texnik tavsiflar bo’yicha ko’rib chiqmasdan sotish mumkin bo’lishi uchun oson standartlashtiriladigan bo’lishi lozim. Birja ishi amaliyotida standartlashtirish asl birja tovarining belgisini tashkil qiladi.
3. Oldi-sotdi uchun taklif etiladigan tovar soni. Tovar birjada qat’iy belgilangan miqdorda sotiladi va sotib olinadi. Bu hajmlar birja birliklari, partiya, lot deb ataladi va yoki transport vositalari sig’imiga, yoki joyi, hajmi va vazniga mos keladi. Partiya yoki lot birja birligiga karra bo’lishi lozim.
16. Qanday bitimlar mavjud?
Muddatlilik belgisiga muvofiq bitimlar kassa bitimlari va muddatli bitimlar farqlanadi. Quyidagilar mavjud: bitim darhol yakunlanadigan, ya’ni sotuvchi bilan xaridor tovar etkazib berilishi bilan hisob-kitob qiladigan “kesh” (sash) kassa bitimlari; bitim tez yakunlanadigan, ya’ni sotuvchi bilan xaridor ikki-uch kun muddat ichida hisob-kitob qiladigan “spot” (spot) kassa bitimlari. Muddatli bitimlar shunisi bilan farq qiladiki, bitimni ijro etish (to’lov va tovarni etkazish) muddati bilan bitim imzolangan vaqt orasida ma’lum muddat (24 oygacha) bo’ladi.
Tovar birjasida bitimlarning quyidagi asosiy turlarini ko’rsatish mumkin: real tovar bilan bitimlar; forvard bitimlar; fyuchers bitimlar; optsionlar oldi-sotdisi bitimlari; xedjlash; spreding.
Real tovar bilan bitimlar tovarni xaridorga etkazib berishni nazarda tutadi (ayrim birjalar ombor binolariga ega). Forvard bitimi bu – qoidaga ko’ra, bitim tuzilgan paytda belgilangan narxda real tovarni to’lov muddati kechiktirilgan holda etkazib beriladigan muddatli bitim. Forvard bitimi narx farqida o’ynashga imkon beradi.
Fyuchers bitimi – tovarni amalda etkazib berishni ko’zda tutmaydi va tovarni sotish yoki sotib olish shartnomasi bilan savdo qilishni ifodalaydi. Bunday bitim qog’ozli bitim deb ataladi, uning maqsadi shartnoma tuzilgan paytdagi tovar narxi va shartnomani ijro etish kunidagi tovar narxi o’rtasida foyda olish hisoblanadi.
Optsion – uning egasi uchun risk cheklangan bitim turi. Optsion shartnomasi egasi uni ijro etishi yoki ijro etmasligi, boshqa shaxsga berishi yoki bermasligi mumkin. Spreding (spreding) – maxsus bitimlar shakli, u turli fyuchers shartnomalardan foyda olishga imkon beradi.
Spreding riskka fyuchers bitimdan kamroq uchraydi. Spredingning uch xil turi mavjud:
• ichki bozor bitimlari: bitta tovar turli etkazib berish muddatida taklif etiladi;
• tovarlararo bitimlar: bitta mudatga ikkita o’zaro bog’liq tovar bozori (masalan, bug’doy va makkajo’xori bozori);
• bozorlararo bitimlar: bitta tovar, bitta muddat, faqat bir nechta turli birjalarda.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling